Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli yurtdoshlar va faol yoshlar!

Endi sizda xonadoningizni, ko‘changizni yoki butun mahallangizni obod qilib, elektromobil yutib olish imkoniyati bor!

Qanday qilib, deysizmi? Juda oddiy!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovida ishtirok eting va Prezident sovg‘asi — elektromobilni qo‘lga kiriting!

🏡 Tanlov 3 yo‘nalishda o‘tkaziladi: “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla”

✔️1-o‘rin — elektromobil;
✔️2-o‘rin — 50 mln so‘m;
✔️3-o‘rin — 30 mln so‘m.

Finalda bir emas, uchta elektromobil o‘z egalariga — chempion xonadon, chempion ko‘cha va chempion mahallalarga tantanali ravishda topshiriladi!

🌿 Keling, mahallamizni birgalikda obod qilaylik — g‘oliblar safida bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34🔥14❤‍🔥6🏆3👍2
🗞 Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o’qing!

Gazetaning navbatdagi sonida:

🟢O‘zbek tili uchun tomoshabin emas, ishtirokchi bo‘ling;
🟢UNESCOning 14-yoshlar forumi Samarqandda o‘tkaziladi;
🟢Ibrat sovg‘asi;
🟢BMTning 80 yilligi;
🟢Tizimli natija sari;
🟢Bo‘stonliqda o‘quv-seminar;
🟢An’anaga muvofiq.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37👍17🎉6👌1
⚡️Qadrli yoshlar!

Sizni yoshlarning ijtimoiy va ma’naviy hayotini chuqur o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ushbu so‘rovnoma orqali yig‘ilgan ma’lumotlar ilmiy tahlil qilinib, yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish va amaliy yechimlar ishlab chiqish jarayonida muhim o‘rin tutadi.

📝 Savollarni diqqat bilan o‘qib chiqing, sizga mos javobni belgilang yoki o‘z fikringizni yozib qoldiring.

🔒 Barcha javoblar to‘liq anonim saqlanadi.

✔️So‘rovnoma havolasi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5122🤩5🎉1
⚡️“Mutolaa” o‘zbek tilidagi eng katta elektron manbaga aylanmoqda!

🔶Endi Mutolaa’da nafaqat kitob o‘qish, balki, kitobxonlar o‘zaro fikr almashishi, ijodkorlar bilan suhbat qurishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, ilk kitobxonlar ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi!

Loyiha 10 dan ortiq nashriyotlar bilan hamkorlikda elektron kitoblar sotishni yo‘lga qo‘ydi. Har oyda minglab elektron kitoblar savdoga chiqadi.

Sun’iy idrok yordamida, foydalanuvchilar o‘z sevgan kitoblarini muhokama qilishlari, tezkor javoblar olishi va mazmunni chuqurroq tushunishlari mumkin. AI suhbatdosh har doim sizning xizmatingizda bo‘ladi! Shuningdek, ilovada foydalanuvchilar kitobxonlik tanlovlarini tashkil etishlari mumkin.

Loyiha doirasida 220 000 sahifa elektron kitob, 6000 soat audiokitob yaratildi. 3 milliondan ortiq foydalanuvchi o‘zbek va jahon adabiyotining 3000 dan ortiq asarlarini 10 million marta o‘qigan.

📱Mutolaa vaqti keldi! Ilovani yuklab oling

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
277👍257🙏5🏆4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitobxon oilalar safi kengaymoqda!

Ikki hafta avval start olgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari nihoyasiga yetmoqda.

📚Tanlov davomida ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘zaro bellashib, o‘z bilim va zukkoligini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugungi kunga kelib, 12 ta hududda respublika bosqichiga yo‘llanma olgan eng kitobsevar oilalar nomi aniqlandi.

Endi esa navbatdagi 3 ta hudud g‘oliblarini tanishtiramiz!

✔️Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan Eshonqulovlar oilasi;

✔️Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidan Isog‘aliyevlar oilasi;

✔️Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidan Muhammadjonov oilasi.

G’oliblarga tanlovning final bosqichida ulkan omad tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍5🎉4
💭Birozdan so‘ng Yoshlar ijod saroyida fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot boshlanadi.

Muloqotni jonli efir orqali kuzatishingiz, shuningdek, tashabbus va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

📹YouTube havolasi: https://youtube.com/live/hzY4v2TH4P0?feature=share
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍18
2025/10/23 14:14:46
Back to Top
HTML Embed Code: