Telegram Web Link
Yozgi taʼtil davrida oʻqituvchilarning maktabda boʻlishi majburiymi?


Oʻquv yili yakunlandi, oʻquvchilar yozgi taʼtilga chiqdi. Endilikda maktablarda faqatgina oʻqituvchilar faoliyat yurityapti. Baʼzi maktab rahbarlari barcha oʻqituvchilardan har kuni soat 08:00 dan 16:00 gacha maktabda boʻlishni talab qilmoqda.
📣 Bu talab qanchalik qonuniy? Keling, amaldagi mehnat qonunchiligiga asoslanib tahlil qilamiz.
________
⚖️ 1. Qonunchilikda qanday meʼyorlar bor?
Mehnat kodeksining 184-moddasiga koʻra, ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun (bunga pedagoglar ham kiradi), haftalik ish vaqti 36 soatdan oshmasligi kerak.
Bu shuni anglatadiki, Pedagoglar ham aynan ana shu toifadagi xodimlar sirasiga kiradi. Demak, 1 stavkada ishlovchi oʻqituvchining kunlik ish vaqti (ish yuklamasi) – 6 soat.
________
🍽 2. Tushlik vaqti hisobga olinadimi?
📌 Yoʻq. Mehnat qonunchiligiga koʻra, tushlik tanaffusi ish vaqtiga kirmaydi.
Agar kunlik ish vaqti 6 soat boʻlsa va tushlik uchun 1 soat ajratilsa, oʻqituvchi maktabda jami 7 soat boʻlishi mumkin.
🕗 Masalan:
• Ish boshlanishi: 08:00
• Tushlik: 12:00 – 13:00
• Ish tugashi: 15:00
Demak, faqat toʻliq stavkada ishlaydigan oʻqituvchilargina 08:00 dan 15:00 gacha maktabda boʻlishi kerak.
________
3. Ish yuklamasi qanday hisoblanadi?
📝 “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik xodimlari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga koʻra:
▪️ 1–4-sinflarda:
• 1 stavka = 18 soat (haftalik yuklama) × 1 koeffitsiyent = 18 + 18 = 36 soat/hafta
▪️ 5–11-sinflarda:
• 1 stavka = 20 soat × 0,8 koeffitsiyent = 16 + 20 = 36 soat/hafta
Demak, toʻliq stavka ishlovchi oʻqituvchining haftalik ish yuklamasi 36 soatni tashkil etadi.
________
👩‍🏫 4. Ish stavkasiga qarab maktabda boʻlish muddati farqlanadi
Barcha oʻqituvchilar bir xil vaqt davomida maktabda boʻlishi shart emas. Bu ularning stavkasi asosida aniqlanadi.
Misol uchun, oʻqituvchi 1 stavkada ishlaydi (haftasiga 36 soat). Bu holatda, u har kuni oʻrtacha 6 soat ishda boʻlishi lozim. Agar u yozgi taʼtil davrida maktabda boʻlsa, bu 6 soatdan oshmasligi kerak.
Ikkinchi holatda oʻqituvchining haftalik yuklamasi atigi 18 soat (yaʼni 0.5 stavka). Bu holda uning kunlik ish vaqti 3 soat atrofida boʻladi.
Demak, 0.5 stavkada ishlovchi oʻqituvchidan har kuni 6 soat maktabda boʻlishni talab qilish qonunga zid sanaladi.
________
Umumiy xulosa qiladigan boʻlsak,
🔹 Oʻqituvchilar mehnat taʼtilgacha maktabda faoliyat yuritishi lozim.
🔹 Ammo ular maktabda stavkasi asosida hisoblangan ish vaqti doirasida boʻlishi kerak.
🔹 Toʻliq stavkada ishlaydiganlar kuniga 6 soat,
🔹 Yarim stavkada ishlaydiganlar esa 3 soatgacha boʻlishi kifoya.
🔹 Tushlik tanaffusi (odatda 1 soat) ish vaqtiga kirmaydi va bu maktabda boʻlish vaqtini uzaytiradi, ammo ish vaqtini oshirmaydi.
📣 Oʻqituvchilarning ortiqcha vaqt davomida maktabda majburiy boʻlishi – qonunchilikka zid!


➡️ @yurist_imomniyozov
Navbatdagi g'alaba

Kuni kecha ustozim Qambariddin Mehmonov bilan Oliy sudda qatnashganimiz umumiy mulkni bo‘lishga doir juda qiziqarli va murakkab sud ishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Sudning birinchi instansiyasi, apellyatsiya va hatto taftish bosqichida ham umumiy mol-mulkni bo‘lishda moddiy huquq normalari noto‘g‘ri qo‘llanganini asoslab ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi.

Ayniqsa, Oila kodeksining 27 va 28-moddalari doirasida “tenglik prinsipi”ga qaramay, “e’tiborga loyiq manfaatlar” inobatga olinmagani muhim e’tiroz bo‘ldi.

Natijada, Oliy sud quyi sudlarning qarorlarini o‘zgartirib, aynan shu manfaatlarni hisobga olgan holda, tenglikdan chekinishga asoslangan adolatli ajrim chiqardi. Bu holat biz uchun nafaqat huquqiy g‘alaba, balki amaliy tajriba maktabi ham bo‘ldi.

Bu ish orqali yana bir bor isbot bo‘ldiki — sudlar har doim ham raqamlar bilan teng bo‘lish emas, balki hayotiy holatlarga asoslangan adolatli yechim topishi kerak.

Ushbu amaliy sud ishi tafsilotlari bilan batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havolani tavsiya qilaman:

https://yuristpro.uz/ajrim-paytida-er-xotinning-umumiy-mulkni-teng-bo%ca%bblish-shartmi/

✉️ Yuristga savol yuborish

Rasmiy kanalimiz
👉 @Yurist_Xizmati 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rahimjon Hakimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧳 Fleshka olib yurishdan charchadingizmi?
📉 Yo‘qotib, yana topolmay zerikdingizmi?
📲 Har safar Telegram ochishga majbur bo‘layapsizmi?

Endi kerakmas.
Ulash.uz — fayllarni yuklang, havolani nusxa qiling, va xotirjam ulashing.

Ro‘yxat yo‘q
Telegram shart emas
Ish joyida, kutubxonada, istalgan joyda ishlaydi

🔗 Sinab ko‘ring:
Algoritmik javobgarlik: sun’iy intellekt qarorlarining ortida kim turadi?

👉 https://yuristpro.uz/algoritmik-javobgarlik-suniy-intellekt-qarorlarining-ortida-kim-turadi/

📌 @yurist_imomniyozov
2025/06/28 00:54:04
Back to Top
HTML Embed Code: