Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnaTilim chellenjida ishtirok eting!

🖌21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi #OnaTilim chellenjiga start berdi!

Tilimizning boy va betakror so‘zlarini birgalikda qayta kashf etamiz!

Yoshlar orasida kam ishlatiladigan so‘zlarni toping, ularning ma’nosini ayting va 1,5 daqiqagacha bo‘lgan ijodiy videoni tayyorlang.

🔹Videoni Instagram sahifangizga #OnaTilim heshtegi bilan joylashtiring va Yoshlar ishlari agentligini belgilang.

Eng yaxshi kontent egalari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46448❤‍🔥5👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 “Obod yurt” plogging aksiyasi!

Kuni kecha Toshkent viloyatining Chirchiq daryosi bo‘yida start olgan “Obod yurt” ekologik aksiyasi ezgu maqsad yo‘lida butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni birlashtirdi.

Bir vaqtning o‘zida barcha hududlarda o‘tkazilgan aksiyada eko-faollar har bir mahalla, bog‘ va daryo bo‘ylarini chiqindilardan tozalab, atrof-muhitga mehr va g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lishdi.

Aksiya Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Chiqindilarni to‘g‘ri joyga tashlash — kichik qadamdek tuyuladi, ammo natijasi ulkan: musaffo tabiat, sog‘lom kelajak! 🌱

#ObodYurt #TabiatniAsraylik #Plogging

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6037❤‍🔥8🎉81
🇺🇿Sizni O‘zbek tili bayramiga taklif qilamiz!

20–21-oktabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar uchun foydali va ilhomlantiruvchi kontent yaratib kelayotgan loyihalar yetakchilari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Tadbir davomida “Yoshlar uchun ming kitob”, “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “Wikimarafon”, “Bek va Lola”, “Uzchess”, “Qizlar Akademiyasi”, “Ustoz AI” va “Milliy karaoke” yetakchilarini tinglashingiz va ular bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

⏰️Vaqti: 20-oktyabr 19:00, 21-oktyabr 12:30

O‘zbek tili bayramini biz bilan birga nishonlang!🎉

#OZBEKTILIUCHUN

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
154🔥22👍163🕊3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitob karvoni yo‘lda!

📚Nihoyat, o‘sha kun keldi. “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 140 dan ortiq mutaxassis tomonidan tayyorlangan dunyoga mashhur kitoblar to‘plami yurtimiz bo‘ylab 303 ta muassasa tomon yo‘l oldi.

Kitoblar qayerlarga boradi, ularni qayerdan olib o‘qish mumkin?
👉 Ro‘yxat bu yerda.

Davlatimiz rahbari qaroriga muvofiq, kitoblar axborot-kutubxona muassasalariga, shuningdek, ularning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etiladi.

Aziz o‘quvchilar! Sizlarga loyiha doirasida chop etilgan dastlabki 27 kitobni taqdim qilishdan mamnunmiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6950👌12🏆7🕊2
🇺🇿O‘zbek tili uchun!

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligining bir qator loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda!

Tadbirda bir qator loyihalarimiz bo‘yicha yangiliklar ham eʼlon qilinadi.

📹Tadbirni jonli efirda tomosha qiling!

https://www.youtube.com/watch?v=9f5hVSS5RYI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👍1711🔥4
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

🇺🇿Bugun bizning milliy g‘ururimiz, ona tilimiz — O‘zbek tili bayrami! Til bu xalqning ruhi, tarixining ovozi va kelajakka eltuvchi eng muhim ko‘prikdir.

🖌O‘zbek tili bizni birlashtiradigan, yurakdan chiqqan so‘zlar bilan millatimizning o‘zligini ifoda etadigan bebaho merosdir.

Barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Hurmat bilan
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!


#OnaTilimFaxrim #21Oktabr

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3828❤‍🔥16👏5🎉3
🇩🇪Germaniyada ishlash va sayohat qilish imkoniyati!

✔️Yoshlar ishlari agentligi, Youth Globe XBA, Edu Action va Bildung & Beruf hamkorligida Work and Travel dasturi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yil may oyidan boshlab talabalar uchun Germaniyada ishlash, tajriba orttirish va sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Tadbirda viza olish tartibi, ish joyi va maosh miqdori, yashash sharoit hamda Germaniyada ishlash tajribasi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

🗓 Sana: 21-oktabr, soat 18:00
📍 Manzil: Millat Umidi Universiteti, 1-qavat, Event Zone

✔️Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2821👏5🔥3👌2
🇺🇿Davlatimiz rahbari Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, Prezidentimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi hamda hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o’tkazadilar.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37👍155
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

“Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”, — dedi davlat rahbari.


Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3624👌6🎉1
🇺🇿Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi

Shu o‘rinda bir fikrni yana ta’kidlashni o‘rinli, deb bilaman: kelajagimiz egasi bo‘lgan yosh avlodimiz zamonaviy bilimlar, innovatsiya va taraqqiyot cho‘qqilarini egallashi uchun albatta chet tillarini o‘rganishi lozim. Lekin ular milliy ruh, milliy tafakkur egasi, vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun, avvalo, o‘zbek tili va adabiyotini bolalikdan boshlab puxta bilishlari shart.


🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍9🕊8👏3🏆1
⚡️Ochiq muloqotlar an’anaga aylanmoqda!

Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikrini eshitish va muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi uchrashuv fuqarolik jamiyati institutlari va volontyorlar ishtirokida tashkil etiladi.

💬“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tadigan ushbu muloqot 23-oktabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.

Muloqotda quyidagi vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etadi:

1. Adliya vazirligi;

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;

4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

5. Madaniyat vazirligi;

6. Sport vazirligi;

7. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi;

8. Yoshlar ishlari agentligi;

9. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi;

10. “O‘zmilliybank” AJ;

11. “Aloqa bank” AT;

12. O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi;

13. O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi.

Muloqotda barcha hududlardan yoshlarimiz Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi

#YoshlarbilanMuloqot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍11👏4🏆4🔥1
Endi xorijliklar o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida o‘rganadi!

👍“Ibrat farzandlari” loyihasi sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushirdi.

Kuni kecha Ijod saroyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili uchun” tadbirida “Ibrat farzandlari” jamoasi ushbu modulning boshlang‘ich darajadagi bepul dasturini taqdim etdi.

Dastur O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt asosida ona tilimizning talaffuzini audiolashtirib, til o‘rganishning 6 asosiy ko‘nikmasini qamrab olgani bilan ajralib turadi.

Endi xorijliklar learnuzbek.ai platformasi orqali kuniga atigi 15 daqiqa ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
135👍27❤‍🔥3
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men har safar xorijliklar o‘zbek tilida so‘zlayotganini ko‘rsam, chuqur faxr tuyg‘usini his qilaman. Albatta, sizda ham shunday bo‘lsa kerak. Ba’zida ular bizning o‘zimizdan ham ona tilimizda ravon gapirishi hayron qoldiradi.

Bugun esa yana bir yorqin misolga guvoh bo‘ldim — xitoylik talaba o‘zbek tilida juda ravon so‘zladi.

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida biz sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushirdik. Endi xorijliklar learnuzbek.ai platformasi orqali kuniga atigi 15 daqiqa ajratib, o‘zbek tilini o‘rganishlari mumkin.

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

@alisher_sadullaev
👍5516🔥5🏆3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖌Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🎉14👍12🔥11
2025/10/22 03:58:07
Back to Top
HTML Embed Code: