Inson aziz
"Ketar bo‘lsam ne g‘am, sen bor, Ikki olam aro sheʼrim"
So‘z–mangu, xotira – muqaddas. Ezgu anʼanalarga munosib ravishda Mansur Jumayev ijod yo‘liga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Shahrisabz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Murodjon Azimovning tabrik so‘zini senator Komila Karomova o‘qib eshittirildi.
Shoiralar Shohsanam Nishonova, Mohira Eshpo‘latova, Hulkar Sherzodova ishtirokida o‘tgan go‘zal mushoira qizg‘in savol-javoblarga ulandi.
Tadbir so‘ngida viloyat hokimi tomonidan shoirning oilasiga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ijodiy suhbatlar G‘uzor tumanidagi 84-maktabda davom etdi. Unda o‘quvchilar “Mansur Jumayev stipendiyasi” uchun bellashishdi. “Qanot” loyihasi doirasida homiylar tomonidan tashkil etilgan stipendiya nizomida Mumtoz adabiyotdan to bugungacha ijod qilayotgan qashqadaryolik ijodkorlarning hayoti va ijodidan tuzilgan test sinovlaridan o‘tgan o‘quvchilar diplom, stipendiya va qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlandi.

"Jonajon ona tilim" tanlovining taqdirlash marosimidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra
Muallif – Ahmad To'ra