🇺🇿 O'zbekiston noshirlari Germaniyada! 🇩🇪
Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilayotgan "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasida o'zbek adabiyotining sara namunalari O'zbekiston ekspozitsiyasida namoyish qilinmoqda.
Ushbu nufuzli ko'rgazma dunyodagi eng yirik va eng muhim xalqaro tadbirlardan hisoblanib, 1949-yildan buyon mualliflar, nashriyotlar, matbaa korxonalari, kitob savdosi tashkilotlari, adabiy agentliklar va kitob ixlosmandlarini bir manzilda ya'ni Frankfurt shahrida jamlaydi.
✅ Joriy yilgi ko'rgazmada:
92 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchi kompaniyalarning ko'rgazma stendlari namoyish qilinadi;
140 dan ortiq davlatning ekspertlari;
1000 nafardan ziyod asar mualliflari qatnashadi;
230 000 dan ortiq kitob ixlosmandlari tashrif buyuradi.
Mazkur xalqaro tadbirning "Faxriy mehmoni" Filippin davlati 🇵🇭 bo'lib, u o'zining madaniyati, adabiyoti, san'ati hamda kitob sanoatining so'nggi yutuqlari haqida ko'rgazma ishtirokchilariga namoyish qiladi.
🔶 Qayd etish lozimki, O'zbekiston ekspozitsiyasida "O'zbekiston", "Yangi asr avlodi", "Credoprint", "Asian book house", "Global books", "Yoshlar matbuoti", "Dunyo nashr", “Dinara&Co”, "Kitob sayyorasi", "Yosh kuch" nashriyoti hamda "O'zdavkitobsavdo" tashkiloti vakillari, mualliflar (Madina Mo'minova) o'zbek adabiyoti namunalarini namoyish qilish bilan bir qatorda, chet ellik nashriyotlar va kitob mualliflari bilan adabiy hamkorlik 🤝 aloqalarini ham o'rnatmoqdalar.
Joriy yilgi tadbirda mamlakatimiz kitob sanoatini namoyish qilish 🌟"O'zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi"🌟 hamkorligida tashkil etilgan.
❗️Eslatib o'tamiz, "Frankfurter Buchmesse" xalqaro kitob ko'rgazma-yarmarkasi 2025-yilning 19-oktabr kuniga qadar davom etadi.

Jarayon
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan shunday madaniy tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar Minhojiddin Mirzo, Oygul Suyundiqova hamda Nargiza Asadovalar ishtirok etishdi.
Poytaxtning Sirg‘ali tumanidagi maktablardan boshlangan adabiy uchrashuvlar universitetning o‘zida davom etdi.
Loyiha doirasida qiziqarli suhbatlar, “Zakovat” intelektual o‘yinlari ham tashkil etilib, zukko o‘quvchi va talabalarga universitetning pul mukofotlari hamda Yozuvchilar uyushmasining badiiy kitoblari sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

“YOSH KITOBXON TALABALAR LIGASI” TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
2025-yil 16-oktabr kuni Toshkent Davlat transport universitetida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov nizomida belgilangan ikki yo‘nalish – “Men yoqtirgan asar” (asar haqida chiqish) va “Eng bilimdon kitobxon” (savol-javob shaklida bellashuv) asosida o‘tkazildi.
Talabalar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon”, Chingiz Aytmatovning “Jamila”, shuningdek, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” kabi yirik asarlari asosida o‘z bilim va tahliliy fikrlarini namoyish etdi.
Tadbirda hakamlar hay’ati tarkibida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Guli Nigor Avazova hamda Hulkar Sherzodova ishtirok etdi.
Yakunda faol ishtirok etgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan badiiy adabiyotlar jamlanmalari taqdim etildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM