Mujda
Turkiyada Usmon Azim ijodiga bag‘ishlangan kitob chop etildi
Turkiy xalqlar adabiyoti haqida chuqur tahlillar olib boruvchi yosh shoir, tarjimon va adabiyotshunos Fotih Sulton Yilmaz O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan shoir ijodi haqidagi O‘zbek adabiyotining bir fidoiysi: “Usmon Azim (davr, shaxsiyat, asar)” ilmiy kitobini nashr ettirdi. U bu haqda o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu kitob uch bobdan iborat. Birinchi bobda Usmon Azimning adabiy portreti, u ijod qilgan davr poetikasi, shaxsiyati va asarlaridagi mavzular ilmiy metodlar asosida tahlil qilingan. Ikkinchi bobda o‘zbek va turk adabiyotshunos olimlarining aynan shu kitob uchun yozgan maqolalari jamlangan. Muallif o‘zbek tilida yozilgan maqolalarni turk o‘quvchilari uchun turkchaga tarjima qilgan. Shuningdek, Shoira Ahmedova, Aleyna Koch, Nasiba Norova, Sarvinoz Ne’matova, O‘g‘iloy To‘yboyeva, Madinabonu Rahmatova, Zarnigor Sohibova kabi tadqiqotchilar kitobga hissa qo‘shgan.
Uchinchi bobda esa, muallifning Toshkentda Usmon Azim bilan yuzma-yuz qilgan suhbati joy olgan. Unda Usmon Azimning turk dunyosi va jahon adabiyoti haqidagi, ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan fikr-mulohazalari jamlangan.
“Bu bobda siz faqat asarlari orqali tanigan shoirning ichki olamiga ham mehmon bo‘lasiz. Turk o‘quvchisiga, turkiy dunyo adabiyotiga va adabiyotshunosligiga xayrli bo‘lsin”, deb yozadi muallif.
Fotih Sulton Yilmaz bu tadqiqot bilangina kifoyalanib qolmadi. U o‘tgan hafta Usmon Azim she’rlaridan iborat tarjima kitobini “Sessızce oturdum dünya içinde” nomi bilan, Turkiyaning “Bengü” nashriyotida chop ettirdi. Ushbu kitobda o‘zbek shoirining ilk to‘plamiga kirgan asarlardan to yangi she’rlarigacha bo‘lgan ijodiy yo‘l qamrab olingan.
Ma’lumot uchun, Fotih Sulton Yilmaz 1995-yil 28-iyun kuni Trabzon viloyatining Ortahisar tumanida tug‘ilgan. U 2021-yilda Zamonaviy turk lahjalari va adabiyotlari yo‘nalishida magistratura ta’limini tamomlagan. 2024-yilda buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nanboyev haqidagi “Abayning o‘lim bilan sinovi” kitobi chop etilgan. Yilmaz, shuningdek, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va ozarbayjon tillaridan turk tiliga ko‘plab she’r tarjimalarini amalga oshirib kelmoqda.
Abdurahmon Ergashev

15-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkorlar:
Mehmonqul Islomqulov — adib va tarjimon;
Munojotxon Nurmatova — uyushma aʼzosi, shoira va olima;
Burobiya Rajabova — uyushma aʼzosi;
Aleksey Ustimenko — uyushma aʼzosi, adib;
Dinara Azimova — uyushma aʼzosi;
Salomat Mamatqulova — uyushma aʼzosi;
Umidjon Bekimmetov — uyushma aʼzosi.

#оnа_tilim_faxrim
***
Ko‘ngul bir bahri zaxxor andadur pokiza gavhar so‘z,
Vale shart ulki maʼni shohidig‘a bo‘lsa zevar so‘z.
Ne mushkuldur erurkim bir so‘zimni aylamas bovar,
Valekin bovar aylar muddaiylar gar desa har so‘z.
Xamush ersam tong ermas yor lutfi shahdidin ayru,
Ki to‘ti ayta olmas gar esa mahjur shakkar so‘z.
So‘ziga boq agar bilmoq tilarsan kimsa ahvolin,
Ki asrori nihoni suratig‘a keldi mazhar so‘z.
Ajab ermas so‘zim gar bavar etmas hosidi johil,
Ki takzib etgusi bu jahl agar desa payambar so‘z.
Debon g‘aflat elig‘a pand zoye qilma so‘znikim,
Eshitmak mumkin ermas gar desang har nechakim gar so‘z.
Qilib so‘zni vasila istasang olam aro izzat,
Ki dahr ahli qoshida keldi mayubu muhaqqar so‘z.
So‘zingga ahli dunyo olida qadr istama harhiz,
Rafiul-qadr ekanni na bilsin gov ila har so‘z.
Debon har sangdilga, Ogahiy, sindurmag‘il so‘zni,
Ki inson obro‘si afsarig‘a keldi gavhar so‘z.
Muhammadrizo Ogahiy
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

16-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkorlar:
Nasimxon Rahmon – adabiyotshunos olim, uyushma aʼzosi;
Shodiya Yo‘lchiyeva – uyushma aʼzosi;
Akmal Jumamurodov – uyushma aʼzosi, yozuvchi.
Muslimbek Musallam – shoir;
Dilbar Haydarova – adabiyotshunos olim.
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Nasimxon Rahmon – adabiyotshunos olim, uyushma aʼzosi;
Shodiya Yo‘lchiyeva – uyushma aʼzosi;
Akmal Jumamurodov – uyushma aʼzosi, yozuvchi.
Muslimbek Musallam – shoir;
Dilbar Haydarova – adabiyotshunos olim.
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚜️TAKLIFNOMA⚜️
Hurmatli ijodkorlar va she'riyat ixlosmandlari!
Sizni 2025-yil 17-oktyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o'tkaziladigan "Xiyobon oqshomlari" doirasidagi adabiy marifiy suhbat va mushoira kechasiga taklif etamiz.
Mushoira ona tilimizga bag'ishlanadi.

Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi filolog olim, "O‘zbekiston" nashriyoti muharriri Jumanazar Meliqulovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Telegram
Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
Adabiyot yashasa, millat yashaydi!
Cho’lpon
Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot

Xushxabar
UYUSHMA AʼZOLARINING ASAR VA SUHBATLARI CHET EL JURNALIDA CHOP ETILDI
Litterateur Rw xalqaro jurnalining oktyabr sonida o‘zbek adibalari Zulfiya Quroboy qizi va Nodirabegim Ibrohimovaning hikoyalari hamda ular bilan o‘tkazilgan intervyu chop etildi.