Zahmatkash olim xotirasi yodga olindi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiy tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Serqirra ijod sohibi, taniqli pedagog Hamidjon Homidiy (Homidov) 1935-yil 4-oktyabrda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida tavallud topgan. 1955-1960-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan.
U 1982-2010-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” hamda “O‘zbek klassik adabiyoti” kafedralarini boshqardi.
Hamidjon Homidiy manbashunos olim sifatida “Dorobnoma”, Shoh Hijron “Shohnoma”si, “Barzo‘noma”, “Dinkard”, “Tazkirat-ul-avliyoi turkiy”, “Moturidiy pandnomasi” singari sarchashmalarni ilk bor ilmiy iste’molga olib kirdi.
Turli yillarda “Barhayot she’riy qasr”, “Boqiy bo‘ston tarovati”, “Borbad Marvaziy”, “Shohnomaning shuhrati”, “Firdavsiy va o‘zbek adabiyoti”, “Olis yaqin yulduzlar”, “Qirq besh alloma hikoyati”, “Ajdodlar sabog‘i – aql qayrog‘i”, “Ko‘hna Sharq darg‘alari”, “Daholar davrasi”, “Mislыteli Vostoka”, “Avesto fayzlari”, “Avesto va tibbiyot” (hammuallif), “Avestodan Shohnomaga”, “Tasavvuf allomalari”, “Tasavvuf Qaraniydan Rushdiygacha”, “Mehridan sarob bo‘lganlarim”, “Gumanizm kuychisi”, “Barhayot she’riy qasr”, “Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni” (hammuallif), “Namangan adiblari” (hammuallif), “O‘zbek adabiyoti”, “Kosonsoy tarixi” (hammuallif), “Nizomiy dilbandlari”, “Ustozlar sabog‘i – aql chirog‘i”, “Yillar samari”, “Poktiynat siymolar” kitoblari nashr etildi.
U rus, fors, tojik tillaridan “Bundaxishn”, “Safarnoma”, “Yetim”, “Qoracha qiz”, “Nishonga tegmagan o‘q”, “Ko‘hna odamlar”, “Hudud-ul-olam”, “Muqanna isyoni”, “Temur Malik”, “Qaysar chumchuq”, “Vafodor arg‘umoq”, “Shohnoma” (saylanma dostonlarning nasriy bayoni) asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. “Shohnomai turkiy”, “Qissai Siyovush”ni nashrga tayyorladi. Turli ilmiy to‘plam, jurnal hamda vaqtli matbuotda olimning 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari e’lon qilingan.
Professor Hamidjon Homidiy 30dan ziyod nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga opponentlik qilgan. O‘ndan ziyod adabiyotshunos, manbashunos yoshlar ilmiy rahbarligida fan doktori va fan nomzodi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishga muyassar bo‘lgan.
Hamidjon Homidiy 1991-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Sermahsul olim qoldirgan ilmiy, ma’naviy meros olimning nomini abadiyatga muhrladi desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Adabiy anjumanda zahmatkash olimning faoliyati, milliy adabiyotimizga qo‘shgan hissasi, u bilan bog‘liq yorqin xotiralar yodga olindi.
Nazokat Usmonova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi