Jarayon
G‘ijduvon tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan tayanch harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi Jasorat maktabida taniqli ijodkor Zikrilla Ne’matning “Yovqur o‘g‘lonlar yodi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Unda Dilshod Rajab, Samad Muhammad Damin, Mirzo Ahad singari uyushma a’zolari va shoirning muxlislari ishtirok etib, kitob haqidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi Salim Ashur va "Zomin ilhomlari" tanlovi g‘olibasi, yosh shoira Latofat Amirova "Assalom, O‘zbekiston" dasturi mehmoni bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
ADABIYOT BOʻYICHA NOBEL MUKOFOTI EʼLON QILINDI
2025-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori mojor yozuvchisi Laslo Krasnaxorkai deya e’tirof etildi.
Nobel qo‘mitasi matbuot bayonotida ta’kidlanishicha, mukofot unga “ishonchli va bashorat eta bilgan ijodi, qiyomat dahshatlari orasida san’atning kuch-qudratini yana bir bor tasdiqlagan asarlari uchun” berilgan.
Krasnaxorkai aksilutopik asarlari bilan tanilgan. Dunyo kitobxonlari orasida uning “Iblis tangosi”, “Qarshilik melanxoliyasi”, “Shimoldan – tog‘, janubdan – ko‘l, sharqdan – yo‘l, g‘arbdan – daryo”, “So‘nggi bo‘ri” kabi romanlari mashhur.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, “Zomin ilhomlari” tanlovi g‘olibasi Nilufar Ruhillayeva “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvining “Top 5 kitob” ruknida mehmon bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Taʼziya
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi Do‘rmon ijod uyining sobiq direktori Abdusattor Mo‘minovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza namozi bugun soat 12:30da Qibray tumanidagi Dorilomon masjidada o‘qiladi.
Marhum yashagan xonadon – Sohibkor mahallasi Hamza ko‘chasi 50-uy joylashuvi ilova qilinyapti.

IJODKOR BILAN UCHRASHUV
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultetida uyushma a’zosi, yozuvchi, telejurnalist va jadidshunos Xoliyor Safarov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda uyushmaning viloyat bo‘limi vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘z olganlar yozuvchi hikoyalarining badiiy xususiyatlari xususida iliq fikrlar bildirishdi.
Muloqot davomida mehmon so‘z mas’uliyati, ustozlari, asarlaridagi yetakchi g‘oya, topganlari va yo‘qotganlari haqidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi, ijodiga aloqador savollarga javoblar berdi.
Yakunda adib kechada faol ishtirok etgan talabalarga o‘z kitoblari nusxalarini ulashdi.