“Yoshlarni eshitamiz” — bu shunchaki muloqot emas, harakat!
⚡️Yaqinda boshlangan “Yoshlarni eshitamiz” ochiq muloqotlarida allaqachon 700 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Bu yoshlar o‘z fikrini aytishga, jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilashga tayyor ekanining isboti.
Bugungi uchrashuv fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan o‘tdi. Muloqotda nafaqat muammolar, balki yechimlar, yangi tashabbuslar ham ilgari surildi. Faol yoshlar uchun amaliy qo‘llab-quvvatlovlar e’lon qilindi — bu esa yoshlarning g‘ayrati, ezgulik sari intilishi yanada kuchayishini bildiradi.
🇺🇳 BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har 9 kishidan biri volontyorlik bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda esa bu faoliyat 2019-yildagi “Volontyorlik to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan. Bugun volontyor.uz orqali 42 mingdan ortiq yosh ta’lim, tibbiyot, ekologiya va sport kabi yo‘nalishlarda xizmat qilmoqda.
💬 “Yoshlarni eshitamiz” — bu faqat tinglash emas, bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat.
📹 Tez orada jarayonlardan video rolikni e’tiboringizga havola etamiz!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Veb sayt
⚡️Yaqinda boshlangan “Yoshlarni eshitamiz” ochiq muloqotlarida allaqachon 700 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Bu yoshlar o‘z fikrini aytishga, jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilashga tayyor ekanining isboti.
Bugungi uchrashuv fuqarolik jamiyati institutlari va volontyor yoshlar bilan o‘tdi. Muloqotda nafaqat muammolar, balki yechimlar, yangi tashabbuslar ham ilgari surildi. Faol yoshlar uchun amaliy qo‘llab-quvvatlovlar e’lon qilindi — bu esa yoshlarning g‘ayrati, ezgulik sari intilishi yanada kuchayishini bildiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43👍28⚡4👌3❤🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤35👍26⚡6❤🔥5🔥4
Internet olamida o‘zbek tilining nufuzi va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan “WikiMarafon” loyihasi 2022-yil 20-maydan beri faol davom etmoqda. Qisqa vaqt ichida u o‘zbekcha Vikipediyani yangi bosqichga olib chiqdi.
Dastlab o‘zbekcha Vikipediyada 140 mingta maqola bor edi, bugun esa bu ko‘rsatkich 309 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 2,5 milliondan 5,7 millionga yetdi. Faol foydalanuvchilar soni 900 nafardan oshdi, sahifalar soni esa 1,1 millionga, so‘zlar soni 63 milliondan ortdi.
Jahon reytingida 62-o‘rindan 40-o‘ringa ko‘tarildi, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida 1-o‘rin, Turkiy tillar orasida esa 3-o‘rinni egalladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41❤🔥21🔥12🤩4🏆1
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi — ilm, tafakkur va tarjima kuchini birlashtirgan eng yirik madaniy harakat sifatida o‘z samarasini bera boshladi.
Loyiha dunyoga mashhur mualliflarning asarlari, ilmiy va badiiy kitoblarni o‘zbek tilida jamlab, yoshlarimizga dunyoni o‘rganish, fikrlash va ilhomlanish imkonini beruvchi katta platformadir.
Ushbu kitoblar falsafa, iqtisod, siyosat, tarix, ekologiya, ta’lim, biologiya, sotsiologiya, huquq, san’at va madaniyat kabi 40 ga yaqin fan yo‘nalishini qamrab oladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41👍20👏10🎉5👌2
Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilasiz. Shu bois ham yoshlarga sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤59👍25⚡9🎉9🔥3
Ko‘rinmas, ammo eshitiladigan dunyo
Siz tinglayotgan audiokitoblarning yaralishida ko‘zi ojiz insonlarning ham mehnati borligini bilasizmi? Ular tovushdagi eng mayda noziklikni sezadi, har bir so‘zni yurak bilan eshitadi.
😊 “Mutolaa”da siz sevib tinglayotgan audiokitoblar aynan shunday insonlar mehnati bilan yaratiladi.
Yosh ijodkorlar jamoasi yaratgan “Ko‘rinmas dunyo” filmi sizni ham o‘ylantirib qo‘yishi aniq!
📹 https://youtu.be/re-j4WOi3vk
Tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Veb sayt
Siz tinglayotgan audiokitoblarning yaralishida ko‘zi ojiz insonlarning ham mehnati borligini bilasizmi? Ular tovushdagi eng mayda noziklikni sezadi, har bir so‘zni yurak bilan eshitadi.
Yosh ijodkorlar jamoasi yaratgan “Ko‘rinmas dunyo” filmi sizni ham o‘ylantirib qo‘yishi aniq!
Tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤47❤🔥13👍10🎉4⚡2
⚡️“Sog‘lom hayot uchun” haftaligi start oldi!
25–31-oktabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab — 9 mingdan ortiq mahallada sog‘lom turmush tarzi va sport ruhi hukm suradi.
Har kuni yangi musobaqa, yangi jamoa, yangi g‘alaba. Bu haftalikda yoshlar birlashadi, tanishadi va raqobat qiladi.
Barchasi Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar ko‘magida, mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
Hoziroq yoshlar yetakchisi bilan uchrashing va sport bilan yashashni boshlang!
#SportHaftaligi
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Veb sayt
25–31-oktabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab — 9 mingdan ortiq mahallada sog‘lom turmush tarzi va sport ruhi hukm suradi.
Har kuni yangi musobaqa, yangi jamoa, yangi g‘alaba. Bu haftalikda yoshlar birlashadi, tanishadi va raqobat qiladi.
🗓 Haftalik sport tadbirlari jadvali:✔️ 25-oktabr — Futbol musobaqasi;✔️ 26-oktabr — “5000 qadam” yurish va yugurish marafoni;✔️ 27-oktabr — Shaxmat va shashka;✔️ 28-oktabr — Stritbol;✔️ 29-oktabr — Stol tennisi;✔️ 30-oktabr — Armrestling va vorkaut;✔️ 31-oktabr — Milliy o‘yinlar (arqon tortish, bir tep, chillak va boshqalar).
Barchasi Sport vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar ko‘magida, mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
Hoziroq yoshlar yetakchisi bilan uchrashing va sport bilan yashashni boshlang!
#SportHaftaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36👍16👌6⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlarni eshitamiz” — bu harakat, bu ishonch, bu imkoniyat!
🖐 Volontyor yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘tgan ochiq muloqotda eng dolzarb taklif va tashabbuslar yangradi.
📺 “Yoshlar” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlagan videorolikni taqdim etamiz.
#YoshlarniEshitamiz
🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 🔹 Linkedin 🌍 Veb sayt
#YoshlarniEshitamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32💯20🔥10🏆5⚡4
2025-yil 27–28-oktabr kunlari qadimiy Samarqand shahri butun dunyo yoshlarini birlashtiruvchi 14-UNESCO Yoshlar Forumiga mezbonlik qiladi.
“Iqlim harakati va uning ijtimoiy ta’siri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu yirik xalqaro anjuman UNESCO va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda.
Forumning maqsadi yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini global miqyosda ilgari surish, barqaror kelajakni birgalikda shakllantirishdir.
Shu munosabat bilan, bugun Bangladeshning YUNESKOdagi doimiy vakili, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi raisi Xondker Moxammad Talxa janoblari O‘zbekistonga tashrif buyurdi va uni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev kutib oldi.
#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40👍23⚡7🎉2👌1
Ertaga start oladigan 14-UNESCO Yoshlar Forumi arafasida bugun dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar qadimiy Samarqand shahrining durdonasi Registon maydoni bo‘ylab madaniy sayohatni amalga oshirishdi.
Bu safar nafaqat tarix bilan tanishuv, balki turli davlatlardan kelgan yoshlar o‘rtasida do‘stlik, ochiq muloqot va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamladi.
Kunning yakunida esa “Bag‘rikenglik kemasi” nomli xalqaro san’at loyihasiga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etildi.
#14UNESCO #YouthForum #Samarkand2025
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41👍18🔥7❤🔥2🏆1
