Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlar siyosati BMT minbarida

🇺🇿🇺🇳Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Yoshlar bo‘yicha harakatlar dasturining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston yoshlar yetakchisi o‘z nutqida dunyo kelajagi bevosita yoshlarga qilinadigan sarmoya bilan belgilanishini ta’kidlab, uchta ustuvor yo‘nalishni qayd etdi.

Ta’lim, tadbirkorlik va bandlik.

1. Ta’lim – har bir yosh sun’iy intellekt davrida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

2. Tadbirkorlik – yoshlar ish qidirishi emas, balki o‘zi yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘nikmasini shakllantirish muhim. Shu maqsadda O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi uchun 400 mln dollar yo‘naltirilgani ta’kidlandi.

3. Bandlik – startaplar va ko‘nikmalarni real imkoniyatlar bilan bog‘lash, sun’iy intellekt ishlarni qisqartirmasdan, balki ularni qayta shakllantirish lozim.


🇺🇳BMT minbaridan yangragan ushbu chaqiriq shuni ko‘rsatadiki, yoshlar uchun imkoniyat yaratish — bu kelajakni kafolatlash demakdir. Tinchlik esa barcha imkoniyatlarning boshlanish nuqtasi.

Prezidentimizning BMT minbarida ilgari surgan tashabbuslari biz yoshlar uchun xalqaro maydonda yangi marralarni egallashda muhim dastur amal bo‘lib xizmat qiladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15379🎉13🏆93
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng iqtidorli musavvirlar aniqlandi

🎨Yosh ijodkorlarning rang-barang fantaziyasi, nozik didi va san’atga bo‘lgan yondashuvi “Yosh musavvir” tanlovida yana bir bor namoyon bo‘ldi.

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ushbu tanlovning final bosqichi Jizzax viloyatida o‘tkazildi va unda 28 nafar iste’dodli yosh ishtirok etdi.

🏆 G‘oliblar bilan tanishing:

12–17 yosh toifasi:

1-o‘rin — Mamatova Shalola Jahogir qizi (Jizzax);
2-o‘rin — Ashurbekova Aziza Ilxomjon qizi (Samarqand);
3-o‘rin — O‘lmasova Roxilaxon Isroiljon qizi (Andijon).

18–30 yosh toifasi:

1-o‘rin — Mamadiyorov Farrux Abduxamid o‘g‘li (Sirdaryo);
2-o‘rin — Cho‘liyev Rustambek Rahmatullo o‘g‘li (Navoiy);
3-o‘rin — Xusenova Fotima Ergashovna (Samarqand).


⚡️G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi. 1-o‘rin 20 mln so‘m, 2-o‘rin 15 mln so‘m, 3-o‘rin 10 mln so‘m va qolgan ishtirokchilarga 5 mln so‘mdan pul mukofotlari berildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41👍226🏆4🎉3
Yoshlar yetakchilari tayyormisiz?

⚡️“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining yangi mavsumi boshlandi. Mahallalarda yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilayotgan yetakchilar, tajribangizni respublika miqyosida namoyish eting va g‘oyalaringizni hamkasblaringiz bilan ulashing.

Tanlovda kamida bitta mahallada 6 oy davomida ishlagan, amaliy tajribaga ega yoshlar yetakchilari 10 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 5-oktyabrga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👍43🔥102🎉2
⚡️ O‘zbekiston yoshlari jahon shaxmatida tarixiy natijaga erishdi!

22–29-sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rapid (tezkor) va blits shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 19 mamlakatdan 89 nafar yosh shaxmatchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar iste’dodli sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Rapid bo‘yicha natijalar:

✔️Muhammadzohid Suyarov – 7,5 ochko bilan oltin medal sohibi;

✔️Muhiddin Madaminov – 7 ochko bilan kumush medal sohibi;

✔️Afruza Hamdamova – 6,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rin egasi bo‘ldi.


Blits bo‘yicha natijalar:

✔️Madaminov Muhiddin – 12 ochko bilan oltin medal va jahon chempioni;

✔️Suyarov Muhammadzohid – 10 ochko bilan bronza medal;

✔️Omonova Umida – 9,5 ochko bilan kumush medal;

✔️Begmuratov Humoyun – 9 ochko bilan 4-o‘rin;

✔️Xalilova Madinabonu – 8 ochko bilan 6-o‘rin egasi bo‘ldi.


🇺🇿Ushbu g‘alabalar O‘zbekiston yoshlarining xalqaro shaxmat maydonidagi kuchi va salohiyatini yaqqol namoyon etdi!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
152👍30👌5🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O‘zingiz yoqtirgan sport formasi yoki musiqa asbobini olish imkoniyati borligini bilarmidingiz?


14–20 yosh oralig‘idagi Kambag‘al oilalar reyestriga kiruvchi yoshlar o‘z xohishiga ko‘ra sport anjomlari, maxsus forma yoki musiqa cholg‘u asboblarini bepul olishlari mumkin.

📹Batafsil shartlari va mablag‘ miqdorini bilish uchun videoni ko‘ring

Imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3524❤‍🔥9👌51
🚀Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?

Sizda g‘oya bor, lekin tayyor mahsulot yo‘q. Bu borada sizni eshitadigan va investitsiya kiritadigan Yoshlar Ventures jamg‘armasi bor.

Jamg‘arma hozirgacha 4 ta istiqbolli startapga jami 146 200 AQSh dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirdi.

✔️ Inter Ai (Startup Garage rezidenti) — 38 000 $
✔️ Hisobchi Ai — 37 500 $
✔️ Educoin (Startup Garage rezidenti) — 20 700 $
✔️ Tilmoch AI — tarjima va grammatika platformasi — 50 000 $

Shuningdek, Yoshlar Ventures va Most Ventures o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelishuv yoshlarning startap loyihalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish va qo‘shimcha investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Hoziroq havolaga o‘ting 👉Yoshlarventures.uz

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
255👍36❤‍🔥95🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Xalqaro inklyuziv hab professional ta’lim dasturlariga start berdi!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv hab zamonaviy kasblar bo‘yicha 9 oylik kurslarga qabul e’lon qiladi. Maqsad — yoshlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

🎓Ta’lim dasturi 3 ta yo‘nalishda tashkil etiladi.
(batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga o‘ting)

✔️ Backend developer (Python & Django);
✔️ Liboslar dizayneri;
✔️ Dastgohli rangtasvir rassomi.

Bitiruvchilar davlat namunasidagi diplom bilan taqdirlanadi va kasbda o‘z o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatchilari uchun yangi imkoniyat: “MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushdi!

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan yaratilgan innovasion platforma orqali davlat xizmatchilari:

▪️Shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi;
▪️Tashkiloti uchun eng zo‘r tashabbuslarni taklif qilishi;
▪️Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishi;
▪️Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza berishi va karyerasida yangi cho‘qqilarni zabt etishi;
▪️Eng sara onlayn kurslarda o‘qib, sertifikat olishi va elektron kitoblarni mutolaa qilishi mumkin.

Qulay interfeys, zamonaviy dizayn va yangi imkoniyatlar — hammasi bir ilovada!

📲 Ilovani yuklab oling va undan mutlaqo bepul foydalaning!

📱 Google Play 🍏 AppStore

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👍22🔥3
Muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

Yurtimiz tarixidagi ikki buyuk Renessansni yaratgan ulug‘ mutafakkir va allomalarni ham o‘z vaqtida siz kabi o‘qituvchi va muallimlar tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu ezgu an’analarning davomchilari sifatida siz, azizlar ham bugun jonajon Vatanimizda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans bunyodkorlarini kamol toptirishga munosib hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman.


🇺🇿Davlatimiz rahbari 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5830😍4🕊3❤‍🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐Aziz ustozlar, muhtaram o‘qituvchi va murabbiylar!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Sizlarni 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi!

Bugun biz nafaqat bilim bergan, balki hayot yo‘limizni yoritib, ezgu fazilatlarni singdirgan, qalblarimizda orzu va ishonch uyg‘otgan ustozlarni e’zozlaymiz.

Siz — zamonamiz qahramonlarisiz! Har bir saboq, har bir maslahat yoshlar uchun nurli yo‘l, hayot uchun mustahkam poydevordir.

👏Bayramingiz muborak, hurmatli ustozlar va murabbiylar!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71👍25🎉22👌32
⚡️Jajji qahramonlarimiz – “Bek va Lola” siz aziz ustozlar uchun maxsus sovg‘a tayyorlashdi. Bu safar yangi qismda mehribon ustozlarimizga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromini ko‘rasiz.

📹 YouTube’da ko‘rish

💐Hurmatli ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍262524❤‍🔥7
💐 Bugungi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan, yoshlar siyosati sohasida yillar davomida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustoz va rahbarlar ehtirom bilan tabriklandi.

Sizlarning fidoyiligingiz va yoshlarga bergan saboqlaringiz uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan minnatdorlik bildiramiz

👏Bayramingiz muborak, hurmatli ustozlar va murabbiylar!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
75👍73🔥13🎉4🏆4
2025/10/23 17:17:37
Back to Top
HTML Embed Code: