Telegram Web Link
🩺 Qoraqalpog‘istonda “Salomatlik marafoni” davom etmoqda!

Umummilliy marafonning asosiy maqsadi — inson o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga e’tiborni odatiy hayot tarziga aylantirish.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Salomatlik marafoni” tadbirlarda ishtirok etdi.

Marafon doirasida 12 mingga yaqin fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, 1700 nafardan ortig‘i chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi, 116 nafar bemor esa davolanishga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, “Oilaviy salomatlik maktabi” va yoshlar ishtirokidagi “Salomatlik volontyorlari” loyihalari ishga tushirildi. Bu tashabbuslar aholining tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini odatga aylantirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida davolanayotgan kichik bemorlar bilan ham uchrashdi. Shuningdek, “Tibbiyot novatorlari” jamoasidagi yosh mutaxassislarning mehnatini e’tirof etdi.

“Millat salomatligi — bu barchamiz yelkama-yelka bosib o‘tadigan umumiy yo‘limiz va mas’uliyatimizdir”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


#SalomatlikMarafoni

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64👍24🔥17💯6🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇿Davlatimiz rahbari 6–7-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda.

Bu sammit 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan tarixiy yig‘ilishning mantiqiy davomi bo‘lib, unda “Turkiy istiqbol – 2040” konsepsiyasi, 2026-yilgacha mo‘ljallangan strategiya hamda iqtisodiy va transport sohalarida hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlari belgilab berilgan edi.

Aynan O‘zbekiston “turkiy birdamlik” g‘oyasini madaniy so‘zlardan amaliy loyihalar va investitsiyalarga aylantirdi. Shu bois bu safar ham Prezidentimiz butun turkiy makon uchun yangi, istiqbolli tashabbuslar bilan chiqishi kutilmoqda.

#Mirziyoyev #Gabala

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥18👍14👌53
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala sammitida turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlash, jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari bo‘yicha Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazishni taklif etdi;

Strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qo‘llab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;

Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;

Sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi;

O‘zbekistonda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini e’lon qildi;

Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;

2026 yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

@alisher_sadullaev
85👍51🏆11💯75
🗞 Kunni “Yoshlar ovozi” yangiliklari bilan boshlang!

Gazetaning ushbu sonida:

🟢Bilim, sport va ijod uyg‘unligi;
🟢Ijtimoiy tarmoqlar illat domimi yoki?
🟢Jinoyatdan xoli hudud;
🟢Sudya va yoshlar uchrashuvi;
🟢Yetuk moliya mutaxassisi.

📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🖌Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👍25
📚 Endi kitoblar ulashamiz!

Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books
va “WikiMarafon” loyihasi hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi.

10–15-oktyabr
kunlari o‘tkaziladigan “WikiKitob” tanlovida qatnashib, kitoblar to‘plamidan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ling! 🎁

Tanlov shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va botdagi test savollariga javob berasiz.

✔️Batafsil - Tanlov nizomi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5713👍13❤‍🔥7👌2
⚡️Ochiq muloqotlar davom etadi!

Yoshlarning
turli sohalardagi taklif va tashabbuslarini tinglash hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi muloqot ijodkor va sportchi yoshlar bilan o‘tkaziladi.

💬“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tadigan ushbu muloqot 10-oktabr kuni soat 15:00 da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida boshlanadi.

Muloqotda quyidagi vazirlik, idora va tashkilot mas’ullari ishtirok etadi:

1. Madaniyat vazirligi;

2. Sport vazirligi;

3. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

4. Maktabgacha va maktab talimi vazirligi;

5. Milliy olimpiya qo‘mitasi;

6. Milliy paralimpiya qo‘mitasi;

7. Yoshlar ishlari agentligi

8. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi;

9. Yozuvchilar uyushmasi;


Muloqotda barcha hududlardan yoshlarimiz Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishlari mumkin.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi

#YoshlarbilanMuloqot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54👍45🏆65🕊4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlari — tinchlik elchilari!

🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbarining BMT yubiley sessiyasidagi chiqishi va AQShga tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi desak adashmaymiz.

Ayniqsa, yurtboshimiz BMT minbarida ilgari surgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi — insoniyatni birlashtiruvchi, yoshlar qalbida tinchlik, birdamlik va barqarorlik g‘oyalarini mustahkamlovchi ulkan chaqiriqdir.

Endi O‘zbekiston yoshlari BMTda nafaqat ishtirokchi, balki tinchlik, vatan sha’nining elchisi, ertangi kunning ovozi sifatida faoliyat yuritadi.

#Mirziyoyev #BMT #Yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5117👍84🔥63🎉40❤‍🔥12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak tibbiyoti — bugungi yoshlar qo‘lida!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘olib bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi.

Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda 44 ta jamoa, 300 dan ortiq ishtirokchi — sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or IT yechimlar yaratish, inson hayotini yaxshilash yo‘lida birlashdi.

🩺 “HealthTech AI Hackathon” — yosh shifokorlar va dasturchilarni bir maqsad yo‘lida birlashtiruvchi umummilliy tashabbus aylandi.

Loyihaning keyingi bosqichi Samarqandda o‘tkaziladi!

#HealthTechAIHackathon #SaidaMirziyoyeva

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54👍31👏11🏆3
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!

Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.

Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.

1. Dasturga ko‘ra, birinchi 2 oy to‘lov o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi 6 oy uchun to‘lovlar davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.

2. Subsidiya miqdori (oyiga maksimal) Toshkent shahrida 824 ming so‘m (BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida 618 ming so‘m (BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda 412 ming so‘m (BHM × 1) gacha qoplab beriladi.

3. Asosiy shartlari: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.

4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida 100 ming nafargacha yoshga subsidiya ajratiladi.

Manba: Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori

@alisher_sadullaev
169👏22👍21🔥12❤‍🔥3
Bugun maydonda – O‘zbekiston va Kuvayt!

🇺🇿🇰🇼Milliy terma jamoamiz bugun xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Kuvayt termasiga qarshi maydonga tushadi.

Qayd etish joiz, ushbu bellashuv milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun jamoa ustozligidagi debyut o‘yini bo‘ladi.

O’yin bugun 18:00 da poytaxtimizdagi “Olimpiya” stadionida start oladi.

Mazkur uchrashuv Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🏆33👍18🔥74
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorazmdan final sari ilk qadam!

📕Kitobsevar oilalarni birlashtiruvchi “Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichlari start oldi!

Minglab kitobxon oilalarni birlashtirgan tanlovning ilk manzili Xorazm viloyati bo‘ldi. Ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” shartlarida o‘z zakovati va jipsligini namoyon etishdi.

Eng yaxshi natijani qayd etgan kitobxon oila tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

🏆 Natijalar bilan tanishing:

1-o‘rin — Tuproqqal’a tumanidan Rajabovlar oilasi;
2-o‘rin — Gurlan tumanidan Nazarboyevlar oilasi;
3-o‘rin — Xonqa tumanidan O‘rinovlar oilasi.

👏Rajabovlar oilasiga tanlovning final bosqichida omad tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
67🔥17🏆16🎉128
💐 “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralovi boshlandi!

Ijodkor, iqtidorli va faol qizlar diqqatiga! Agar siz ham o‘z yo‘nalishingizda yutuqlarga erishgan, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan bo‘lsangiz bu imkoniyat aynan siz uchun!

2025-yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman-shahar bosqichlari boshlandi.

✔️14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.

Nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, jamoatchilik va AT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

Hujjatlarni 20-oktabrgacha o‘z hududidagi Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
89🔥4618❤‍🔥13🏆6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📕Buxorolik eng bilimdon oilalar aniqlandi!

Buxoroda “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli tumanlaridan kelgan oilalar kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

✔️Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin — Buxoro tumanidan Jo‘rayevlar oilasi;
2-o‘rin — Jondor tumanidan Polvonovlar oilasi;
3-o‘rin — Peshku tumanidan Sobirovlar oilasi.

👏Jo‘rayevlar oilasiga tanlovning final bosqichida omad tilaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👍18❤‍🔥10🔥3🎉2
💭Birozdan so‘ng Yoshlar ijod saroyida yurtimizning ijodkor va sportchi yoshlari bilan ochiq muloqot boshlanadi.

Muloqotni jonli efir orqali kuzatishingiz, shuningdek, tashabbus va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

📹YouTube havolasi: https://www.youtube.com/live/RuvQUIVtNIM?si=CbGxBtAgSscd2-OE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍122
2025/10/19 17:41:28
Back to Top
HTML Embed Code: