Telegram Web Link
👨‍🎓"Imkoniyat" loyihasi doirasida tashkil etilgan "Saturn Education" o'quv markazining Nurota filiali ochilish arafasida.

O'quv markazining Nurota filialida o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan va zamon talabiga javob beradigan tarzda jihozlangan.

👍Barcha "Imkoniyat" loyihasi ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz va 10-oktyabr soat 17:00 o'quv markazi filialining ochilish marosimiga taklif etamiz.


Manzil: Nurota tumani Amir Temur
ko‘chasi “Toshkent” majmuasi
Mo‘ljal: Ishonch savdo majmuasi yoni,
eski Agrobank binosi o‘rni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🚀 12-13-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Osiyo mamlakatlari Yoshlari Kengashining 6-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Markaz rahbari yig‘ilish doirasida tashkil etilgan O'zbekistonda kreativ sanoat va  industriyalarni rivojlantirish bo'yicha  sessiyada moderator sifatida ishtirok etdi.

👍Sessiya davomida turli mamlakatlardan ishtirok etgan yoshlar tashkiloti vakillarining takliflari tinglandi, ular bilan kelajakdagi rejalar va hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🚀Yaqinda "Digital acceleration" dasturining ochilish marosimi bo'lib o'tdi!

Dastur BMT ning Аholishunoslik jamgʼarmasi (UNFPA), Oʼzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash markazi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

🎯Dasturning maqsadi Respublikamizning chegara oldi hududlari Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Obodon va Xonqoʼrgʼon mahallalari va Yangiqoʼrgʼon tumanining Qayroqi va Doʼstlik mahallalari, Andijon viloyati, Marhamat tumanining Yoʼlamatol va Qorabogʼich mahallalaridagi 18-30 oraligʼidagi ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish va ularning bandligini ta'minlashdan iborat.

👩‍💻Dastur davomida 18 nafar xotin-qizlar va yoshlar tanlab olinib, ularning har biriga tashkilotchilar tomonidan zamonaviy noutbuklar sovgʼa qilindi. Hozirda ularga 1 oylik Dizayn, SMM, IT (no code) kasblari bo'yicha o'quv kurslari tashkil etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🚀Assalomu alaykum aziz talabalar va startap ixlosmandlari!!! ⚡️

🔥 Unicorns loyihasining final bosqichi bo'lib o'tishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Va sizlardan o'z joylaringizni band qilib qo'yishingizni so'rab qolamiz. Unicorns loyihasi 3-4-noyabr kunlari Yoshlar ishlari Agentligi Press klubida bo'lib o'tadi.

🔥 Bu loyiha orqali siz o'zingizga kerakli va yangi bilimlar, hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan startap loyihalarining eng kuchlilariga guvoh bo'lishingiz, qaynoq energiya, unitilmas voqealar, o'zgacha atmosfera va rivojlanishni istovchi insonlar bilan tanishishingiz va ulardan maslahat olishingiz mumkin bo'ladi.

🔥 Barchangizni ushbu loyihaga kelishingizni so'rab qolamiz, chunki 2 kun davomida super-muper atmosfera bo'lishiga kafolat beramiz 🤩

📅 Sana: 3-4-noyabr
Vaqt: 9:00
📍Manzil: Yoshlar press klubi
📨 Murojaat uchun: @ibrokh1mjonov_sh
🚀Barchangizning ertaga 3-noyabr kuni soat 10:30 da "Unicorns" startap tanlovining final bosqichida quyidagi manzilda kutib qolamiz.

📍Manzil: Alisher Navoiy 11A-uy (Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar press klubi)

Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/AxGL5aajHdngff4A9
Tel: +998333134515
2024/06/04 23:07:53
Back to Top
HTML Embed Code: