Telegram Web Link
🚀O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.

Malaka oshirish kurslarida O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov ham qatnashdi.

👍Kursda qatnashgan NNT rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

🙏Malaka oshirish kurslarini tashkil etgani uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasiga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Yilni marketing haqida yangi bilimlar bilan yakunlang!

Marketing sohasining tajribali ekspertlari - Habibullo Sa’dulloyev, Azizbek Umaraliyev, Shaxrux Nizamutdinov ishtirokidagi “Marketing Club” loyihasi 24-dekabr, soat 14:00 da bo’lib o’tadi.

Marketologlar, tadbirkorlar va sohaga qiqizuvchi yoshlarni Yoshlar press klubida kutib qolamiz.

Ishtirok etish mutlaqo bepul! Ro’yxatdan o’tish uchun havola👉🏻 https://forms.gle/mEWLEBZmapMrqEot9

@marketingclub_event
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🔤🔤🔤2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣ 6-Global tadbirkorlik haftaligi yakuniga yetdi.

Haftalik davomida TEAM universitetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida, shuningdek, GroundZero kovorking markazida turli xil tadbirlar tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
🔹GEW 2022 uchun 300+ tinglovchilar qatnashdi.
🔸O'zbekiston, Turkiya, AQShdan 40+ ma'ruzachilar tashrif buyurdi.
🔹15+ hamkor tashkilotchilar va homiylar ishtirok etishdi.
🔸Toshkent va Samarqandda 10+ sessiyalar tashkil etildi.

P.S. Haftalikni tashkil etishdan asosiy maqsad “Turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi tadbirkorlik” ni rivojlantirish bosqichlarini muhokama qilishdan iborat edi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
🚀Qirg'izistonda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlik haftaligida O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi va qo'shni davlatning yoshlar tadbirkorligi bo'yicha tajribasi o'rganildi.

Sayohat doirasida Orian-Mehroj Rashidov Qirg'izistonning iqtisodiyoti va tadbirkorlik sohasini rivojlantirish bilan shug'ullanayotgan insonlar bilan uchrashdilar

👍Tez orada tajribamizdan kelib chiqib, qator tashkilotlar va hamkorlarimiz bilan birgalikda mamlakatimizning 120 nafar OTMlari doirasida loyiha amalga oshirishni rejalashtirganmiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
💧Suv xavfsizligi uchun transformativ kelajak” tashabbusining Markaziy Osiyo mintaqaviy muloqoti bo'lib o'tdi

Muloqotda Xalqaro suv xo‘jaligi instituti (IWMI) va O'rta Osiyo mamlakatlarining suv xo'jaligi sohasidagi ekspertlari ishtirok etishdi.

👍Muloqot davomida Markaziy Osiyoda suv tanqisligining ortib borayotganligi, Orol dengizi muammolari, Amudaryo, Sirdaryoda suv sathining keskin pasayib ketayotganligi, dehqonlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi, suv xo'jaligi sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi.

🚀Muloqotda O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Orian-Mehroj Rashidov ham ishtirok etdi va fevral oyida Keyptaunda(🇿🇦Janubiy Afrika) bo'lib o'tadigan BMTning global forumida O'rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etishi va nutq so'zlashi uchun taklif etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2🔥1
🤖🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori V.I.Norov bilan Sunʼiy Intellekt sohasini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mamlakatimiz yoshlarining loyihalarini Markaziy Osiyo darajasiga olib chiqish maqsadida hamkorlikda “Markaziy Osiyo sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi” ni tashkil etish kelishib olindi.

🇺🇿🇮🇱Oʻzbekistonning Isroil mamlakatidagi elchisi Feruza Mahmudova Yuldashevna bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2023-yilda Isroil mamlakatidagi yetakchi kompaniyalarni taʼlim, startup va venchur jamgʻarmalar sohasidagi tajribalarini Oʻzbekistonga joriy qilish va imkoni boricha qoʻshma loyihalarga grantlarni jalb qilish reja qilindi.

🧳🧭🚐"Yosh Tadbirkor University" loyihasi talabalariga Nationuz marketing agentligiga biznes sayohat tashkil etildi. Biznes sayohat davomida talabalarning marketing sohasidagi bilim va koʻnikmalari shakllantirildi.

🤵🏻🦉"Yosh Tadbirkor University" loyiha doirasida “Bilimli tadbirkorlar” zakovat oʻyinining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi. Zakovat oʻyini loyihaning 30 nafar talabalaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida tashkil etildi va oʻyin qiziqarli savollarga boy boʻldi.

👨‍🏫"Yosh tadbirkor University" loyihasining onlayn oʻquv jarayonlarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalari uchun oflayn darslar yoʻlga qoʻyildi. Oflayn dars davomida talabalarga tadbirkorlikda faoliyat turini tanlash boʻyicha malakali soha mutaxassislari tomonidan trening tashkil etildi.

🎥👩‍🏫"Yosh tadbirkor University" loyihasining onlayn darslari uchun 5 ta videodarslar suratga olinib montaj ishlari amalga oshirildi hamda platformaga joylashtirildi.

🏫🎓"Tadbirkorlar uchun 100 OTM" loyihasini amalga oshirish uchun taniqli va tajribali marketolog Farhod Kamilov bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga marketing bilimlarini joriy qilish va institutdagi dasturlarni qaytadan tayyorlash boʻyicha rejalar qilindi.

📚"Tadbirkor" kitobi doirasida Asaxiy.uz asoschisi Firuz Allayev bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kitob yozish jarayonlari muhokama qilindi va kelgusi oyda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Kitob haqida podkast oʻtkazish rejalashtirildi. “Tadbirkor” kitobi loyihasining web sahifasiga kitobdan keltirilgan iqtiboslar joylashtirildi va dizayn jihatdan yangilandi.

🇺🇳Unfpa vakillari bilan potensial loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muloqot oʻtkazildi. Markazning barcha loyihalari haqida batafsil yoritib berildi va hamkorlikdagi loyihalar uchun grant mablagʻlarini jalb qilish rejalashtirildi.

💦🇿🇦Xalqaro suv xoʻjaligi instituti (IWMI) vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Markazimiz rahbari Keyptaunga (Janubiy Afrika) uchib ketish boʻyicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi va Afrika mintaqasidagi suv muammolarini yechish boʻyicha ham tashkilotchi sifatida (co-host) qatnashishga tayyorgarlik koʻrishdi.

☎️1000+ nafar tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarga tadbirkorlik va biznes sohasi boʻyicha operatorlarimiz tomonidan onlayn va oflayn shaklda konsultatsiyalar (call markaz: 781130403) taqdim etildi.

🔸Markaz rahbari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi tadqiqotining 5 yillik natijalariga bagʻishlangan davra suhbatiga ishtirok etdi.

👩‍🏫"Imkoniyat" loyihasi g'oliblarining muammolari tahlil qilinib yechim sifatida soha mutaxassislari ishtirokida 2ta onlayn (zoom) trening tashkil etildi.
👍6👏2🔥1
#2022_yil_natijalari

🚀2022-yilda O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun foydali bo'lgan 14 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi va ushbu loyihalarga mahalliy va xalqaro grantlar va davlat ijtimoiy buyurtmalari jalb qilindi.
Batafsil shu yerda

2022-yil natijalari
2021-yil natijalari
2020-yil natijalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2🤩1
2025/07/13 15:20:42
Back to Top
HTML Embed Code: