Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

🙋 Yoshlar yetakchilari forumi — 2-kun!

👥 200 nafarga yaqin yoshlar yetakchilarini o‘zida jamlagan forumning ikkinchi kuni boshlandi!

💬 Qiziqarli seminarlar, treninglar va mahorat darslari bilan yosh yetakchilar o‘z salohiyatlarini oshirishmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2🤝2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

🙋 Yoshlar yetakchilari forumi davom etmoqda

💬 Seminarlar orqali yetakchilar orasida o‘zaro tajriba almashish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

👤 Navbatdagi spiker — Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Zohidjon Ataxonov sahnaga chiqib, ishtirokchilar bilan o‘z bilim va tajribasini almashdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰63💯57🔥5144👍38😍37🤩36🎉34❤‍🔥34🤝2👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

👤 Yoshlar yetakchilari forumida navbatdagi mehmon spikerlar!

🙋 Yoshlar yetakchilari forumining navbatdagi mehmon spikerlari — Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi Asilbek Murtazayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovlar bo‘lishdi.

👋 Ular forum ishtirokchilarini samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashdi. Mehmonlar yetakchilar bilan ochiq va do‘stona muloqotda bo‘lib, ular uchun foydali maslahatlar ham berishdi. Suhbat iliq muhitda, o‘zaro fikr almashuvga boy tarzda o‘tdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🆒32🤓21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

🙋 Yoshlar yetakchilari forumining ikkinchi kuni ham mazmunli va faol tadbirlarga boy bo‘ldi

🎙 Ertalab ishtirokchilar salomatlik va ruhiy tetiklikni ta’minlash maqsadida badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashishdi. Tonggi mashg‘ulotlar forum qatnashchilariga yangi kunni energiya bilan qarshi olishga yordam berdi.

🔎 Shundan so‘ng, kunning asosiy qismi turli mavzulardagi seminar-treninglar bilan davom etdi. Bu seminarlarda yetakchilik ko‘nikmalari, jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish va kommunikatsiya kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

⚽️ Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Futbol o‘yinida yoshlar o‘z jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, do‘stona muhitda bellashish.

👋 Forumning ikkinchi kuni yoshlar uchun bilim va motivatsiyaga boy, harakatga to‘la tarzda o‘tdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍15🔥14🎉12🤝21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InstaSerial #Premyera

💊DRUG DEALERYangi serial premyerasi

🙋 Bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tarbiyaviy ahamiyatga ega psixotrop dorilarning yoshlar orasida keng tarqalishi va uning salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi instaserial.

💬 U taqdirlar, afsuslar, ko‘z yoshlar va najot haqida!

👋 Barcha yurtdoshlarimizni ushbu serial premyerasiga taklif etamiz! (Kirish bepul)

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
🗓 Vaqti: 30-iyul, soat 14:00da

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2242👏1🤩1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OTMYetakchilari #Taqdirlash
#InstaSerial #Premyera

🙋 Yoshlar yetakchilari forumining tantanali yopilish marosimi va DRUG DEALER — Yangi serial premyerasi bo‘lib o‘tdi!

🗺 3 kun davomida o‘tkazilgan mazmunli tadbirlar, seminar-treninglar va tajriba almashuvlar bugun o‘z yakuniga yetdi.

🖋 Forumning yopilish marosimida faol va tashabbuskor yoshlar yetakchilari taqdirlandi, ularga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👥 Bu forum yoshlar o‘rtasida yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qildi.


💊Shuningdek Yoshlar ijod saroyida ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan “DRUG DEALER” nomli instaserialning tantanali premyerasi ham bo‘lib o‘tdi.

👥 Mazkur serial yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda psixotrop dorilarning xavfli oqibatlarini ko‘rsatish orqali yosh avlodni ogohlikka chaqirishga xizmat qiladi.

💬 Serialda real hayotdan olingan voqealar asosida dori vositalarining noqonuniy tarqalishi, uning jamiyat, oila va shaxs hayotiga salbiy ta’siri yorqin tasvirlangan.

🔎 Premyerada yoshlar, ijtimoiy faollar, mutaxassislar, ijodiy jamoa hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


🔗 “DRUG DEALER” nomli instaserialning tantanali premyerasidan Fotosuratlar
🔗 Yoshlar yetakchilari forumi 1-kun fotosuratlari
🔗 Yoshlar yetakchilari forumi Taqdirlash marosimi fotosuratlari

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14🎉1211👍5👏21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiQoraqalpogʻiston

🇺🇿 “Dolzarb 90 kun” doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik, boshqarma va bo‘lim xodimlari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

🔗 Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥3🏆2🤝2❤‍🔥11👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarittifoqiAndijon

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tomonidan Milliy gvardiyaga tegishli harbiy qismda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

🔗 Fotolavhalar

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥11👍1💯1
#XalqaroTaʼlimKoʻrgazmasi

🎓 Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi – TOSHKENT va FARG‘ONA 2025!

🙋 O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Turkiyaning 25 dan ortiq yetakchi universitetlari ishtirokida xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etiladi!

📌 Ko‘rgazma doirasida:
➡️ Turkiya OTM vakillari bilan bevosita muloqot
➡️ Grant va stipendiyalar haqida to‘liq ma’lumot
➡️ Qabul shartlari, talabalar turar joyi va hujjatlar yuzasidan maslahat
➡️ Barcha xizmatlar mutlaqo bepul!

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
🗓 Vaqti: 5-avgust, soat 10:00 da

📍Farg‘ona shahri (San’at saroyi)
🗓 Vaqti: 7-avgust, soat 10:00


📍 Xorijda ta’lim olishni istagan yoshlar uchun bu – qonuniy, shaffof va xavfsiz yo‘lga birinchi qadam!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏21🔥1🏆1
#Insho #ServiceScapeScholarship

🖋 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

🎓 Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

💬 Insho mavzusi: How does writing impact today's world?
💳 Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

📊 Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.
🗓 Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🎉14👍139👏2
#YoshlarOvoziGazetasi

🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

➡️ Navoiylik yoshlar bilan ochiq muloqot;
➡️ Yurtimiz delegatsiyasi Xitoyda;
➡️ Dolzarb 90 kun — Dehqonobodliklar uchun imkoniyat;
➡️ Huquq texnologiya integratsiyasi;
➡️ Iqtisoqdiy qo‘rquv;
➡️ Natija hisobotlarda emas, taqdirlarda ko‘rinadi.

⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍213👏1
#YoshlarIttifoqi #TalabalargaYordam

🙋 Talaba yoshlarga kontrakt to‘lovlarining 35% to‘lab berildi

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qarorga muvofiq, 2024-2025 o‘quv yilida oliygohlarda to‘lov kontrakt asosida tahsil olayotgan 951 nafar talabalarga bir yillik kontrakt to‘lovlarining 35% qismi ya’ni 3 mlrd. 437 mln. 843 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4💯4🔥3👏2🆒2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqiQoraqalpogʻiston

🇺🇿 “Dolzarb 90 kun” doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi hamkorligida Nukus shahridagi "Turon" bolalar oromgohida "Men ham askar bo‘laman" vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔗 Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2👏2😍1🤝1
#YoshlarSoni #Statistika

🙋 O‘zbekistonda yoshlar soni qancha?

🖋 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha yoshlar (14-30 yosh) soni 9 630 556 kishini yoki jami aholining 25,7 foizini tashkil etgan.

📍 Hududlar bo‘yicha yoshlar soni:

➡️ Qoraqalpog‘iston R. – 545 429 kishi (26,9 %)

➡️ Andijon viloyati – 870 893 kishi (25,2 %)

➡️ Buxoro viloyati – 514 041 kishi (24,7 %)

➡️ Jizzax viloyati – 413 321 kishi (26,9 %)

➡️ Qashqadaryo viloyati – 969 212 kishi (26,6 %)

➡️ Navoiy viloyati – 269 502 kishi (24,6 %)

➡️ Namangan viloyati – 790 162 kishi (25,2 %)

➡️ Samarqand viloyati – 1 141 810 kishi (26,6 %)

➡️ Surxondaryo viloyati – 783 741 kishi (26,6 %)

➡️ Sirdaryo viloyati – 247 466 kishi (26,6 %)

➡️ Toshkent viloyati – 773 817 kishi (24,9 %)

➡️ Farg‘ona viloyati – 1 039 594 kishi (25,1 %)

➡️ Xorazm viloyati – 541 654 kishi (26,7 %)

➡️ Toshkent shahri – 729 914 kishi (23,4 %)


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏32👍2🥰2
#TalabalarUchun #BepulVebinar

🎓 Buyuk Britaniyaga ketayotgan talabalar uchun BEPUL onlayn vebinar!

🙋 Agar Buyuk Britaniyadagi universitetlardan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsangiz, lekin oldinda sizni nima kutayotgani haqida savollaringiz boʻlsa – ushbu vebinar aynan siz uchun! “Set for the UK: Pre-Arrival Student Webinar” – bu sizga kelish, joylashish va o‘qishni ishonch bilan boshlash bo‘yicha kerakli barcha ma’lumotlarni taqdim etuvchi onlayn sessiya.

📌 Nimalar muhokama qilinadi?
➡️ Viza olish bo‘yicha foydali maslahatlar
➡️ Safar oldidan tayyorgarlik va Buyuk Britaniyada yashash haqida amaliy tavsiyalar
➡️ Jonli savol-javob: barcha savollaringizga bevosita javob


🔎 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
👤 Buyuk Britaniya universitetidan taklif olgan va safar oldidan puxta tayyorgarlik ko‘rmoqchi boʻlgan barcha talabalar!

🗓 Vebinar sanasi: 9-avgust, soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan)
🎛 Platforma: Zoom

🖋 Ro‘yxatdan o‘tish uchun — https://shorturl.at/47aOV

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2😎21👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DrugDealer #YoshlarIttifoqi

📷 Iste’dodli kinorejissyor Sarvar Karimovning “Drug dealer” filmi haqida fikri

🖋 Sarvar Karimov YouTube’dagi “O‘zbekchilik” kanaliga bergan intervyusida Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi buyurtmasiga asosan “Uzakov” production tomonidan suratga olingan “Drug dealer” filmi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

🔗 Filmni quyidagi havola orqali to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin!

➡️ https://youtu.be/cV3NRZTcbm4

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏2🤓2🤝2❤‍🔥11🔥1
#Magistratura #MalakaOshirish

🎵 Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

🖋 Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

📌 Dastur imkoniyatlari:
➡️ 992 yevro oylik stipendiya
➡️ Safar xarajatlari uchun mablagʻ
➡️ Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
➡️ Tibbiy sugʻurta


💳 Arizalar 2025-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

🔗 Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32❤‍🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroTaʼlimKoʻrgazmasi

🎓 Toshkent va Farg‘onada Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi!

🖋 Turkiyaning 25 dan ortiq yetakchi universitetlari vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar, grant va stipendiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, qabul shartlari hamda talabalarga qulayliklar — barchasi bepul taqdim etildi!

🪟 RTV | Ovoza
🪟 Yoshlar | Yangi davr
🔗 Farg‘ona viloyatidagi jarayonlar

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🤝21👏1
2025/10/23 17:39:51
Back to Top
HTML Embed Code: