Telegram Web Link
🏢Toshkent shahar Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

💫2025 yil 20 iyun kunlarida ham 3-kurs bitiruvchilari uchun davlat yakuniy imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

⚡️Ushbu bosqich bo‘lajak Hamshiralarning kasbiy kompetensiyasining eng muhim qismi bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarini baholashga bag‘ishlandi. Talabalar haqiqiy klinik amaliyot sharoitiga yaqinlashtirilgan muhitda o‘z ko‘nikmalarini namoyish etib, yuksak aniqlik, diqqat va zamonaviy metodikalarni yetarli darajada o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatishdi.
Imtihon jarayonini davlat imtixon komissiyasi a’zolari diqqat bilan kuzatib borishdi.

⚡️Tadbir muhiti mas’uliyat va tantanaviylik ruhi bilan to‘lgan bo‘lib, ushbu bosqichning bitiruvchilarning kasbiy shakllanishi uchun naqadar muhim ekanini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

BIZDAN YANADA KO'PROG'INI KUTIB QOLING!

📌 Texnikum matbuot xizmati

Instagram | Telegram
#Dolzarb_90_kun

🏢Toshkent shahar Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

💫Shashka — bu ikki o'yinchi uchun mantiqiy stol o'yini bo'lib, shashkalarni shashka taxtasi kataklari bo'ylab ma'lum bir tarzda harakatlantirishdan iborat. O'yin davomida har bir o'yinchi bir xil rangdagi shashkalarga ega: qora yoki oq (ba'zan boshqa ranglar, ulardan biri qorong'i, ikkinchisi esa engil deb hisoblanadi).

📌 “Dolzarb 90 kun ” tadbirlari doirasida Yunusobod tuman, Shoshtepa MFY hamda Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikum o'quvchilari bilan hamkorlikda mahalladagi yoshlar o’rtasida sportning Shaxmat, Shashka turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

💫Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni jalb etish va "SPORT-SOG'LIQ GAROVI" shiorini ilgari surish va sog'lom farzandlar jamiyatda o'z o'rnini topish!

BIZDAN YANADA KO'PROG'INI KUTIB QOLING!

📌 Texnikum matbuot xizmati

Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orzuingizdagi kasbga endi bir qadam

SHOSHILING

Yunusobodda tibbiyot texnikumi borligini bilarmidingiz?

Siz ham yuqori talabga ega nufuzli va namunali kasb egasi bõlishni hohlaysizmi?

Unda biz sizga eng namunali va asosiysi davlat texnikumida o'qishingizni tavsiya etamiz

Bizning texnikumda 8 ta yo'nalishda tahsil olishingiz mumkin:

Hamshiralik ishi
Tibbiyot brigadasi
Davolash ishi
Farmatsiya
Sanoat Farmatsiyasi
Stomatologiya
Tibbiy Radialogiya
Funksional diagnostika

Qabul tugashiga oz qoldi

☎️Murojat uchun: +998998285115
                                  +998712200368
📍Bizning manzil: Yunusobod 19 mavze 37 uy
Mo'ljal: Moderna klinika orqa tomonida joylashgan
#Dolzarb_90_kun

🏢 Yunusobod Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi

🗓 21.06.2025 sana

📚"Dolzarb 90 kun" tadbirimizda bugungi mehmonimiz, Madaniyat va san'at fidokori ko'krak nishoni sohibasi "O'zbekiston" radiokanali muharriri, jurnalist Abdullayeva Dilxumor Abdufattaxovna

📽 Qariyib 40 yilga yaqin madaniyat va san'at sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🎞 Dilxumor Abdufattaxovna:- Ayni daqiqalarda men yurtimizda madaniyat va san'at rivojlantirish, o'zbek milliy madaniyati va san'ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan san'at va madaniyat safida borligimdan, shunday katta rag'batga loyiq ko'rilganimdan chuqur hayajondaman! Qalblarimizni fusunkor san'atimizga shaydolik, u beradigan ilohiy zavq aslo tark etmasin!-deb jonli ijrolari bilan suhbatga yakun yasadilar😊

🎬🎤ULKAN O'ZBEK MADANIYATI VA SAN'ATI OLDIDA HAMISHA BOSH EGAMAN!

Instagram | Telegram
#Dolzarb_90_kun

🏢Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

🗓 23.06.2025 sana

📕Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.

📚 Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikum yoshlarini kitobga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida ARM hodimi Qaxxarova Miyassar, Yoshlar masalalari ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Kayumova M.K, hamda 2-kurs bo'lim boshlig'i Abdurahmonxodjayeva Dilnoza Davlatbekovna tomonidan o'quvchilar bilan eng oxirgi mutolaa qilgan badiiy asarlari haqida ochiq muloqot tarzda o'tkazildi.

BIZDAN YANADA KO'PROG'INI KUTIB QOLING!

📌 Texnikum matbuot xizmati

Instagram | Telegram
2025/06/30 20:08:43
Back to Top
HTML Embed Code: