Telegram Web Link
Shaxmatsevarlar uchun xushxabar - IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi!

🏁 Turnirning final bosqichi 22-23-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💵 Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!

❗️“Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 14-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

✊🏻 Shaxmatga qiziquvchi do‘stlarimizni yirik shaxmat bayramida ishtirok etishga chorlab qolamiz. Unda siz shunchaki shaxmatda bellashish emas, pul mukofotlarini yutib olish va xalqaro grossmeysterlarning shaxmat seanslarida qatnashish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍95🔥2
Хорошая новость для любителей шахмат - состоится IV шахматный чемпионат «Zakovat-Gambit»!

🏁 Финальный этап турнира пройдет 22-23 октября в Ташкенте.

💵 Призовой фонд турнира составляет 620 миллионов сумов!

❗️В чемпионате могут принять участие только граждане Узбекистана.

Для участия в чемпионате необходимо зарегистрироваться на сайте gambit.zakovatklubi.uz до 23:59 14 октября. При регистрации необходимо учесть имеющийся рейтинг и зарегистрироваться в соответствующую группу.

ℹ️ С инструкцией по регистрации на турнир «Заковат-Гамбит» можно ознакомиться по ссылке.

✊🏻 Приглашаем всех желающих принять участие в этом турнире. Здесь вас ждут не только соревнования в шахматах, но и большие денежные призы и участия в сеансах одновременной игры с знаменитостями шахматного мира!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
9👍5🤩1
“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida Zakovat musobaqasining respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar

🗓 Musobaqaning respublika bosqichi 12-oktabr, yakshanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍10👏5❤‍🔥1
🏆 Bo‘stonliqda “Zakovat”ning 25 yilligiga bag‘ishlab, ekologiya va turizm mavzusida yirik musobaqa o‘tkazildi!

🌱 Bugun Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “Zakovat”ning 25 yilligi munosabati bilan Ekologiya va turizm mavzusidagi turnir bo‘lib o‘tdi.

🤝 Musobaqa Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo'mitasi, “Green Hills Resort” majmuasi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida tashkil etildi.

💪 Unda respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan eng kuchli jamoalar ishtirok etdi.

🤝 Ushbu nufuzli musobaqa mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularning ekologik tafakkurini kengaytirish, barqaror turizm g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda ilmiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

🧠 Tadbir doirasida kun davomida ishtirokchilar o‘rtasida Zakovat, Shaxsiy o‘yin hamda Breyn-ring o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.

🏅 Jamoalarning barcha yo‘nalishlarda ko‘rsatgan natijalari umumlashtirilib, quyidagi jamoalar umumjamoa hisobida g‘olib deb e’lon qilindi:

🥇1-o‘rin: Toshkent shahri jamoasi;
🥈2-o‘rin: Farg‘ona viloyati jamoasi;
🥉3-o‘rin: Jizzax viloyati jamoasi.

💰 Mazkur jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 300 mln so‘m;
2-o‘rin: 200 mln so‘m;
3-o‘rin: 100 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2623👍9🕊1
🤵🏻‍♀️ Ayollar ligasi 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
7👏4👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi kuzgi mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍177🔥5😍1
IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!

Texnik nosozlik sababli kecha, 10-oktabr kuni soat 10:00 dan bugun, 11-oktabr kuni soat 12:00 gacha gambit.zakovatklubi.uz saytining o‘zbekcha sahifasida ro‘yxatdan o‘tganlarning ma’lumotlari saqlanib qolmagan.

Ayni vaqtda texnik nosozlik tuzatilib, chempionat uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati qayta tiklangan.

Shu munosabat bilan, agar Siz “Zakovat-Gambit” musobaqasiga o‘zbek tilidagi sahifa orqali kecha, 10-oktabr kuni soat 10:00 dan bugun, 11-oktabr kuni soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, iltimos, qaytadan ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

🏁 Eslatib o‘tamiz, chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 14-oktabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍121
#savollar

O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasi savollari:

👉🏻 Saralash bosqichi
👉🏻 Respublika bosqichi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍125
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Birozdan so‘ng, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi kuzgi mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥6😍4👍2🤩2
2025/10/26 15:13:29
Back to Top
HTML Embed Code: