Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatTiliKuni #YoshlarIttifoqi

🙋 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi hamda hududiy kengashlar raislari ushbu qutlug‘ kunda ona tilimizga bag‘ishlab ushbu satrlarni taqdim etishdi.

🎉 Bu bayram nafaqat so‘z, balki millatning yuragi, ma’naviyatning mezoni bo‘lgan ona tilimizni e’zozlash, uni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish kuni.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
ADABIYOT - DO‘STLIK ELCHISI

📌 Joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Turkiyaning Elazig‘ shahrida 28 Xalqaro Hazar she’r oqshomlari adabiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. 1992-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan she’riyat festivali bu yil umum turkiy adabiyotimizning buyuk namoyandasi, "Qutadg‘u bilig" asari muallifi Yusuf Xos Hojib merosini targ‘ib etish o‘laroq "Oltoydan Hazargacha" shiori bilan nishonlandi.
📌 Anjumanda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Makedoniya, Yoqutiston, Iroq va Turkiyadan 27 nafar shoir ishtirok etdi. She’r oqshomiga taklif etilganlar safida O‘zbekistondan taniqli shoirlar Nurali Qobil, Gʻayrat Majid, baxshiyu musiqa ustalari Dilmurod Gulmurodov, Behzod To‘rayev ham bor edi. Mushoira kechalarida har bir ijodkorning milliy kiyimlarda chiqish qilishi, baxshiyu jirovlar, san’at ustalarining diltortar ijrolari adabiyot bayramiga o‘zgacha fayz va ruh bag‘ishladi. Turkiy dunyo birligini, do‘stu qardoshligini o‘zida aks ettirgan ushbu sermazmun tadbir ham shoirlarning, ham adabiyot ixlosmandlarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.
📌 Pok insoniy tuyg‘ular mujassam bo‘lgan she’ru ohanglar Hazar ko‘li shabadasi bilan Elazig‘ osmonida, muxlislar qalbida uzoq vaqt aks sado beradi deb ishonamiz. Shubhasiz, adabiyot do‘stlik, tinchlik, ezgulik elchisidir.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#ona_tilim

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
 

Bojxona qo‘mitasida о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda "21-oktabr – O‘zbek tili bayrami  kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyatining faol aʼzosi Feruza Muhiddinova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoir Axtamquli ishtirok etishdi.

Tadbirni ochar ekan Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabar ekanligini taʼkidladi.

Taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, ona tilining jozibasi, uning yosh avlod tarbiyasidagi bebaho o‘rni, keng va muhim ahamiyati, milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudratimiz ekanligi, xalqning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yanada yuksalishida muhim o‘ringa ega ekanligi borasida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Darhaqiqat, har bir mamlakatning o‘z taraqqiyot yo‘li, xalqaro maydondagi o‘rni, rivojlanish tamoyillari o‘z milliy madaniyatiga jonkuyarligi, o‘z tiliga ko‘rsatgan yuksak ehtiromi orqali namoyon bo‘ladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va taʼsirini oshirish borasida yangi bir davr boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xususan, 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.

Tadbir davomida “Yangi O‘zbekistonning – yangi bojxonasi” shiori ostida Bojxona qo‘mitasi Raisi sovrini uchun kuni kecha o‘tkazilgan insholar tanlovining “23-35 yosh toifasi” bo‘yicha g‘olibiklikni qo‘lga kiritgan bojxona xodimi Gulhayo Bozorova ham so‘zga chiqib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
2025/10/26 08:03:45
Back to Top
HTML Embed Code: