Telegram Web Link
#Oʻzbek_tili_bayrami

O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 36 YILLIGI ANDIJONDA HAM KENG NISHONLANDI

Bugun, 21-oktabr kuni Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan viloyat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir buyuk mutafakkir shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Bayram tadbirida keng jamoatchlik vakillari, ijodkorlar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.
Viloyat hokimining oʻrinbosari Komiljon Komilov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Bahodir Rahmonov, Halim Karim soʻzga chiqdi.
Tadbir davomida san’atkorlar tomonidan badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Harbiy studiya: PAROL EMAS, O‘RON...
yoxud harbiy atamalarning tarixiy ildizlari


⚡️⚡️ Fikrat.uz platformasi bilan yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.

✔️ Ilk soni O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan harbiy atamalar talqiniga bag‘ishlandi.

BIZNI KUZATIB BORING
Youtube | Facebook | Instagram| Telegram
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM

Manim oftoblarim, manim oylarim,
Toshbitigim – O‘rxun-Enasoylarim.
Faqat yuragimga ayon o‘ronim*,
Ona tilim – jonim O‘zbekistonim.
Bu jahon ichinda bir jahon tilim,
Otajon tilimdir, onajon tilim.
Olis-olislardan kelgan dardlarim,
Mahmud Qoshg‘ariydan meros xatlarim.
Olam aro mening shajaram, ko‘rkim,
Ildizim – “Devoni lug‘otit turk”im.

Ruhim eshigini kelgaydir ochib,
O‘n asr naridan Yusuf Xos Xojib.
So‘zlar ganji birlan to‘qdir iligim,
“Qutadg‘u bilig”dir qutlug‘ biligim.
Ne uchun toliblar bo‘lmasin zakiy,
O‘zi til o‘rgatsa Ahmad Yugnakiy.
Haqning tuhfasiga tomm loyiqdir ul,
Anglasang, “Hibat ul haqoyiq”dir ul.
Payg‘ambar hadisi – ne’matlarga boq,
Undan bahra olgan hikmatlarga boq.
Kim Ahmad Yassaviy so‘zini bilmish,
Haqni, Rasulini, o‘zini bilmish.

Bizlarga Tangrining atoyi – tilim,
Mavlono Lutfiyyu Atoyi tilim.
Bitgaydir ichimni to‘ldirgan hasrat,
Tavajjuh qilsalar Navoiy hazrat.
Bori tillar ichra rutbam tayindir,
Bu “Muhokamat ul lug‘otayin”dir.
Qo‘limdan qo‘ymayman “Boburnoma”ni,
Vatanga muhabbat – taqdir nomani.
Yuragimga yuqqan dard-ohi bilan,
Hayotim nurlidir Ogahiy bilan.
Oshiq dil maqsudu matlabi undan,
Tarjima san’atin maktabi undan.
Vatan, til mangudir, kishi bor – o‘tar,
Qay dilda shu so‘z bor – u Avaz O‘tar.
Vosita, robita, olamiyon – til.
Bani odamga jon, foida kon – til.

Daraxtdan uzilgan yashil barglarim,
Oh, juvonmardlarim – juvonmarglarim.
Hayotim to‘lagan o‘lponlarimdir –
Fitratu Qodiriy, Cho‘lponlarimdir.
Millatning, Vatanning joni til bilan,
Shuhrati, shavkati, shoni til bilan.
Hayot yo‘li bizga oina – ibrat,
Behbudiy, Sidqiyu Ishoqxon Ibrat.
Bildim, iymon uchun zo‘r qo‘rg‘on – tilim,
Yo‘lim ham, dilim ham charag‘on tilim.

Tilga xiyonatni kechirmaydi dil,
Elga xiyonatni kechirmaydi el.
Tilga sadoqat bu – elga sadoqat.
Elga sadoqat bu – tilga sadoqat.
Manim Mahshargacha ravon yo‘lim bu,
Olam ayvonida mangu tilim bu.
Yuragim tarannum etgan bayotman,
Turkiy tilim bordir, men barhayotman.

G‘ayrat Majid
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk janoblari Rauf Parfining “O‘zbek tili” sheʼri orqali bugungi bayram bilan O‘zbekiston aholisini qutladi.
#ona_tilim_faxrim

EGIZAKLAR

Mening boru yo‘g‘im — Ozodlik!
Ona tilim katta boyligim.
Zamindan to samoga qadar
Eng qimmatli, eng chiroyligim.
Egizakdir Ozodlik va Til,
Bir-birisiz tole kulmaydi.
Yashnamagay Til Ozodliksiz,
Ozodlik ham Tilsiz bo‘lmaydi.

Dilorom Ismoilova
#ona_tilim_faxrim

“Jon ichra jonsan, tilim”


Sirdaryo viloyatida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlandi. Bayram tantanalari Gulistonning Alisher Navoiy nomidagi “Bilimdonlar maskani”dan boshlandi. Tantanali tadbirda viloyat va shahar hokimligi, qator tashkilot va muassasalar, ta’lim tizimi vakillari, ijod ahli hamda keng jamoatchilik qatnashdi. Ulugʻ alloma, oʻzbek tili va adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, ona tilimizga boʻlgan hurmat va ardoq ramziy tarzda ifoda etildi.
Guliston davlat universitetidagi “Jon ichra jonsan, tilim” mavzusidagi tadbirni Sirdaryo viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov ochdi va viloyat hokimi v.b. Erkinjon Turdimovning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Universitet rektori, professor Muhsin Hodjiyev barcha ishtirokchilarni qizgʻin muborakbod etarkan, davlat tilining millat ma’naviyati va birdamligini mustahkamlashdagi oʻrni, til madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlodni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
– Davlat tili – xalqning ruhi, tarixiy xotirasi va kelajak poydevoridir. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uni hayotning barcha sohalarida toʻliq tatbiq etish har birimiz uchun sharafli burchdir, – dedi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, professor Ravshanbek Mahmudov.
Bayram tadbirida talabalar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi. Halima Xudoyberdieva ijod maktabi oʻquvchilari Toʻra Sulaymon va Halima Xudoyberdiyeva she’rlaridan yoddan oʻqishdi. Ular ijrosidagi she’rlar asosida yaratilgan qoʻshiqlar teatr xonandalari tomonidan jonli ijro etildi.
Bayram tadbiri koʻngillarga olam-olam gʻurur va faxr-u iftixor hissini soldi.
Jarayondan suratlar.
2025/10/24 07:57:50
Back to Top
HTML Embed Code: