Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitobxon oilalar safi kengaymoqda!

Ikki hafta avval start olgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari nihoyasiga yetmoqda.

📚Tanlov davomida ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘zaro bellashib, o‘z bilim va zukkoligini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugungi kunga kelib, 12 ta hududda respublika bosqichiga yo‘llanma olgan eng kitobsevar oilalar nomi aniqlandi.

Endi esa navbatdagi 3 ta hudud g‘oliblarini tanishtiramiz!

✔️Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan Eshonqulovlar oilasi;

✔️Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidan Isog‘aliyevlar oilasi;

✔️Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidan Muhammadjonov oilasi.

G’oliblarga tanlovning final bosqichida ulkan omad tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍8🎉5
💭Birozdan so‘ng Yoshlar ijod saroyida fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot boshlanadi.

Muloqotni jonli efir orqali kuzatishingiz, shuningdek, tashabbus va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

📹YouTube havolasi: https://youtube.com/live/hzY4v2TH4P0?feature=share
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍22
“Yoshlarni eshitamiz” — bu shunchaki muloqot emas, harakat!

⚡️Yaqinda boshlangan “Yoshlarni eshitamiz” ochiq muloqotlarida allaqachon 700 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Bu yoshlar o‘z fikrini aytishga, jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilashga tayyor ekanining isboti.

Bugungi uchrashuv fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan o‘tdi. Muloqotda nafaqat muammolar, balki yechimlar, yangi tashabbuslar ham ilgari surildi. Faol yoshlar uchun amaliy qo‘llab-quvvatlovlar e’lon qilindi — bu esa yoshlarning g‘ayrati, ezgulik sari intilishi yanada kuchayishini bildiradi.

🇺🇳BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har 9 kishidan biri volontyorlik bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda esa bu faoliyat 2019-yildagi “Volontyorlik to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan. Bugun volontyor.uz orqali 42 mingdan ortiq yosh ta’lim, tibbiyot, ekologiya va sport kabi yo‘nalishlarda xizmat qilmoqda.

💬“Yoshlarni eshitamiz” — bu faqat tinglash emas, bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat.

📹 Tez orada jarayonlardan video rolikni e’tiboringizga havola etamiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍214👌3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlarni eshitamiz” — bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat!

📼Bugungi muloqotda yangi g‘oyalar, ijobiy o‘zgarishlar va kuchli tashabbuslar ilgari surildi.

#YoshlarniEshitamiz

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
128👍185🔥4❤‍🔥3
🌎 WikiMarafon — o‘zbek tilini dunyoga yoyayotgan loyiha!

Internet olamida o‘zbek tilining nufuzi va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan “WikiMarafon” loyihasi 2022-yil 20-maydan beri faol davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida u o‘zbekcha Vikipediyani yangi bosqichga olib chiqdi.

✔️Loyihaning natijalari hayratlanarli:

Dastlab o‘zbekcha Vikipediyada 140 mingta maqola bor edi, bugun esa bu ko‘rsatkich 309 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 2,5 milliondan 5,7 millionga yetdi. Faol foydalanuvchilar soni 900 nafardan oshdi, sahifalar soni esa 1,1 millionga, so‘zlar soni 63 milliondan ortdi.

✔️Bu yutuqlar natijasida o‘zbekcha Vikipediya:

Jahon reytingida 62-o‘rindan 40-o‘ringa ko‘tarildi, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida 1-o‘rin, Turkiy tillar orasida esa 3-o‘rinni egalladi.

🌎Bular qisqa muddatda erishilgan katta yutuqlarning faqat bir qismi xolos. “WikiMarafon” har bir yoshni o‘z hissasini qo‘shishga chorlaydi: maqola yozish, tahrir qilish, ma’lumotlarni o‘zbek tilida boyitish orqali biz o‘z tilimizni global sahnaga olib chiqamiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13❤‍🔥13🔥5🤩2🏆1
2025/10/24 07:58:27
Back to Top
HTML Embed Code: