Telegram Web Link
15 nafar ishtirokchi IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri saralashi jarayonida chiterlik qilgani uchun chetlatilgan

Antichiter komissiyasi bayonnomasiga ko‘ra, IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri saralashini o‘tkazish jarayonida komissiya tomonidan ishtirokchilarning chiterlik qilishi holatlari aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, chiterlik qilgani tufayli E guruhi saralashida 11 nafar, D guruhi saralashida 4 nafar ishtirokchi chess.com tizimining o‘zi tomonidan saralashdan chetlatilgan.

Antichiter komissiyasi tekshiruvlaridan so‘ng, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 80 nafar ishtirokchi yarim final o‘yinlari uchun tanlab olingan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13👍84👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Men ham musobaqada ishtirok etaman. Keling va bizga muxlislik qiling”

IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirida o‘zbek shaxmati yulduzlari ham qatnashishi kutilmoqda. Ulardan biri - Afro‘za Hamdamova!

Afruza Hamdamova 2021-yilgi “Zakovat-Gambit” turnirining eng yaxshi ayol ishtirokchisi, 2022-yilgi “Zakovat-Gambit” g‘olibasi hisoblanadi.

U 2023-yil noyabr oyida Italiyada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionatini yutgan ilk ayol shaxmatchiga aylangan.

2024-yilning noyabr oyida Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar musobaqasida g‘alaba qozonib, ikki karra jahon chempioniga aylangan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍17113❤‍🔥3🔥1👏1
Chempionlar kubogining navbatdagi mavsumi g‘oliblari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍13❤‍🔥53🤩3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IV “Zakovat-Gambit” turnirida ishtirok etishi kutilayotgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmat yulduzi Muhammadzohid Suyarov ham barcha shaxmatsevarlarni musobaqaga taklif etmoqda.

Muhammadzohid yaqinda Peruda o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi FIDE Rapid va Blits jahon chempionatining Rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 22-23-oktabr kunlari O‘zbekistonda IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tadi!

💰Musobaqa sovrin jamg‘armasi - 620 million so‘m!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
👍12👏2
Zakovat arena IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri bahslariga tayyor!

Ertaga, 21-oktabr (seshanba kuni) soat 13:00 da Zakovat arenada turnirning yarim final bellashuvlari boshlanadi. Ishtirokchilardan ertaga soat 12:30 dan kech qolmasdan binoda hozir bo‘lishlari so‘raladi.

Mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥19🤩721👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Chempionlar kubogi doirasida o‘tkazilgan Toshkent kubogidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍72
🏃‍♂️2-noyabr kuni respublikamizning 6 ta hududida “Zakovat” marafoni bo‘lib o‘tadi!

Har bir hududdagi marafonda 1-, 2- va 3-o‘rinni olgan jamoalarga diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mukofotlari topshiriladi:

🥇1-o‘rin: 15 mln so‘m;
🥈2-o‘rin: 10 mln so‘m;
🥉3-o‘rin: 5 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍125
🎉 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!

🥳 Ona tilimiz mavqeyi har doim baland bo‘lsin!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥104🐳4👏1
📸 IV “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining yarim finalidan lavhalar

Ayni vaqtda Zakovat arenada turnirning yarim final bellashuvlari o‘tkazilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥12👍8👏41
2025/10/22 09:16:53
Back to Top
HTML Embed Code: