Telegram Web Link
Zinalar ostidagi kutubxona
Shunchaki “Oʻqimoq”
Hayolparastlar uchun kitob javoni
Kutubxonali yotoq
Tadqiqotchi geograf olim, hamda National Geographic uyushmasi aʼzosi boʻlmish Ved Devisning kutubxonasi.
Zinali kutubxona
#mahalla_kutubxonasi

Yunusobod tuman axborot -   kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan  "Billur" mahallasida tashkil etilgan "Mahalla kutubxonasi" ga tashrif buyurib, mahalla xotin- qizlar faoli Aziza Sobirovaga metodik yordam  ko'rsatildi.

Bizni kuzatishda davom eting !
👇👇👇👇👇
📚www.tg-me.com/yunusobod_akm
📕https://www.tg-me.com/
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotlar.
📚Muvaffaqiyat  -  maqsad  bilan uygonib, natija bilan  uyquga ketishingizdir.  Maqsadingiz tomon harakat qiling.

©️Jaloliddin Rumiy


Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
📚Kitob do‘stlarning eng yaxshisidir,  kitoblar bilan ko‘proq gaplashing,  ilmni do‘st tuting va ma'rifatga oshno bo‘ling.

Doktor Oiz Qarniy

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
👨‍❤️‍👨 Ota oʻz farzandiga goʻzal odobdan koʻra yaxshiroq narsa bermaydi. Farzandingga odob bergin, chunki sen farzandga odob berish va uni taʼlim-tarbiyali qilishga masʼulsan. Bu masʼullik esa farzanding kun kelib senga yaxshilik qilishiga masʼuldir.

― Hadis

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
QALB TILGA KIRGANDA...

Koʻngil, qalb – bagʻrikenglik oftobi. Unda taft, harorat, dard, tugʻyon, oʻy – kechinma, ehtirosu armon, umidvorlik mujassam ...

Koʻngil shod boʻlsa, botinga sigʻmaydi. Koʻngil xafa boʻlsa, uni botindan topolmay halaksan kishi.

Koʻngilning yupanchi ilm, fazilat, jasorat, mehr – oqibat, doʻstlikdadir.

Ilm   – zulmatni  yorituvchi ziyo oftobi. U maʼnaviy barkamollikka qanot, jismoniy harakatga quvvat hisoblanib, oʻzida adolatga sadoqat, ezgulik gʻalabasiga ishonch tuygʻularini jam etadi.

Fazilat – mehr ummoni.
U – insonlarda odamiylikni uygʻotuvchi sehrli bong, dunyo ahlini hayratga soluvchi shariflik neʼmati.

Jasorat  – masʼullik shamchirogʻi.
U – egasiga faxr, izzatu – ikrom keltiruvchi, boshqalar havas birla intiladigan noyob xislat namunasi sanaladi.

Mehr oqibat oqibat – insoniylikning asosi, mazmunli yashashning siri, boqiylik alomati ...

Do‘stlik – qalblar oyinasi, dillar oromi, koʻngillar huzuri, yolgʻizlikka taʼsirchan malham, xotirjamlik omili erur.

Shunday ekan, dil -Doʻst ...  Doʻst – dillar quvonchi ...  Dilning borligi va borligʻi Doʻstning mavjudligidandir ...

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
Fransiya madaniyat markaziga Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligining Yevropa qitʼasi boshqarmasi boshligʻi Bris Rokfeyl hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Aureliya Bushez xonim tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Jamgʻarmaning mehmon va hamkorlari qurilish ishlarining bugungi holati bilan tanishib, Markazning rejalari va istiqbolli loyihalarini muhokama qildilar.

Binoda jamoat joylaridan tashqari Restavratsiya ilmiy-tadqiqot markazi ham joylashadi.

Restavratsiya markazi qayta taʼmirlash ishlarining markazlashgan tizimini yaratish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, restavratsiya va konservatsiyaning yuqori sifatli usullarini ishlab chiqishni koʻzlaydi.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚  Kitobsevarlar uchun navbatdagi kitob koʻrgazma-yarmarkasi!

       Joriy yilning 30–31-may hamda 1-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” madaniyat va istirohat bogʻida “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan  “Begʻubor bolalik” shiori ostida “Bolalar kitob festivali” kitob bayrami oʻtkaziladi.

       Koʻrgazma-yarmarka doirasida shou dasturlar, viktorinalar, kitob aksiyalari hamda turli qiziqarli tanlovlar oʻtkaziladi.

        Koʻrgazmaga keling, yangi adabiyotlar bilan tanishing, oʻzingiz sevgan adiblar asarlarini xarid qiling yoki viktorinalarda yutib oling!

📌   Tadbir tashkilotchilari:

🔵Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi;

🔵 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;

🔵 “Barkamol avlod” bolalar maktablari;

🔵Oʻzbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Mediabank | Sayt
📚Bilim qidirishga urdim boshimni,
Bekorga oʻtkazmadim umrimni bir dam.
Qaydaki eshitsam ilmu donishni,
Eshigi tagida ultirdim mahkam.

Nosir Xisrav

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
Unutma! Kibr inson oʻzidagi aybu qusurlarini tan olmasligidadir ...

Kibrning yon doʻsti -  toshbagʻirlik hisoblanadi

Oʻta mag‘rur, oʻzini har qanday ishga qodirman, deb hisoblagan inson ham kasallik, zilzila, toʻfon, sel, yongʻin kabi turli ofatlar yuz berganda Yaratgan oldida qanchalik ojiz ekanini soʻzsiz tan olishga majbur!

Dunyoda elektr toki  urishidan ham kuchliroq holat mavjud. Bu insonning baʼzida miyasiga kelgan yovuz fikrdan choʻchib, seskanishidir ...

Hasadning zahri qanchalik oʻtkirligini anglamoq uchun havasning totli neʼmatidan bahra olmoq lozim ...

Yolgʻonchi, gʻiybatchi, baxil kimsalar kundalik hayotda – nomuvofiq doʻst, safarda – ishonchsiz hamroh, omonatdorlikda – xiyonatkor kas, yurt himoyasida – qoʻrqoq va xoinlar toifasidan sanaladi.Buning sababi aniq: ularning asosiy yumushi barchaga yolgʻon soʻzlash, barchani gʻiybat qilish, hech kimga,hatto, oxir-oqibat oʻziga ham doʻstlik qilmasligidadir.

Kibr va yolgʻonchilik illatidan forigʻ boʻlgan kishi gʻiybat, hasad va baxillik kasalligidan qutulishi tayin. Chunki ushbular bir – biri bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, insonni odamiylik fazilatlaridan mosuvo etadigan jirkanch illatlardan sanaladi.

Inson yolgʻonchi yoki baxil boʻlib tugʻilmaydi, yolgʻonchi yoki baxil boʻlib voyaga yetadi. Bu muayyan berilgan  yoki olingan tarbiya yoʻnalishi, hayot tarzi, atrof – muhit taʼsiri, shuningdek, tushuntirib boʻlmaydigan ilohiy taqdir bitiklariga ham bogʻliqdir.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#ko'rgazma

Baxtli bolalik

2024- yil 31- may kuni 1- iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan, Toshkent shahar Yunusobod axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilar uchun, “Baxtli bolalik” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi
.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA

Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

1. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
Xotirjam boʻlish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob oʻqishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uygʻonish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob oʻqish esa aksincha taʼsir koʻrsatadi – miya uxlash vaqti boʻlganligini tushunadi.

2. Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal koʻrasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘 https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio
#yõl_yõlakay_õqiymiz

Yunusobod tumanidagi 58-maktabning o‘quvchi-yoshlari uchun mutaxassislar tomonidan  kutubxona fondidagi badiiy adabiyotlar  va QR kodli adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻👇🏻
📚https://www.tg-me.com/yunusobod_akm
📘https://www.tg-me.com/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla
📚https://www.tg-me.com/Yunusobod_elektronkitoblar
🎧https://www.tg-me.com/Yunusobod_audio.
2025/07/01 20:02:29
Back to Top
HTML Embed Code: