Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил IT-парк в Мирзо-Улугбекском районе и принял участие в церемонии закладки первого камня в строительство второго этапа проекта.

#Mirziyoyev #marosim #ITPark #start

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
2
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
2
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Keyingi o‘quv yiliga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov o‘tkaziladi.

Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi.

Facebook|Instagram|X
1
“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz
”,

– deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
2
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
⚡️Ochiq muloqotlar an’anaga aylanmoqda!

Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikrini eshitish va muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi uchrashuv fuqarolik jamiyati institutlari va volontyorlar ishtirokida tashkil etiladi.

💬“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tadigan ushbu muloqot 23-oktabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.

Muloqotda quyidagi vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etadi:

1. Adliya vazirligi;

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;

4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

5. Madaniyat vazirligi;

6. Sport vazirligi;

7. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi;

8. Yoshlar ishlari agentligi;

9. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi;

10. “O‘zmilliybank” AJ;

11. “Aloqa bank” AT;

12. O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi;

13. O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi.

Muloqotda barcha hududlardan yoshlarimiz Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi

#YoshlarbilanMuloqot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo’lsin!

Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni
Bu dunyoga kelib, go'dak chog'im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni...

Til muqaddas, til o'zgacha olam deymiz
Til bilganni eng suyukli bolam deymiz
Oqil farzand o'z onasin ardoqlagay
Ona tilim, seni bizlar Onam deymiz!


Botir Ergashev she'ri 

@yoshlar_tv
👏32🤩1
🤩“Yoshlar” telekanali eng zavqli daqiqalarni ulashishda davom etadi!

Dastur mehmoni: Nargiz


🔹BUGUN soat 21:40 da ko’rishuncha! O’tkazib yubormang!

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰53
🤩“Yoshlar” telekanalining kunlik dasturlari bilan tanishing

🗓 Chorshanba | 22-oktyabr

📌Bizni kuzatishda davom eting

📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
2025/10/21 22:12:55
Back to Top
HTML Embed Code: