Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
MAʼRIFAT ULASHIB

Maʼrifat – insonni yorug‘ yullarga olib chiqadi. Maʼrifatli odam hayot yullarida qoqilmaydi, adashmaydi. Qalbida milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usi jush o‘radi. Urgut tumanining 50-maktabida "Maʼrifatli yoshlar – millat faxri" shiori ostida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Dilorom Ismoilova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Sheʼrlar tinglashdi. Shuningdek, o‘zlari yozgan mashqlardan, yod olgan sheʼrlaridan namunalar aytdi.
Faol o‘quvchilarga shoira o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
#Marifat_ulashib #Adabiy_kecha

MAʼRIFAT ULASHIB

👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

🌳 Tadbir boshidan mehmonlarimiz maktabga kelgan mahalla faollari va universitet mas’ullari hamrohligida “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog‘iga ezgu niyatlar bilan ko'chatlar ekishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar she’riyat va adabiyot olamiga sayohat qilishdi, bilim ulashdilar va ko‘ngilochar suhbatlardan zavq olishdi.

✈️ Telegram
⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi iste’dodli talabalarga qanot bag‘ishlamoqda

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab oliy va umumta’lim dargohlari yoshlarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida 20-oktyabr kuni Qarshi davlat universitetiga taniqli ijodkorlar — Sayyora Samandarova va Muhammadali G‘afforov tashrif buyurdi.

Ijodkorlar dastlab Koson tumanidagi 73-100-maktablarda bo‘lib, “21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdi, o‘quvchilarni o‘z ijod namunalari bilan bahramand qildilar. Shuningdek, muloqotlar davomida mehmonlar tomonidan bugungi ijodiy muhit, kitob mutolaasi xususida qiziqarli ma’lumotlar ulashildi.

Universitet faollar zalida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi. Qizg‘in va samimiy suhbat go‘zal mushoiralarga ulandi. Ta’kidlash lozim, o‘tkazilgan ijodiy kecha yoshlarga o‘zgacha ruh, kayfiyat, ilhom bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
2025/10/23 18:07:40
Back to Top
HTML Embed Code: