Telegram Web Link
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim*,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir –
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charag‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga sadoqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mahshargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Turkiy tilim bordir, men barhayotman.

G‘ayrat Majid
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk janoblari Rauf Parfining “O‘zbek tili” sheʼri orqali bugungi bayram bilan O‘zbekiston aholisini qutladi.
#ona_tilim_faxrim

EGIZAKLAR

Mening boru yo‘g‘im — Ozodlik!
Ona tilim katta boyligim.
Zamindan to samoga qadar
Eng qimmatli, eng chiroyligim.
Egizakdir Ozodlik va Til,
Bir-birisiz tole kulmaydi.
Yashnamagay Til Ozodliksiz,
Ozodlik ham Tilsiz bo‘lmaydi.

Dilorom Ismoilova
#ona_tilim_faxrim

“Jon ichra jonsan, tilim”


Sirdaryo viloyatida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlandi. Bayram tantanalari Gulistonning Alisher Navoiy nomidagi “Bilimdonlar maskani”dan boshlandi. Tantanali tadbirda viloyat va shahar hokimligi, qator tashkilot va muassasalar, ta’lim tizimi vakillari, ijod ahli hamda keng jamoatchilik qatnashdi. Ulugʻ alloma, oʻzbek tili va adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, ona tilimizga boʻlgan hurmat va ardoq ramziy tarzda ifoda etildi.
Guliston davlat universitetidagi “Jon ichra jonsan, tilim” mavzusidagi tadbirni Sirdaryo viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov ochdi va viloyat hokimi v.b. Erkinjon Turdimovning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Universitet rektori, professor Muhsin Hodjiyev barcha ishtirokchilarni qizgʻin muborakbod etarkan, davlat tilining millat ma’naviyati va birdamligini mustahkamlashdagi oʻrni, til madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlodni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
– Davlat tili – xalqning ruhi, tarixiy xotirasi va kelajak poydevoridir. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uni hayotning barcha sohalarida toʻliq tatbiq etish har birimiz uchun sharafli burchdir, – dedi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, professor Ravshanbek Mahmudov.
Bayram tadbirida talabalar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi. Halima Xudoyberdieva ijod maktabi oʻquvchilari Toʻra Sulaymon va Halima Xudoyberdiyeva she’rlaridan yoddan oʻqishdi. Ular ijrosidagi she’rlar asosida yaratilgan qoʻshiqlar teatr xonandalari tomonidan jonli ijro etildi.
Bayram tadbiri koʻngillarga olam-olam gʻurur va faxr-u iftixor hissini soldi.
Jarayondan suratlar.
#ona_tilim_faxrim

O‘ZBEK TILI BAYRAMI

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur bayram tadbiri “Iqtisodiyot” fakulteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, tadbirdan ko‘zlangan maqsad millat g‘ururi bo‘lmish o‘zbek tilining ahamiyati, vazifalari, tilga bo‘lgan hurmatni yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirishdan iborat. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari – Dilbar Baratova, Niginaxon Rahmatova, yozuvchi, tarjimon Nodira Do‘stxo‘jayeva, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Hilola Ibragimova qatnashdi. Tadbir davomida namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar tadbir mehmonlarida ijobiy taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, taniqli san’atkorlarning chiqishlari tadbir qatnashchilariga o‘zgacha kayfiyat uyg‘otdi. Tadbir so‘nggida xorijlik talabalarning chiqishlari zalni yanada jonlantirdi.
Bayram dasturi mazmunli va ijobiy taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni

SQBda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy maqom san’ati markazi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Davra suhbatida davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘zbek adabiy tilini asrash va uni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan faol, yaxlit til siyosati bosqichma-bosqich takomillashib borayotgani ta’kidlandi.

Bankda barcha hujjatlar davlat tilida yuritilayotgani, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha Boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etilgani, xodimlar davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitilib, sertifikatlangani ta’kidlandi. Shuningdek, muntazam o‘tkazib kelinayotgan kitobxonlik tanlovlari orqali xodimlarda ona tiliga mehr va hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlanayotgani alohida qayd etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Milliy maqom san’ati markazi vakillari o‘z chiqishlari orqali ona tilimizning boy imkoniyatlarini tarannum etdilar.
2025/10/23 14:18:08
Back to Top
HTML Embed Code: