Telegram Web Link
Mangu lahza

Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Azim Suyun.

(Ҳамма ижодкорларни кўриш учун сурат устига босинг.)
Jarayon

KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Ana shunday uchrashuvlar Toshkent viloyatining bir qancha muassasalarida ham o‘tkazildi.
Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida, taniqli adiblar Minhojiddin Mirzo, Oygul Suyundiqova hamda Nargiza Asadovalar ishtirokida tashkil etilgan kechada talaba-yoshlar bilan erkin muloqot qilindi, bir qancha iqtidor egalari kashf etildi, kitoblar ulashildi.
Loyiha doirasidagi navbatdagi manzillar Qibray tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabi hamda “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, tadbirlar, ularning ishtirokchilarida yorqin taassurotlar qoldirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Urgutda uyushma aʼzosining kutubxonasi ochildi

📌 Urgut tumanining Dehqonobod mahallasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli adib va jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdusaid Ko‘chimov kutubxonasi foydalanishga topshirildi.
📌 Yurtimizda keyingi yillarda kitobga va kitobxonlik madaniyatiga bo‘lgan munosabat yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining xalqimizda kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib, “Kerak bo‘lsa, mashina berib bo‘lsa ham xalqimizni kitob o‘qishga o‘rgatamiz”, degan fikrlari amalda tasdiqlanyapti.
📌 Bugun “Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Kitobxon mahalla” singari tanlovlar respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar Prezident sovg‘asi sifatida avtomashina bilan taqdirlanmoqda.
📌 Abdusaid Ko‘chimov tashabbusi va Urgut tumani hokimligi ko‘magida tashkil etilgan mazkur kutubxona ham ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
📌 Maʼnaviyat maskanining ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev so‘zga chiqib, mazkur kutubxona yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga xizmat qilishini taʼkidlab, Abdusaid Ko‘chimovga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
📌 – Abdusaid Ko‘chimov nafaqat qalami o‘tkir jurnalist va adib, balki qalbida yurti, xalqi, ayniqsa, yoshlar taqdiri uchun qayg‘uradigan chin maʼnaviyat fidoyisi, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo. – Mana, bugun ijodkorning o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida uning tashabbusi bilan tashkil kutubxona fikrimizning tasdig‘idir. Bu maskanda maʼrifatning ruhi, ustoz so‘zining nafasi va ibrati bor.
📌 Yoshlar bu yerga faqat kitob o‘qish uchun emas, balki o‘z ustida ishlash, hayotda to‘g‘ri yo‘l topish uchun ham keladi. Ishonamanki, bu kutubxona Dehqonobod mahallasida yangi maʼnaviy muhit, yangi ilhom va yangicha fikrlashni shakllantiradi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayondan suratlar

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"MAʼRIFAT ULASHIB..." tadbirlari Qashqadaryoda davom etdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
"MAʼRIFAT ULASHIB..." tadbirlari Qashqadaryoda davom etdi

📌 Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetida "Maʼrifat ulashib..." loyihasi doirasida el ardog‘idagi ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, shoirlar Muhtarama Ulug‘ova, Munavvara Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli hajvchi adib Habib Siddiq, universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.
📌 Taniqli adiblar vatanparvarlik, kitobxonlik targ‘iboti, mutolaa madaniyati, inson ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni xususida so‘zladilar, asarlaridan namunalar o‘qidilar, savollarga javob berildi, universitet kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildilar.
📌 Talabalar turar joyidagi sharoitlar hamda shu yerda tashkil etilgan kashtachilik, zargarlik, gilamdo‘zlik to‘garaklari bilan tanishuv, gulxan atrofidagi gurunglar, suhbat va savol-javoblar she’rxonlik va diltortar qo‘shiqlarga, yoshlik zavqi jo‘sh urib turgan raqslarga ulandi.
Adabiyot va san’atga oshno talaba yoshlarning faolligida o‘tgan tadbir chinakam ma’naviyat bayramiga aylanib ketdi.
📌 Ana shunday sermazmun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Qarshi xalqaro universiteti, Xalqaro innovatsiya universiteti talaba yoshlari, Qarshi shahridagi 3-, 10-, 11-, 13-, Mirishkor tumanidagi 36-umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan ham bo‘lib o‘tdi.
📌 Shuningdek, taniqli ijodkorlar ta’lim muassasalari hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazish jarayonlarida ishtirok etdilar.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayondan suratlar

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/10/28 13:18:12
Back to Top
HTML Embed Code: