Telegram Web Link
Xushxabar

UYUSHMA AʼZOLARINING ASAR VA SUHBATLARI CHET EL JURNALIDA CHOP ETILDI

Litterateur Rw xalqaro jurnalining oktyabr sonida o‘zbek adibalari Zulfiya Quroboy qizi va Nodirabegim Ibrohimovaning hikoyalari hamda ular bilan o‘tkazilgan intervyu chop etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#оnа_tilim_faxrim

TIL

Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat,
Kimlar erur Turk tilini sotg‘uchi?
Bulbul kabi sayrab turgan bu tilni
Uyalmayin bu o‘lkadan otguchi?
Bolday totli, jondan aziz turkchani
Tushunmayin, xo‘rlab-xo‘rlab yotg‘uchi?
Mungli qushim, ularni qo‘y, sen sayra!
Turk tilining dong‘in chiqar ko‘klarga!
Qo‘y ularni, ular yo‘ldan ozsinlar,
El ichida bo‘sh bo‘g‘uzlik sotsinlar!

Elbek

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shoira_qalbi

* * *
Ko’zimga kuch kelar–
qoqmayman kiprik,
o’sha So’z aylanar qorachig’imda
to’kilmagan achchiq ko’z yoshdek.

Aytmayman!

Tishlarim orasiga
qamayman u So’zni
qonga to’lar
og’iz bo’shlig’im.

Ko’zgudan iljayar
tishi yo’q ayol,
nafas olmay qaytaraverar:
“Qutqar, qutqar, qutqar”, deya
ichimga zindonband etganim
u mahbus So’zni.

Quloqlarim tom bitdi.

Tugadim–boshlandim,
Boshlandim–tugadim.
Har kuni hayot bilan
o’lim-o’lim o’ynashdan charchadim.

Bilmayman

uchqundek bu So’z
Ne zamon tutashdi menga?
Qachon ajdarhoga aylandim?
O’zim o’zimga purkagan
olov ichinda qoldim.

Sochlarim yondi,
ko’kraklarim yondi,
suyaklarim yondi,
jizg’anak qalb qoldi xolos so’ngida.

Nahot shu SO’Zni deb jannatdan chiqdim,
Nahot shu SO’Z bo’lsa
mening do’zaxim…?!

Mehrinoz Abbosova

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkor:

Shuhrat Hakimov – uyushma aʼzosi.

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Saida Mirziyoyeva Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Батафсил: https://uza.uz/posts/771479

Телеграм каналларимиз

Facebook
| Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#оnа_tilim_faxrim

AZIZ ONA TILIMSAN


Zikrilla Ne'mat sheʼri

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillayev o‘qigan
#оnа_tilim_faxrim

ONA TILIM

Do‘stga do‘stu dugona tilim,
Begonaga begona tilim.
Beshigimda yagona tilim,
Ona tilim.

“...lug‘atit turk”, “Qutadg‘u bilik”,
O‘zbegimni o‘stirgan ilik,
Odamiyga odamgarchilik,
Ona tilim.

Qizlaridek iffatli tilim,
Qardoshiga izzatli tilim,
Tilim-tilim va yana tilim,
Ona tilim.

Ulus tilim, elat, xalq tilim,
Ulug‘ tilim, abad haq tilim.
Navoiyga zor, ilhaq tilim,
Ona tilim.

Ota bo‘lib otlangan tilim,
Ona bo‘lib shodlangan tilim,
Bola bo‘lib yodlangan tilim,
Ona tilim.

Boshimda bosh bor ekan borsan,
Ko‘zimda yosh bor ekan borsan,
Toki quyosh bor ekan borsan,
Ona tilim!

Saʼdulla Hakim

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya_etamiz

📚 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati tomonidan o'qilishi kerak bo'lgan eng sara adabiyotlar bilan tanishishda davom etamiz.


📙  "Ma'rifat"  targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor olmon yozuvchisi Erix Mariya Remarkning "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" asarini o'qishni tavsiya etadi.

🎥 Batafsil videolavhada

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tabrik o‘rnida!

MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Sherzod Irzoyev Tojikiston Yozuvchilar ittifoqining "Nishoni suxan" ("So‘z nishoni") ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Nishonni Tojikiston Yozuvchilar ittifoqi Hayʼati aʼzosi Akbar Abdullo topshirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/10/25 19:30:05
Back to Top
HTML Embed Code: