Telegram Web Link
⚡️Yoshlar ishlari agentligida amaliyot o‘tash imkoniyati!

✔️Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun muhim yangilik — “Amaliyot ofisi” loyihasi endi Yoshlar ishlari agentligida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi.

Amaliyot jarayonida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar bilan birga ishlash, loyihalarni boshqarish va tashkilotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalar ustida ishlaydi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘lishadi.

🗓 Arizalar 20-oktabrgacha qabul qilinadi!

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

✔️ Bitiruvchilar uchun:

✔️ Yoshlar yetakchilari uchun:

Eng asosiysi, bu loyiha orqali kelajakdagi faoliyat uchun zarur tajriba va aloqalarga ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
141👍26🔥7👌6❤‍🔥1
⚡️Ingliz tili bilimlaringizni tekshirib, qimmatbaho sovg’alardan biriga ega bo’ling

👍“Ibrat Academy” 17–31-oktabr kunlari bilimdon yoshlar uchun “Ibrat Marafoni”ning 2-mavsumini tashkil etmoqda!

Marafon sizga nimalar beradi?


1. “Ibrat academy” ilovasidagi test orqali ingliz tilidagi bilimlaringizni tekshirasiz;

2.
iPhone 17 pro max, chet elga sayohat, kontrakt to‘lovi uchun 10 mln so‘m va boshqa ko‘plab sovg‘alardan birini yutib olishingiz mumkin.

❗️Marafonda qatnashish mutlaqo BEPUL va ingliz tilini boshlang’ich daraja bilsangiz ham qimmatbaho sovg’alarni yuta olasiz!

Ishtirok etish uchun 👉 Havola ustiga bosing

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
138👍18🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Obod yurt — toza kelajak uchun! #obodyurt

Yoshlar, endi navbat sizga!

“Obod Yurt” ekologik chellenjiga
qo‘shiling va yurtimizni yanada chiroyli qiling.

Shunchaki do‘stlaringiz bilan mahallangizda plogging aksiyasini o‘tkazing (chiqindilardan tozalang).

📼 “Oldin” va “keyin” holatini 1 daqiqali videoda ko‘rsating va uni ijtimoiy tarmoqlarda #obodyurt heshtegi bilan joylang.

🏆Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar va bepul sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi!

Keling, birgalikda toza va yashil O‘zbekiston uchun harakat qilaylik!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍3826👌19😍7
Yoshlar va sport yo‘nalishida xalqaro hamkorlik

🤝Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport masalalari bo‘yicha ekspertlari yig‘ildi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etib, yoshlar siyosati va sport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yangi qo‘shma loyihalar hamda kelgusidagi rejalarga oid masalalar muhokama qilindi.

Ertaga esa vazirlar darajasidagi asosiy yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va unda yoshlar uchun muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👏16👍14🔥5🎉5
🚀 Yoshlar uchun yangi imkoniyat!

Endilikda talabalar o‘z kasbiy yo‘lini aniqroq belgilash va amaliy tajriba orttirish imkoniga ega bo‘lishadi!

Yoshlar ishlari agentligi va Career Centre platformasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Bu hamkorlik orqali kompaniyalar o‘z sohasi uchun iqtidorli va malakali yosh mutaxassislarni topa oladi.

Talabalar esa amaliyot o‘tash, ish tajribasiga ega bo‘lish va yirik kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

✔️Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: careercentre.uz

💼 O‘zingiz istagan sohada o‘sish va tajriba orttirish vaqti keldi!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60👏17🔥146🎉6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📕“Yosh kitobxon oila” tanlovida navbatdagi finalchilar aniqlandi!

Tanlovning hududiy bosqichlari butun respublika bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda. Tuman va shahar bosqichlarida g‘olib chiqqan oilalar hududiy bosqichda 2 ta shart bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bugunga qadar Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bahslar yakunlandi.

So‘nggi 3 ta hudud g‘oliblari bilan tanishing:

✔️Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani – Javmirovlar oilasi;

✔️Jizzax viloyati, Baxmal tumani – Jabbarovlar oilasi;

✔️Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani – Zaripovlar oilasi.

Finalga yo‘l olgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👏13👍6🔥3🎉1
🚀 Startap Arena sizlarni kutmoqda

Yosh innovatorlar o‘z startap g‘oyalarini yetakchi ekspertlar, mentorlar va investorlar oldida taqdim etadigan ushbu tadbirga qo‘shiling.

Ishtirokchilar uchrashuvda qimmatli investitsiya imkoniyatlari, startaplarni rivojlantirish va esdalik sovg‘alarga ega bo‘ladi.

Maxsus mehmonlar: Venture Capital kompaniyalari vakillari.

📅 Sana: 22-oktyabr, soat 15:00

📍 Manzil: Yoshlar Ishlari Agentligi

🔗 Ro’yxatdan o’tish havolasi

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👍18❤‍🔥4🙏3🔥2
⚡️O‘zbekiston Turkiy yoshlar hamkorligining navbatdagi markaziga aylandi

Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport sohalariga mas’ul vazirlari ishtirokidagi IX yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida turkiy mamlakatlar o‘rtasida yoshlar va sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida 2026-yilda O‘zbekiston shaharlaridan biri “Turkiy dunyo yoshlari poytaxti” deb e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46🏆20👍13🔥4👌2
Sizning fikringiz muhim!

Ushbu so‘rov yoshlarning oila institutiga munosabati hamda er-xotin o‘rtasidagi moliyaviy, ijtimoiy va huquqiy munosabatlar holatini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Sizning javoblaringiz oilaviy muammolarni hal etishda va foydali takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

🔒 So‘rovnoma anonim — ism-sharif ko‘rsatish shart emas.

✔️ Havola orqali so‘rovnomada ishtirok eting.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
146👍28
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OnaTilim chellenjida ishtirok eting!

🖌21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabat bilan Yoshlar ishlari agentligi #OnaTilim chellenjiga start berdi!

Tilimizning boy va betakror so‘zlarini birgalikda qayta kashf etamiz!

Yoshlar orasida kam ishlatiladigan so‘zlarni toping, ularning ma’nosini ayting va 1,5 daqiqagacha bo‘lgan ijodiy videoni tayyorlang.

🔹Videoni Instagram sahifangizga #OnaTilim heshtegi bilan joylashtiring va Yoshlar ishlari agentligini belgilang.

Eng yaxshi kontent egalari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43417❤‍🔥5👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 “Obod yurt” plogging aksiyasi!

Kuni kecha Toshkent viloyatining Chirchiq daryosi bo‘yida start olgan “Obod yurt” ekologik aksiyasi ezgu maqsad yo‘lida butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni birlashtirdi.

Bir vaqtning o‘zida barcha hududlarda o‘tkazilgan aksiyada eko-faollar har bir mahalla, bog‘ va daryo bo‘ylarini chiqindilardan tozalab, atrof-muhitga mehr va g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lishdi.

Aksiya Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Chiqindilarni to‘g‘ri joyga tashlash — kichik qadamdek tuyuladi, ammo natijasi ulkan: musaffo tabiat, sog‘lom kelajak! 🌱

#ObodYurt #TabiatniAsraylik #Plogging

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5634🎉8❤‍🔥71
🇺🇿Sizni O‘zbek tili bayramiga taklif qilamiz!

20–21-oktabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida yoshlar uchun foydali va ilhomlantiruvchi kontent yaratib kelayotgan loyihalar yetakchilari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Tadbir davomida “Yoshlar uchun ming kitob”, “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “Wikimarafon”, “Bek va Lola”, “Uzchess”, “Qizlar Akademiyasi”, “Ustoz AI” va “Milliy karaoke” yetakchilarini tinglashingiz va ular bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

⏰️Vaqti: 20-oktyabr 19:00, 21-oktyabr 12:30

O‘zbek tili bayramini biz bilan birga nishonlang!🎉

#OZBEKTILIUCHUN

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
152🔥18👍113🕊3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitob karvoni yo‘lda!

📚Nihoyat, o‘sha kun keldi. “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 140 dan ortiq mutaxassis tomonidan tayyorlangan dunyoga mashhur kitoblar to‘plami yurtimiz bo‘ylab 303 ta muassasa tomon yo‘l oldi.

Kitoblar qayerlarga boradi, ularni qayerdan olib o‘qish mumkin?
👉 Ro‘yxat bu yerda.

Davlatimiz rahbari qaroriga muvofiq, kitoblar axborot-kutubxona muassasalariga, shuningdek, ularning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etiladi.

Aziz o‘quvchilar! Sizlarga loyiha doirasida chop etilgan dastlabki 27 kitobni taqdim qilishdan mamnunmiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5742👌8🏆7🕊2
🇺🇿O‘zbek tili uchun!

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligining bir qator loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda!

Tadbirda bir qator loyihalarimiz bo‘yicha yangiliklar ham eʼlon qilinadi.

📹Tadbirni jonli efirda tomosha qiling!

https://www.youtube.com/watch?v=9f5hVSS5RYI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
399👍8🔥2
2025/10/21 02:01:18
Back to Top
HTML Embed Code: