Telegram Web Link
#InsholarTanlovi

🎓 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi e’lon qiladi

🖋 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
➡️ 1) oliy ta’lim muassasasi bosqich;
➡️ 2) hududiy (yoki mintaqaviy) bosqich;
➡️ 3) respublika final bosqichi;

💳 Tanlovning dastlabki bosqichi mart oyi yakuniga qadar tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insho yozishlari talab etiladi. Inshoni yozish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt belgilanadi.


🆔 Tanlov g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️ 1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
➡️ 2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
➡️ 3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

➡️ Tanlov nizomi: https://bit.ly/4ix3oy2

🗓 Tanlovning 1-bosqichi mart oyi davomida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
🔎 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2515🔥13👍7👏7🤩42
#YoshlarOvoziGazetasi

🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

➡️ 2025-yil yoshlar ishsizligiga barham berish yo‘li bo‘ladi
➡️ “Open byudjet” pul olish uchun pul sarflash kerak
➡️ Hali bahor oldinda, hali umid bor...
➡️ Kompensatsiya pullari 80 mlrd so‘mdan oshdi

⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2614🔥9👏8👍5🤩43
#Tanlov #RassomlarUchun

🖌 Barcha rassomlar uchun “57th World Gallery of Cartoons — Skopje 2025” tanlovi. Gʻolibga $1,500 va Makedoniyadagi ko'rgazmaga taklif!

📌 Talablar:
➡️ Rasm chizishga qiziqadigan barcha ishtirok etishi mumkin;
➡️ Topshiriladigan rasmlar asl (original), oldin e'lon qilinmagan va boshqa tanlovda namoyish etilmagan bo'lishi kerak;
➡️ Bir ishtirokchi beshtagacha rasm bilan qatnashishi mumkin.

📌 Foydali tomonlari:
➡️ Tanlovning asosiy g'olibi (Grand Prix) 1,500 AQSH dollari va maxsus haykalcha bilan taqdirlanadi;
➡️ 1-o'rin sohibi 1,000 AQSH dollari va maxsus nishon;
➡️ 2-o'rin sohibi 500 AQSH dollari va maxsus nishon va boshqalar.


Oxirgi muddat — 31.05.2025

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1916🔥10👏9👍6🤩4
#MehrVaUmidBayrami #NavroʻzMuborak

🙋 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

🎉 Tabiat yangilanib, yuraklar quvonchga to‘ladigan fasl — Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomidan barchangizga sog‘liq, omad va yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi marralar tilaymiz!

👋 Navro‘z qadimiy va ezgulik timsoli bo‘lib, mehr-oqibat, hamjihatlik va farovonlikni ulug‘laydi. Ushbu fayzli ayyom har bir xonadonga baxt va baraka olib kelsin, qalblarni shodlik va umid bilan to‘ldirsin!


☀️ Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰21🔥1311👍8👏8🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiQoraqalpogʻiston

🎉 Nukusda Navro‘z bayrami nishonlandi

🎭 Nukus shahrida umumxalq Navro‘z sayliga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan va adabiy-musiqiy xoreografik bayram tomoshalari «Do‘stlik» kanali bo‘yida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy urf-odatlar aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

👋 Bayramona muhitda xalq o‘yinlari, sport musobaqalari, milliy taomlar tayyorlash va turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari bir-birlarini Navro‘z bilan qutlab, tinchlik va farovonlik tiladilar. Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tib, barchaga quvonch ulashdi.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥103🥰3❤‍🔥22👍2🤩2👏1💯1🏆1
#MahallaTizimiXodimlari #Bayram

🙋 Hurmatli Mahalla tizimi xodimlari! 

👥 Sizlarni 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 

📍 Mahalla — jamiyatimizning yuragi, mehr-oqibat, birdamlik va insonparvarlik maskani. Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli xalqimizning muammolari hal etiladi, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonlarga yordam beriladi, mahallalarimiz tinch va fayzli bo‘ladi. 


👤 Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mahallamiz obod, xalqimiz farovon bo‘lsin! 


🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🥰2🤝1
#Tadqiqod #Taʼlim #Slovakiya

🙋 Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

🔎 Kimlar qatnasha oladi?

🎓 Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

🔎 Qanday imkoniyat beradi?

➡️ 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
➡️ Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
➡️ Safar xarajatlari uchun mablagʻ.


📌 Qabul: Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 30-aprel, soat 19:00.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍17🎉1311
#XotinQizlarUchun #Grant

🎓 Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

💳 Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi. Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.


📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ 1 yil davomida oylik stipendiya
➡️ Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

🖋 Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍532🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiSirdaryo #Tavsiyanoma #OTM

🙋 Muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim yo‘lida qo‘shimcha imtiyozlar berildi

🎓 Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

➡️ Batafsil: https://www.tg-me.com/sirdaryoyoshlari_yi/17061

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥13🎉13👍91🫡1
#OʻyinKuni #OʻzbekistonEron

⚽️ Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

🗓 25-mart | 21:00
📍 “Ozodiy” stadioni

↗️ Mazkur o‘yin “Sport tv” orqali to’g’ridan toʻgʻri efirga uzatiladi.

🙋 Yigitlarimizga omad tilaymiz! Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🎉18🔥1514👏3
#YoshOlimlarKengashi #IlmiyTadqiqot

🙋 Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika Yosh olimlar kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumi doirasida grant e’lon qilindi, ishtirok etish yosh chegarasi 40 yosh etib belgilandi.

🔎 Loyihada ilmiy faoliyatga qiziquvchi yosh xotin-qizlar uchun 2 oylik o‘quv kurslar tashkil etilda. Dastur davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


🖋 Ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/4286an0

🗓 Muddat: 29-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥21🥰1👏1
#YoshlarOvoziGazetasi

🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

➡️ ”Yosh kitobxon” — g‘olib kitobxonga elektromobil
➡️ Migrantlar mahallaga qaytadi
➡️ Prezident bilan uchrashuv nafaqat mas’uliyat, balki imkoniyat
➡️ Ijtimoiy himoya tizimi takomillashadi
➡️ Ayollar tadbirkorligiga 200 mln dollar

⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏421🥰1
#Grant #Magistratura

🎓 Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

🖋 Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉14👍1312🔥12💯2
#YoshlarIttifoqi #YoshFermerlariKengashi #Ilova

🙋 Yosh fermerlar uchun innovatsion mobil ilova yaratildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan yangi mobil ilova bilan fermerlik faoliyatingizni yanada samarali va oson boshqaring!

🔎 Mobil ilova sizga nimalar beradi?!

➡️ Ekin tanlash va ekish bo‘yicha tavsiyalar;
➡️ O‘g‘itlash va sug‘orish jadvali;
➡️ Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
➡️ Bozor narxlari va savdo imkoniyatlari.

⬇️ Ilova yordamida yuksak hosildorlikka erishing va fermerlikni innovatsion tarzda rivojlantiring!

➡️ Ilovani yuklab olish uchun:
🤖 Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥1810🎉73👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiJizzax #MilliyFashionShow

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi tomonidan “Milliy Fashion Show” modalar namoyishi tashkil etildi

➡️ Batafsil: https://www.tg-me.com/jizzaxyoshlari_yi/14454
➡️ MY5 / Hudud: https://www.tg-me.com/jizzaxyoshlari_yi/14474

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍1413🎉103🤩3🥰2👏2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiQashqadaryo #Zakovat

👥 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan viloyatda joylashgan kuch tuzilmalari oʻrtasida harbiy xizmatchilar oʻrtasida harbiy aviatsiya insitutida ZAKOVAT intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi

➡️ Batafsil: https://www.tg-me.com/qashqadaryo_yi/2766

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤝21👏1
#RamazonHayiti #Tabrik

👥 Sizlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan musulmon olamining eng aziz bayrami — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz! 

🌙 Ushbu qutlug‘ kunlarda qalblaringiz mehr-oqibat va shukronaga to‘lsin! Xonadonlaringiz tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringiz esa fayz-barakaga to‘lsin. 

🙋 Yurtimiz yoshlari doimo ezgu niyatlar, ulug‘ maqsadlar sari dadil odimlasin, ilmda, sportda va ijodda yuksak marralarni zabt etsin! 

🎉 Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin! 

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥14🎉1110🥰3
#YoshlargaOid #PrezidentFarmoni

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi

💳 Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:

🏠 kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;

🔣 rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

🆔 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

🗓 2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;

👥 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;

🏬 2025-yil 1-iyundan: nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

🗺 nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

🎓 2025/2026 o‘quv yilidan: O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

🔎 o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📊 Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥14🎉12👍10💯2
#XotinQizlarHuquqi #AyollarDaftari

🖋 Qonunchilikka ko‘ra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉18👍17🔥1310🫡2👏1
#YoshlarIttifoqiFargʻona

🇺🇿 Fargʻona viloyati Soʻx tumanida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining bogʻi tashkil etiladi

➡️ Batafsil: https://www.tg-me.com/fargonayoshlari_yi/898

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍1712🎉11👏3
2025/07/13 22:38:20
Back to Top
HTML Embed Code: