Telegram Web Link
#Maʼrifat_ulashib

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutiga adiblar — Qoʻchqor Norqobil, Sardorbek Hamroyev va Alisher Boymurodov tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida adiblar institut talabalari bilan samimiy va qizg‘in muloqot o‘tkazishib, o‘z ijodiy faoliyati, asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar hamda badiiy so‘zning yoshlar maʼnaviyatini shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘z ijod namunalari — she’rlaridan o‘qib berdilar.

Uchrashuv jarayonida ijodkorlar talabalarning savollariga javob berishib, ularni kitob o‘qishga, mustaqil fikrlash va ijod qilishga undovchi hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda adabiyot va sanʼat orqali komil inson sifatida kamol topishiga xizmat qiluvchi “Maʼrifat ulashib” loyihasining navbatdagi samarali bosqichi bo‘ldi.

https://www.tg-me.com/BZokirovnomidagiMESI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz bu odamning hayotda suyanadigan tog‘idir.


“Ustoz” loyihasining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam.

___

Очередной гость проекта "Устоз" народный писатель Узбекистана Эркин Аъзам.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Официальный визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Бельгию завершился, глава нашего государства отбыл в город Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Belgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
25-oktyabr kuni tug'ilgan ijodkorlar:

Maqsud Shayxzoda (1908-1967) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon;

Pirimqul Qodirov (1928-2010) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi;

Jumaniyoz Jabborov (1930-2010) – O‘zbekiston xalq shoiri;

Momoxol Elmurodova (1949) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

Zulfiya Ollayorova (1964) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Lola Fattoyeva (1974) –  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Umid Ko‘chimov (1978) –  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Mohira Eshpo‘latova (1995) –  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira;

Suhrob Ziyo (1996) –  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir.
2025/10/26 02:49:27
Back to Top
HTML Embed Code: