Telegram Web Link
Taniqli shoir Axtamquli tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvdan fotolar.

Muallif–Ahmad To'ra.
Adabiy hamkorlik yo‘lida

“Vatandosh” jamiyati raisi Odiljon Sattorov tashabbusi bilan Tojikiston davlatining Dushanbe shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Avvaliga ikki qardosh Respublika yoshlari o‘rtasida “Zakovat” bellashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Tojikistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchilari, diplomat xodimlar, ikki davlatning Ommaviy axborot vositalari xodimlari, Tojikiston o‘zbek jamiyati faollari hamda ijodkorlar ishtirok etdi. Unda Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Ibrohim Usmonov, taniqli adib Shoyim Bo‘tayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari shoir G‘ayrat Majid, shoir Mansur Jumayev, O‘zbekiston va Tojikiston xalq hofizi Munojot Yo‘lchiyeva, Tojikiston xalq artisti Mastona Ergasheva, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artistlari - Mardon Mavlonov, Og‘abek Sobirov, Furqat Saidov, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi delegatsiyasi, uyushma raisi yordamchisi shoir Akbar Abdullo, “Pamir” jurnali muharriri Said Sanginov, uyushmaning nasr bo‘limi mudiri Ravshan Mahsumzod qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kechani shoir G‘ayrat Majid ochib berdi. Taqdimotda Munojat Yo‘lchiyeva va kitob muallifi Mamlakat Ulasheva kitobning yaratilish tarixi haqida so‘zladi. O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov va mehmonlarga yangi kitobdan sovg‘a qildi. Munojat Yo‘lchiyeva kitob muallifining zahmatli mehnatini qahramonlik, deb atadi.
Tadbir davomida “Zakovat” bellashuvi g‘oliblariga “Vatandosh” jamoat fondining sovg‘alari topshirildi. Shuningdek , 90-yillik yubileyi nishonlanayotgan "Ikki chaman bulbuli" deb nom olgan g‘azalnavis shoir va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamolning “Vatandosh” jamiyati tomonidan nashr etilgan yangi kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. “Vatandosh” Xalqaro jamiyati raisi Odiljon Sattorov Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi vakillariga ushbu kitobdan sovg‘a qildi. Kuni kecha O‘zbekistonda Samarqand viloyati Urgut tumanida ustoz shoirning xotira kechasi nishonlandi.
Ertaga Xatlon viloyati Boxtar shahrida ham ustoz O‘lmas Jamolning 90 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tadi. Azaldan do‘stu birodar, qondosh va jondosh bo‘lgan o‘zbek va tojik xalqining abadiy do‘stligi abadiy bo‘lsin. Tojikiston zaminiga xush kelibsiz azizlar, qadamlaringizga hasanot, nuri diyda - toҷi sar!

Hasanboy G‘oyib,
O‘zbekiston va Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
O‘zbekiston – mening Vatanim!

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ozarbayjon va Turkiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Xuraman xonim Murodova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida shoira Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi bilan tanishdi.
Davra suhbatida uyushma vakillari - Risolat Haydarova, Muhiddin Abdusamatov, Nargiza Asadova, Nozima Yusupova, tarjimonlar, adabiyotshunoslar ishtirok etdi.
Suhbatda Xuraman xonim Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi "O‘zbekiston – mening Vatanim" nomli sheʼriy kitobini o‘zbek va turk tillarida chop qilganini aytib o‘tdi. Uning taqdimoti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilishini maʼlum qildi. O‘zbekistonni yurakdan sevishini, samimiy tuyg‘ularini sheʼr o‘qib izhor qildi. Yurtimiz haqida to‘lqinlanib gapirdi.
Unda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adabiy aloqalarning tobora rivojlanib borayotgani, Yozuvchilar uyushmasida ikki davlat ijodkorlarining adabiyot olamidagi izlanishlariga qaratilgan ko‘plab ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar o‘tkazilayotgani taʼkidlandi. Shoiraning sheʼrlaridan o‘qildi. Fikr-mulohazalar bildirildi.
Xuraman xonim yig‘ilganlarga o‘zining yangi kitobini tuhfa qildi.

Zulayho Ahmadjonova
TO‘RA SULAYMON TAVALLUDINING 90 YILLIGIGA

Guliston davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi munosabyuati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon maʼnaviy merosining taʼsiri” mavzusidagi anjumanni oliygoh rektori Muhsin Xojiyev kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Fazilat Qodirova, Turkiya Respublikasi “ Balikesir” universiteti rektori Yucel Ogurlu, professor Narzulla Jo‘rayev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizbek Turdiyev so‘zga chiqib, shoirning hayoti va sheʼriyati borasida gapirdi. To‘ra Sulaymon ijodini o‘rganish, yangi avlod tarbiyasida uning asarlarini ahamiyati, milliylikni anglash borasida tutgan o‘rni haqida atroflicha mulohazalar yuritildi.
Tadbirda shoirning shogirdlari, ijodkorlar, farzandlari ishtirok etdi. Anjumanda yig‘ilganlarga mazkur konferensiya materiallari jamlangan kitob tarqatildi.

Noriniso Qosimova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi
2024/06/16 19:01:24
Back to Top
HTML Embed Code: