Telegram Web Link
INNOVATSION KUTUBXONA OCHILDI

Bugun AloqaBankda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bankka xodimlarni ishga qabul qilishda o‘zbek tilini yaxshi bilishi kerakligi, bankning muhr, tamg‘a, ish qog‘ozlarining matnlari to‘liq davlat tilida yuritilayotgani, lavhalar, eʼlonlar, maʼlumotlar peshtaxtasi va boshqa ko‘rgazmali hamda axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilayotgani hamda zarur hollarda boshqa tillarga tarjima qilinayotgani aytildi.
“O‘zbek tilini nima uchun yaxshi ko‘rasiz?” degan savolga bank bosh menejeri Yuriy Yekshibarovning o‘zbek tilidagi intervyusi namoyish qilindi.
Tahrir va tarjima ishlarida yordamchi, bank moliyalashtirayotgan “Tilmoch” startapi taqdim qilindi. Bugun ushbu platforamadan minglab ziyolilar, davlat tili mutaxassislari foydalanayotgani aytildi.
Bayram munosabati bilan bank bosh ofisida innovatsion kutubxona ham ochildi. U yerda 1500 nomdagi 4500 dona kitob yig‘ilibdi. Ularning 50 foiz o‘zbek, 35 foiz rus va 15 foiz ingliz tilida ekan. Bank, moliya, boshqaruv, badiiy adabiyot, marketing va startap sohalaridagi eng so‘nggi kitoblar London, Dubay, Bangkok va Moskvadan ham olib kelinibdi. Endi bank xodimlari, kitobxonlar audio va elektron kitoblarni shinam va qulay joyda o‘qiy oladi.
Tadbir so‘nggida mehmonlarga AloqaBank binosida joylashgan kutubxonaga aʼzolik kartasi sovg‘a qilindi. Endi ular ish kunlari 9:00dan 21:00gacha AloqaBank kutubxonasiga borib kitob o‘qishi mumkin.

Fozil Farhod
24-oktyabr kuni tug'ilgan ijodkorlar:

Halima Qoraboyeva (1946-2025) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira;

Bahodir Iso (1956-2025) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, shoir, uyushma a‘zosi;

Xurshida Vahobjon qizi (1967) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira;

Iftixor Xonxo‘jayev (1991) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir.

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Sharqshunoslik universitetidagi "Maʼrifat ulashib" tadbirida.
Iftixor

SPORT SAROYIDAN JAHON CHEMPIONATIGA

📌 Prezidentimizning tashabbusi bilan bunyod etilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziga Respublika Ma’rifat targ‘ibot jamiyati a’zolari, taniqli shoirlar, olimlar, san’atkorlar va talabalar borib, ushbu zamonaviy sport majmuasi bilan yaqindan tanishdi.
📌 Markazda Milliy terma jamoamiz a’zolari yirik xalqaro bellashuvlar oldidan to‘planib mashg‘ulotlar o‘tkazishi, dam olib, sog‘lig'ini tiklashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, sog‘lomlashtirish markazi, yozgi va qishgi stadionlar jahon andozalari asosida bunyod etilgan. Tip-tiniq zilol suvlar bilan to‘lib-toshib turgan cho‘milish havzalari, futbolchining oyoqlarini toblaydigan issiq va sovuq suvli shifobaxsh basseynlar, saunalar, oshxonalar, yam-yashil maysalari ko‘zni yashnatib turgan katta-kichik maydonlar xizmat qilishga muntazir. Yosh futbolchilarni tarbiyalab yetishtiruvchi futbol akademiyasining yangi binosi ham shu hududda joylashgan.
📌 Taxminan futbol o‘yinida davozabon sergak turadigan jarima maydonchasi hajmiga teng keladigan, chekkalari yarim metrli to‘siqlar bilan o‘ralgan yumaloq maydoncha shaklidagi maxsus qurilma Angliyadan keltirilgan ekan. To‘siqlar devorlariga o‘rnatilgan chiroqlar rang-barang yonib, futbolchining to‘p bilan ishlash tezligi va aniqligini mashq qildirar ekan. Xullas, mahoratni yanda oshirish uchun qilinadigan mashqlar uchun turli zamonaviy uskunalar, moslamalar mavjud.
📌 Ayniqsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasining shonli g‘alabalari va xalqaro yutuqlari haqida hikoya qiluvchi mu’jazgina muzey barchamizni hayajonga soldi. 2023-yil o‘smir yoshlarimiz Osiyo chempionati finalida, ya’ni “Qor jangi”da qo‘lga kiritgan chempionlik kubogi, 2025-yilning yozida yoshlarimiz ikki nafar futbolchi kam bo‘lib o‘ynab, tengsiz g‘alabani qo‘lga kiritib olgan Osiyo chempionligi kubogi va kechagina terma jamoamiz qit’alar bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda qozongan g‘alabasi timsoli bo‘lgan Osiyo kubogi futbolchilarimiz hayotidagi shonli voqealar va hayajonlarni esga solib turibdi. 📌 Milliy terma jamoamiz g‘alabalari bardavom bo‘lsin!

Rustam MUSURMON,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
O‘ZBEKISTON FUTBOL JAMOASI

Xudo bor xalqimning diyonatida,
Polvonlar maydonda kurashar halol.
Ko‘krak kerib Jahon chempionatida,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Mardlik tarbiyada, botirlik qonda,
Yulduzli onlarga juda ko‘p misol.
Bir Vatan, bitta xalq bo‘lib maydonda,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Uchar burgutlar bor qutlug‘ makonda,
Tog‘lar haybatiga osmon qolar lol.
Ellarni hayratga solib jahonda,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Darvozabon – qulf, himoya – qalqon,
Alpomishlar zoti topmaydi zavol.
Na’ra tortib, hamla qilar sher, qoplon,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Raqib jamoalar qoladi shoshib,
Hujumchilar urar darvozaga gol.
Ketma-ket yutug‘i finalga oshib,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Muxlislik qilar xalq bir jonu bir tan,
Gʻalaba naqd bo‘lar, qolmaydi savol.
Gʻolib o‘g‘lonlarin sharaflar Vatan,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Vatan, seni alqab turganda dunyo,
Gʻarazgo‘ylar ham bor farosati nol.
So‘qir ko‘ngillarga ko‘rinmas ziyo,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Davlat bayrog‘imiz chiqar falakka,
Madhiya yangrar, yurt yig‘lar – ajib hol.
Oltin medal loyiq oltin yurakka,
O‘zbekiston mag‘rur o‘ynaydi futbol!

Rustam MUSURMON,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yaponiyalik o‘qituvchi o‘zbekcha intervyu berdi va Yulduz Usmonovaning “Hasrat” qo‘shig‘ini ijro etdi. U bilan “Sevimli” telekanali muxbiri Moʻtabar Nurmuhammedova so‘zlashdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘RTANISHLAR PO‘RTANASI

Zuhriddin Isomiddinov,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adabiyotshunos


Alisher Navoiy tavalludining besh yuz yilligini nishonlash arafasida hukumat qaroriga muvofiq, shoir asarlarini mufassalroq o‘rganish va nashr etish uchun 1939-yili Fanlar akademiyasi qoshida “Navoiy qo‘mitasi” tuziladi. Qo‘mitaga turli viloyatlardan mumtoz adabiyot bilimdonlari jalb etilib, Toshkentga chaqiriladi. Ajabki, ularning aksariyati andijonlik edi: Mahjuriy, Habibiy, Anisiy, Sayfiy va boshqalar... Bu bejiz emas. Andijon elida azaldan adabiy muhit, aruz maktabi rivoj topgan. Navoiy, Bobur ruhiga yaqinlik bir boshqacha. “Navoiy lahjasida so‘zlagan Andijonsan”, deganda Abdulla Oripov ham xuddi shu omillarni ko‘zda tutgan, albatta.

Davomi...
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi Sharqshunoslik universitetida

2025-yil 24-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda davom etayotgan “Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida ijod ahli bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda so‘z va adabiyotga muhabbatni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda taniqli ijodkorlar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Yahyoxon Fayoz ishtirok etdi.
Tadbir davomida mehmonlar yoshlar bilan o‘z ijodiy tajribalarini o‘rtoqlashdi, adabiyot va ma‘rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida samimiy suhbatlashdi. Shuningdek, yosh ijodkorlar ustozlar ijodidan namunalar o‘qib, tavsiyalar oldi.
Uchrashuv davomida universitet hovlisiga «Yashil makon» dasturi doirasida daraxt ko‘chatlari ham ekildi.
Mazkur uchrashuv nafaqat talabalarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshiradi, balki ularning ma‘naviy yetuk shaxs bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida ijod ahli bilan uchrashuvdan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2025/10/25 01:19:12
Back to Top
HTML Embed Code: