11-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkorlar:
Shirin Xalmuratova — uyushma aʼzosi, shoira;
Аkmal Saidov — uyushma aʼzosi, adabiyotshunos;
G‘iyosiddin O‘nar — jurnalist, publisist.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi kitob
SHUUR
Bo‘ron ham go‘zal,
To‘fon ham...
Ollohning ne ishi go‘zal emas.
Ushbu so‘zlar muallifi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Farida Afro‘zning yangicha format va ayricha dizaynda "Ijod Nashr" nashriyotida tayyorlangan, Istanbuldagi "Mega Basim" bosmaxonasida 10 000 nusxada bosilgan “Shuur” kitobi o‘z o‘quvchilarini kutyapti. U o‘ziga xos lirik kompozitsiya, tugal mazmunga ega uch misrali kichik she’rlardan iborat. Shoira kechinmalari, xayollari, fikrlarini 143 tasbehga joylab o‘quvchiga yangi shaklda taqdim etdi.
Muhabbat eski tuyg‘u, ammo har bir qalb uni yangilaydi deydilar!
Yangilik sevuvchilar! Dunyo o‘zgardi, didlar ham, kitoblar ham. Biz yaratgan ushbu kitob sizning yangiliksevar yuragingizga mos tushishidan umidvormiz. O‘qing, yangilaning!
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Jarayon
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI DIYDORLASHUVI
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga katta ahamiyat qaratib kelinayotgani, ayniqsa, turli yillarda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga adabiyot yo‘nalishida munosib ko‘rilgan xotin-qizlarning ijodiy ishlaridan tarkib topgan, “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan “Mushoira etadi davom” bayozining O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etilgani ana shundan ezgu yumushlarning biri bo‘lganini alohida e’tirof etishdi.
Kechada mazkur kitob yig‘ilganlarga tanishirildi. Bayozda ijodiy ishlari yoritilgan ijodkor qizlar ham tadbirda ishtirok etib, dil so‘zlarini izhor etishdi.
Yakunda yig‘ilganlarga to‘plam nusxalari ulashildi.

12-oktyabr kuni tug‘ilgan adiblar:
Bahriddin Nasriddinov – uyushma aʼzosi;
Shodiqul Hamro – uyushma aʼzosi, yozuvchi;
Abdug‘ofur Mamatov – uyushma aʼzosi;
Gulgun Usmanova – tarjimon, uyushma aʼzosi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3.10.2025 #Toshkent
"Ustozlarga ehtirom" to'plamining taqdimoti
Muxbir: Zokir Mo'minov
@Bugun_lavhalar✅

⚜TAKLIFNOMA⚜
📌 Sizni 2025-yil 14-oktyabr kuni soat 15:00da filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiy tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasiga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📌 Sizni 2025-yil 14-oktyabr kuni soat 15:00da filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiy tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasiga taklif etamiz.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi kitob
✅ “HAYOTNING DAVOMI…”
📌 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Salim Ashurning “Hayotning davomi…” kitobi suhbatlar, adabiyotshunoslikka oid maqolalar, adabiy kuzatishlardan iborat. Ularda milliy va jahon adabiyotining muhim masalalari, belgi va alomatlari, xususiyat hamda yo‘nalishlari hozirgi davrning dolzarb ijtimoiy muammo va masalalariga tatbiq etilgan holda qiyosiy tahlil qilinadi. Kitobxonda adabiyot hayotning, hayot adabiyotning davomi, degan taassurot uyg‘onadi.
📌 Ushbu suhbat va maqolalar ularning tagzaminidagi mulohaza va mushohadalarning chuqurligi, haqqoniyligi, “o‘zbekning o‘q ildizi nimada?” degan savolga javob izlangani bilan ham kitobxonni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.
Kitob “Adabiyot” nashriyoti tomohidan nashr etilgan.