Telegram Web Link
⚔️Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

🇺🇿Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz yurtimizda barqarorlik va ishonch muhitini mustahkamlab kelmoqda.

Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilasiz. Shu bois ham yoshlarga sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60👍269🎉9🔥3
Ko‘rinmas, ammo eshitiladigan dunyo

Siz tinglayotgan audiokitoblarning yaralishida ko‘zi ojiz insonlarning ham mehnati borligini bilasizmi? Ular tovushdagi eng mayda noziklikni sezadi, har bir so‘zni yurak bilan eshitadi.

😊 “Mutolaa”da siz sevib tinglayotgan audiokitoblar aynan shunday insonlar mehnati bilan yaratiladi.

Yosh ijodkorlar jamoasi yaratgan “Ko‘rinmas dunyo” filmi sizni ham o‘ylantirib qo‘yishi aniq!

📹https://youtu.be/re-j4WOi3vk

Tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51❤‍🔥13👍11🎉42
⚡️“Sog‘lom hayot uchun” haftaligi start oldi!

25–31-oktabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab — 9 mingdan ortiq mahallada sog‘lom turmush tarzi va sport ruhi hukm suradi.

Har kuni yangi musobaqa, yangi jamoa, yangi g‘alaba. Bu haftalikda yoshlar birlashadi, tanishadi va raqobat qiladi.

🗓 Haftalik sport tadbirlari jadvali:

✔️25-oktabr — Futbol musobaqasi;
✔️26-oktabr — “5000 qadam” yurish va yugurish marafoni;
✔️27-oktabr — Shaxmat va shashka;
✔️28-oktabr — Stritbol;
✔️29-oktabr — Stol tennisi;
✔️30-oktabr — Armrestling va vorkaut;
✔️31-oktabr — Milliy o‘yinlar (arqon tortish, bir tep, chillak va boshqalar).


Barchasi Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar ko‘magida, mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

Hoziroq yoshlar yetakchisi bilan uchrashing va sport bilan yashashni boshlang!

#SportHaftaligi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38👍18👌71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlarni eshitamiz” — bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat!

🖐Volontyor yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng dolzarb taklif va tashabbuslar yangradi.

📺“Yoshlar” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlagan videorolikni taqdim etamiz.

#YoshlarniEshitamiz

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35💯20🔥105🏆5
⚡️14-UNESCO Yoshlar Forumi: dunyo yoshlari Samarqandda birlashadi

2025-yil 27–28-oktabr kunlari qadimiy Samarqand shahri butun dunyo yoshlarini birlashtiruvchi 14-UNESCO Yoshlar Forumiga mezbonlik qiladi.

“Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun”
mavzusiga bag‘ishlangan ushbu yirik xalqaro anjuman UNESCO va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumning maqsadi yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini global miqyosda ilgari surish, barqaror kelajakni birgalikda shakllantirishdir.

Shu munosabat bilan, bugun Bangladeshning YUNESKOdagi doimiy vakili, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi Xondker Moxammad Talxa janoblari O‘zbekistonga tashrif buyurdi va uni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev kutib oldi.

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51👍287🎉3👌1
⚡️Dunyo yoshlari bugun Samarqandda!

Ertaga start oladigan 14-UNESCO Yoshlar Forumi arafasida bugun dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar qadimiy Samarqand shahrining durdonasi Registon maydoni bo‘ylab madaniy sayohatni amalga oshirishdi.

Bu safar nafaqat tarix bilan tanishuv, balki turli davlatlardan kelgan yoshlar o‘rtasida do‘stlik, ochiq muloqot va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamladi.

Kunning yakunida esa “Bag‘rikenglik kemasi” nomli xalqaro san’at loyihasiga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etildi.

⚡️Shunday qilib, 14-UNESCO Yoshlar Forumi oldidan Samarqand yana bir bor madaniyat, tinchlik va yoshlar birligining ramziga aylandi.

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
57👍23🔥9❤‍🔥4🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yil boshidan bugunga qadar yoshlar bilan 7 600 dan ortiq ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi

Bu raqamlar yoshlar siyosatida so‘z emas, amal borligini ko‘rsatadi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍1412🏆6🔥2
⚡️14-UNESCO Yoshlar Forumi boshlanmoqda!

Bugun soat 10:00 da SamarqanddaIqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusidagi yirik xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi.

Butun dunyo yoshlarini birlashtirayotgan forumni jonli efirda tomosha qiling!

📹 https://www.youtube.com/live/U-MmTKVOLMY?si=WTT8t-p8kI291Lqh

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31👍16🔥4🎉4😍3
⚡️14-UNESCO Yoshlar Forumi

Bugun Samarqand shahrida “Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusida 14-UNESCO Yoshlar Forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 140 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan yosh yetakchilar ishtirok etib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, barqaror rivojlanish va yoshlarning global siyosatdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘zga chiqib, yoshlarning global muammolar yechimida faol ishtiroki va ularning ovozi xalqaro miqyosda eshitilayotganini ta’kidladi.

Forum davomida bildirilgan fikr va takliflar yakuniy hujjat sifatida UNESCOning 43-Umumiy konferensiyasiga taqdim etiladi.

#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3819👏12🔥5❤‍🔥3
2025/10/28 03:03:48
Back to Top
HTML Embed Code: