Telegram Web Link
#ona_tilim

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
 

Bojxona qo‘mitasida о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda "21-oktabr – O‘zbek tili bayrami  kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyatining faol aʼzosi Feruza Muhiddinova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi “Tong yulduzi” gazetasi bo‘lim muharriri, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoir Axtamquli ishtirok etishdi.

Tadbirni ochar ekan Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabar ekanligini taʼkidladi.

Taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, ona tilining jozibasi, uning yosh avlod tarbiyasidagi bebaho o‘rni, keng va muhim ahamiyati, milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudratimiz ekanligi, xalqning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yanada yuksalishida muhim o‘ringa ega ekanligi borasida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Darhaqiqat, har bir mamlakatning o‘z taraqqiyot yo‘li, xalqaro maydondagi o‘rni, rivojlanish tamoyillari o‘z milliy madaniyatiga jonkuyarligi, o‘z tiliga ko‘rsatgan yuksak ehtiromi orqali namoyon bo‘ladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va taʼsirini oshirish borasida yangi bir davr boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xususan, 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.

Tadbir davomida “Yangi O‘zbekistonning – yangi bojxonasi” shiori ostida Bojxona qo‘mitasi Raisi sovrini uchun kuni kecha o‘tkazilgan insholar tanlovining “23-35 yosh toifasi” bo‘yicha g‘olibiklikni qo‘lga kiritgan bojxona xodimi Gulhayo Bozorova ham so‘zga chiqib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#оnа_tilim_faxrim

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yildi.

"Madaniyat va ma'rifat" telekanali "Bugun" informatsion dasturi muxbiri Yusufjon Yunus "Adiblar xiyoboni"dan jonli efirga chiqdi.

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
21-oktyabr kuni tug‘ilgan ijodkorlar:

Bahor Xolbekova (1954) – uyushma aʼzosi, adiba;

Mamatqul Jo‘rayev (1956-2021) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, folklorshunos olim;

Muhabbat Hamroyeva (1968) – uyushma aʼzosi, taniqli jurnalist.

📱Rasmiy sahifalarimiz:
Website | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2025/10/24 10:45:45
Back to Top
HTML Embed Code: