Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
U TARIX YARATYAPTI
Inson hayoti davomida nimagadir qiziqadi, intiladi, qoqiladi, nimalarnidir yo‘qotadi, nimalargadir erishadi.
Ahmad To‘raning uzoq yillardan beri bilsam, uni doim jonsarak holatda, nimanidir bajarish niyatida yurganini ko‘raman. Ko‘pdan beri millat oydinlarini, go‘zal tabiatni, adabiy tadbirlar jarayonini fotoga oladi. Bir necha yil avval nashriyot ochdi, jamoa to‘pladi, kitoblar chiqaryapti. U tarix yaratyapti.
Bugun u “Mahalla” telekanalining "Mahalla tongi" dasturida mehmon bo‘ldi. Aniqrog‘i, dastur ijodkorlari Yozuvchilar uyushmasiga kelib, u bilan suhbatlashdi. Ushbu jonli reportajni siz ham tomosha qiling.
Fozil Farhod
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Biz chiqargan kitob
YANGI O‘ZBEKISTON ORZUSI
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Salim Doniyorovning mazkur to‘plamdan o‘rin olgan publitsistik maqolalarida Vatanga muhabbat, milliy urf-odatlarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ulari ajib ohanglarda tasvirlanadi.
Muallifning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi maqolalarida Yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan olamshumul islohotlarga kamarbastalik aks etadi.
Shuningdek, hozir biz uchun oddiy holdek ko‘rinayotgan, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan yo‘lga qo‘yilgan, taʼbir joiz bo‘lsa, qayta jon ato etilgan keng ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlar mahorat bilan qalamga olingan.
To‘plamdan "Yangi O‘zbekiston" nashrida chop etilgan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, mohiyatan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi bo‘limda muallifning davlat va jamoat arboblari bilan suhbatlari o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Yangi O‘zbekistonga qo‘yilgan tamal toshlaridan boshlab, Vatan va millat istiqboli, shaʼni va obro‘si yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar o‘ziga xos uslubda teran tahlilga tortilgan.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida chop etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#оnа_tilim_faxrim
ONA TILIM
Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa.
Elu yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlagan ne daho.
Mirtemir