Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlarni eshitamiz” — bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat!

📼Bugungi muloqotda yangi g‘oyalar, ijobiy o‘zgarishlar va kuchli tashabbuslar ilgari surildi.

#YoshlarniEshitamiz

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
134👍256❤‍🔥4🔥4
🌎 WikiMarafon — o‘zbek tilini dunyoga yoyayotgan loyiha!

Internet olamida o‘zbek tilining nufuzi va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan “WikiMarafon” loyihasi 2022-yil 20-maydan beri faol davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida u o‘zbekcha Vikipediyani yangi bosqichga olib chiqdi.

✔️Loyihaning natijalari hayratlanarli:

Dastlab o‘zbekcha Vikipediyada 140 mingta maqola bor edi, bugun esa bu ko‘rsatkich 309 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 2,5 milliondan 5,7 millionga yetdi. Faol foydalanuvchilar soni 900 nafardan oshdi, sahifalar soni esa 1,1 millionga, so‘zlar soni 63 milliondan ortdi.

✔️Bu yutuqlar natijasida o‘zbekcha Vikipediya:

Jahon reytingida 62-o‘rindan 40-o‘ringa ko‘tarildi, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida 1-o‘rin, Turkiy tillar orasida esa 3-o‘rinni egalladi.

🌎Bular qisqa muddatda erishilgan katta yutuqlarning faqat bir qismi xolos. “WikiMarafon” har bir yoshni o‘z hissasini qo‘shishga chorlaydi: maqola yozish, tahrir qilish, ma’lumotlarni o‘zbek tilida boyitish orqali biz o‘z tilimizni global sahnaga olib chiqamiz.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36❤‍🔥20🔥10🤩4🏆1
📚1000KITOB — ilm va tafakkur harakati!

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi — ilm, tafakkur va tarjima kuchini birlashtirgan eng yirik madaniy harakat sifatida o‘z samarasini bera boshladi.

Loyiha dunyoga mashhur mualliflarning asarlari, ilmiy va badiiy kitoblarni o‘zbek tilida jamlab, yoshlarimizga dunyoni o‘rganish, fikrlash va ilhomlanish imkonini beruvchi katta platformadir.

✔️Bugunga qadar: loyiha doirasida 113 ta asar ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra tanlab olindi va 85 ta kitobning tarjima huquqi xarid qilindi. 58 ta asarning tarjimasi yakunlandi. 27 ta kitob har biri 3 000, jami 81 000 nusxada chop etildi.

Ushbu kitoblar falsafa, iqtisod, siyosat, tarix, ekologiya, ta’lim, biologiya, sotsiologiya, huquq, san’at va madaniyat kabi 40 ga yaqin fan yo‘nalishini qamrab oladi.

📚Yaqinda hududlarga yo‘l olgan “1000KITOB karvoni” respublikamiz bo‘ylab 205 ta kutubxona, 50 ta davlat tashkiloti va 97 ta oliy o‘quv yurti mazkur asarlar bilan boyitildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37👍18👏10🎉4👌1
⚔️Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

🇺🇿Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz yurtimizda barqarorlik va ishonch muhitini mustahkamlab kelmoqda.

Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilasiz. Shu bois ham yoshlarga sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53👍238🎉8🔥3
Ko‘rinmas, ammo eshitiladigan dunyo

Siz tinglayotgan audiokitoblarning yaralishida ko‘zi ojiz insonlarning ham mehnati borligini bilasizmi? Ular tovushdagi eng mayda noziklikni sezadi, har bir so‘zni yurak bilan eshitadi.

😊 “Mutolaa”da siz sevib tinglayotgan audiokitoblar aynan shunday insonlar mehnati bilan yaratiladi.

Yosh ijodkorlar jamoasi yaratgan “Ko‘rinmas dunyo” filmi sizni ham o‘ylantirib qo‘yishi aniq!

📹https://youtu.be/re-j4WOi3vk

Tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37❤‍🔥11👍9🎉42
⚡️“Sog‘lom hayot uchun” haftaligi start oldi!

25–31-oktabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab — 9 mingdan ortiq mahallada sog‘lom turmush tarzi va sport ruhi hukm suradi.

Har kuni yangi musobaqa, yangi jamoa, yangi g‘alaba. Bu haftalikda yoshlar birlashadi, tanishadi va raqobat qiladi.

🗓 Haftalik sport tadbirlari jadvali:

✔️25-oktabr — Futbol musobaqasi;
✔️26-oktabr — “5000 qadam” yurish va yugurish marafoni;
✔️27-oktabr — Shaxmat va shashka;
✔️28-oktabr — Stritbol;
✔️29-oktabr — Stol tennisi;
✔️30-oktabr — Armrestling va vorkaut;
✔️31-oktabr — Milliy o‘yinlar (arqon tortish, bir tep, chillak va boshqalar).


Barchasi Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar ko‘magida, mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

Hoziroq yoshlar yetakchisi bilan uchrashing va sport bilan yashashni boshlang!

#SportHaftaligi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍5👌3
2025/10/25 18:32:11
Back to Top
HTML Embed Code: