Янги Ўзбекистон №-219.pdf
3.4 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2025-yil 25-oktyabr kungi 219 (1545)-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Salim Ashurning "O’zbek tilining obro’-e’tibori xalqimizning qudratli qanoti" nomli maqolasini o'qishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

QISHLOQDA MA’RIFAT KOSHONASI OCHILDI
Kitob ma’naviyat sarchashmasi, taraqqiyot mash’alasidir. Unga ehtiyoj hamma vaqt mavjud, kelgusi avlod u orqali tarixi, ma’naviyati va o‘zligini anglab turadi. Bugun kitob mutolaasi har doimgidanda zarurroq va foydali ekanligini nafaqat ijod ahli, ziyolilar, endilikda ota-onalar, yoshlarimiz ham bot-bot e’tirof etishayapti. Shu bois ham ziyo maskanlari nafaqat shahar markazlari qishloqlarimizda ham ko‘payib borayotir. Himmati biland, yurt va xalqi kelajagi, farzandlar kamolotini o‘ylaydigan kishilar joylarda ma’rifat maskanlari bunyod etishib, ibrat ko‘rsatishayapti. Natijada mamlakatimizda so‘nggi yillarda kitobga va kitobxonlik madaniyatiga bo‘lgan munosabat yangi bosqichga ko‘tarila boshladi. Bugun “Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Kitobxon mahalla” singari tanlovlar respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar Prezident sovg‘asi sifatida avtomashina bilan taqdirlanmoqda.
Shu yilning 26-oktyabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani, Dehqonobod mahallasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli adib va jurnalist Abdusaid Ko‘chimov kutubxonasi foydalanishga topshirildi.
Abdusaid Ko‘chimov tashabbusi va Urgut tumani hokimligi hamda tadbirkorlar ko‘magida tashkil etilgan mazkur kutubxona ham ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Ma’naviyat maskanining ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtaev so‘zga chiqib, mazkur kutubxona yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga xizmat qilishini ta’kidladi va Abdusaid Ko‘chimovga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirda respublikadan kelgan taniqli yozuvchi va shoirlar, gazetalarning bosh muharrirlari ham ishtirok etishib, adib hayoti va ijodi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahallada tashkil etgan kutubxona haqida iliq fikrlar bildirdilar.
– Abdusaid Ko‘chimov nafaqat qalami o‘tkir jurnalist va adib, balki qalbida yurti, xalqi, ayniqsa, yoshlar taqdiri uchun qayg‘uradigan chin ma’naviyat fidoyisi, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov. – Mana, bugun ijodkorning o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida uning tashabbusi bilan tashkil etilgan kutubxona fikrimizning tasdig‘idir. Bu maskanda ma’rifatning ruhi, ustoz so‘zining nafasi va ibrati bor. Yoshlar bu erga faqat kitob o‘qish uchun emas, balki o‘z ustida ishlash, hayotda to‘g‘ri yo‘l topish uchun ham kelishadi. Ishonamanki, bu kutubxona Dehqonobod mahallasida yangi ma’naviy muhit, yangi ilhom va yangicha fikrlashni shakllantiradi.
Kutubxonaning ochilishi marosimida qatnashgan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Senator Rustam Xolmurodov, “Xalq so‘zi” gazetasining bosh muharriri O‘tkir Rahmat, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov, Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo`ldoshev va boshqalar so‘zga chiqishib kutubxonaning qishloq ahli, o‘quvchi-yoshlar uchun nihoyatda ahmiyatli ekanligini bayon etishdi.
Urgut tumanidagi Dehqonobod mahallasining o‘ziga xos tabiati, odamlari, ayniqsa, bu erdan etishib chiqqan olimlar, taniqli jurnalistlar, shoir va yozuvchilarning yurtimizda el hurmatiga sazovor bo‘lishida ta’lim-tarbiya va kitobning o‘rni katta bo‘lganini ta’kidlashib, bu an’ana bardavom bo‘lishini tiladilar. Kutubxonaning kirish qismida urgutlik 30 dan ziyod Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bo‘lgan ijodkorlarning suratlari qo‘yilganligi ham buni tasdiqlaydi.
Kutubxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, hozircha 15 ming kitob fondiga ega. Kitobxonlar va o‘quvchi yoshlar bu erda internet xizmati va elektron kitoblar zahirasidan ham bemalol foydalanishlari mumkin. Ziyo maskani respublika markaziy kutubxonasi tizimiga ulangan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladigan maskanga aylanadi.
Toshpo‘lat Tugalov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limi rahbari

Kun hikmati
OLAM VA ODAM
Shundayki, nafsiga bo‘ysungan kishining manzili nafsoniyatdir. Hech kim o‘z ko‘ngliga g‘am tilamaydi va o‘z nafsini qiynashni istamaydi. Ammo o‘zga bir aziz zotni behad xor bo‘lganini ko‘rsa, o‘ziga ozgina qiyinchilik bo‘lgancha ham taʼsirlanmaydi. Bir azizning shaʼniga qattiq yetganchalik holni o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Barcha uchun o‘zi o‘zgadan azizroq, o‘z so‘zi o‘zgalarnikidan maʼqulroq. Odam olamdagi yaxshiliklarni o‘ziga ravo ko‘radi, ammo buni o‘zgalarga ravo ko‘rmaydi.
Alisher Navoiy