Telegram Web Link
⚡️Hududiy bosqichga tayyormisiz?

Kitobxonlikka mehr qo‘ygan oilalar uchun eng qiziqarli palla boshlanmoqda!

📕“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari joriy yilning 7–24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bu safar tuman va shahar bosqichlarida g‘olib chiqqan eng bilimdon oilalar sahnaga chiqib, o‘zaro kitobdonlik bo‘yicha bellashadilar.

Tanlovning hududiy bosqichlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi.

#yoshkitobxonoila #hududiybosqich

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6615❤‍🔥10👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Salomatlik marafoni” va “HealthTech Hackathon” start oldi!

🩺2–31-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk bor sog‘liqni saqlash sohasiga oid yirik tashabbus — “Salomatlik marafoni” bo‘lib o‘tmoqda.

Tibbiyot instituti klinikasi, 3 ta jamoat maskani va 12 ta poliklinikada tashkil etilgan “Salomatlik maydonchalari” orqali 96 mingdan ortiq aholini bepul profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlandi.

✔️Shu bilan birga, Nukus shahrida start olgan “HealthTech Hackathon” doirasida 300 nafardan ortiq AT mutaxassislari, tibbiyot talabalari va yosh shifokorlar sog‘liqni saqlash sohasiga zamonaviy raqamli yechimlar ishlab chiqishga kirishdi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40👍382💯2
⚡️Mahalla yoshlarining 9 oylik muvaffaqiyatlari!

🖐Hududlarda yoshlarning cheksiz salohiyatini yuzaga chiqarib kelayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in davom etmoqda. 9 oylik hududiy natijalar esa buning yaqqol isboti.

Yil so‘nggiga qadar “Zakovat”, “Mohir fortepianochi”, “Yosh kitobxon oila” va “Kasblar tanlovi” kabi katta tanlovlarning respublika bosqichlari o‘tkaziladi.

Endi esa qaysi hudud yoshlari nechta medalni qo‘lga kiritgani bilan tanishing! Natijalarni quyidagi infografikadan bilib olishingiz mumkin.

#BeshTashabbusOlimpiadasi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1108👍58🔥11❤‍🔥8👌8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🩺 “Salomatlik marafoni” — hayot uchun harakat!

Nukus shahrida davom etayotgan “Salomatlik marafoni” va “HealthTech Hackathon” jarayonlarining 2-kunidan maxsus videolavha!

Unda aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan faolligi hamda yoshlarning tibbiyot sohasidagi innovatsion g‘oyalari aks etgan.

Bugun esa marafonning 3-kuni boshlandi!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
180🏆16❤‍🔥12🕊6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬Mobilografiyani bepul o‘rganing!

Har kuni qo‘lingizda turgan gadjetni ijod quroliga aylantirishni xohlaysizmi?
Unda “Mobilografiya kurslari” aynan siz uchun!

Kurs orqali 1 oylik intensiv dastur asosida haftasiga 5 kun offlayn darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

⚡️Eng muhimi — kurslar mutlaqo bepul!

✔️Hoziroq @yoshmobilografbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

🤝Yoshlar ishlari agentligi ijodkor, faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan charchamaydi!

#mobilografiya #bepulkurs

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
104👍23🕊11👌4🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chirchiqda yoshlar bayrami!

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida iqtidorli yoshlarni bir joyga jamlagan “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

🖐Festivalda viloyatning faol va iqtidorli yoshlari ishtirok etib, sport, san’at, texnologiya va innovatsiyalar kabi yo‘nalishlarda o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar. Har bir loyiha, har bir chiqish yoshlik jo‘shqinligi va ijodiy energiyaga to‘la edi.

#BeshTashabbusOlimpiadasi #YoshlarFestivali

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
68👍3811👌5❤‍🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boysunlik yosh tadbirkor — “Xarajatlarimning uchdan birini ham qilmayman endi!”

⚡️8 yildan beri bog‘dorchilik qilib kelayotgan surxondaryolik Nodirbek avvallari mahsulotlarni bozorga olib borishda qo‘shimcha xarajatlari ko‘p bo‘lardi. Hosilni yetkazish ham, daromadni ko‘paytirish ham oson emasdi.

Ammo davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, imtiyozli kredit asosida “Labo” avtomashinasi oldi. Endi esa hosilni bozorga o‘zi yetkazadi — vaqt ham, pul ham tejaladi.

Siz ham o‘z biznesingizni boshlashni xohlaysizmi? Unda yoshtadbirkorlar.uz orqali ariza qoldiring va bugundan harakatni boshlang!

#YoshTadbirkor

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88👍46🔥16🎉7🤩4
🩺 Qoraqalpog‘istonda “Salomatlik marafoni” davom etmoqda!

Umummilliy marafonning asosiy maqsadi — inson o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga e’tiborni odatiy hayot tarziga aylantirish.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Salomatlik marafoni” tadbirlarda ishtirok etdi.

Marafon doirasida 12 mingga yaqin fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, 1700 nafardan ortig‘i chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi, 116 nafar bemor esa davolanishga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, “Oilaviy salomatlik maktabi” va yoshlar ishtirokidagi “Salomatlik volontyorlari” loyihalari ishga tushirildi. Bu tashabbuslar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini odatga aylantirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida davolanayotgan kichik bemorlar bilan ham uchrashdi. Shuningdek, “Tibbiyot novatorlari” jamoasidagi yosh mutaxassislarning mehnatini e’tirof etdi.

“Millat salomatligi — bu barchamiz yelkama-yelka bosib o‘tadigan umumiy yo‘limiz va mas’uliyatimizdir”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


#SalomatlikMarafoni

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64👍24🔥17💯6🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Davlatimiz rahbari 6–7-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda.

Bu sammit 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan tarixiy yig‘ilishning mantiqiy davomi bo‘lib, unda “Turkiy istiqbol – 2040” konsepsiyasi, 2026-yilgacha mo‘ljallangan strategiya hamda iqtisodiy va transport sohalarida hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari belgilab berilgan edi.

Aynan O‘zbekiston “turkiy birdamlik” g‘oyasini madaniy so‘zlardan amaliy loyihalar va investitsiyalarga aylantirdi. Shu bois bu safar ham Prezidentimiz butun turkiy makon uchun yangi, istiqbolli tashabbuslar bilan chiqishi kutilmoqda.

#Mirziyoyev #Gabala

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53🔥18👍14👌53
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi;

Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;

Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;

Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi;

O‘zbekistonda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini e’lon qildi;

Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;

2026 yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

@alisher_sadullaev
85👍51🏆11💯75
🗞 Kunni “Yoshlar ovozi” yangiliklari bilan boshlang!

Gazetaning ushbu sonida:

🟢Bilim, sport va ijod uyg‘unligi;
🟢Ijtimoiy tarmoqlar illat domimi yoki?
🟢Jinoyatdan xoli hudud;
🟢Sudya va yoshlar uchrashuvi;
🟢Yetuk moliya mutaxassisi.

📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🖌Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👍25
📚 Endi kitoblar ulashamiz!

Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books
va “WikiMarafon” loyihasi hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi.

10–15-oktyabr
kunlari o‘tkaziladigan “WikiKitob” tanlovida qatnashib, kitoblar to‘plamidan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ling! 🎁

Tanlov shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va botdagi test savollariga javob berasiz.

✔️Batafsil - Tanlov nizomi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5713👍13❤‍🔥7👌2
⚡️Ochiq muloqotlar davom etadi!

Yoshlarning
turli sohalardagi taklif va tashabbuslarini tinglash hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi muloqot ijodkor va sportchi yoshlar bilan o‘tkaziladi.

💬“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tadigan ushbu muloqot 10-oktabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.

Muloqotda quyidagi vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etadi:

1. Madaniyat vazirligi;

2. Sport vazirligi;

3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

4. Maktabgacha va maktab talimi vazirligi;

5. Milliy olimpiya qo‘mitasi;

6. Milliy paralimpiya qo‘mitasi;

7. Yoshlar ishlari agentligi

8. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi;

9. Yozuvchilar uyushmasi;


Muloqotda barcha hududlardan yoshlarimiz Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi

#YoshlarbilanMuloqot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55👍45🏆65🕊4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlari — tinchlik elchilari!

🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbarining BMT yubiley sessiyasidagi chiqishi va AQShga tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi desak adashmaymiz.

Ayniqsa, yurtboshimiz BMT minbarida ilgari surgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi — insoniyatni birlashtiruvchi, yoshlar qalbida tinchlik, birdamlik va barqarorlik g‘oyalarini mustahkamlovchi ulkan chaqiriqdir.

Endi O‘zbekiston yoshlari BMTda nafaqat ishtirokchi, balki tinchlik, vatan sha’nining elchisi, ertangi kunning ovozi sifatida faoliyat yuritadi.

#Mirziyoyev #BMT #Yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5117👍84🔥63🎉40❤‍🔥12
2025/10/20 07:16:45
Back to Top
HTML Embed Code: