Telegram Web Link
🏆 “VoiceUp” inklyuziya oromgohida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi!

🏔 Toshkent viloyatidagi “Pyramids Resorts” kurort zonasida “VoiceUp” inklyuziya oromgohi doirasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi!

🤝 Milliy ijtimoiy himoya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda oromgohdagi bir guruh faol talaba-yoshlar ijtimoiy faollik, tenglik va inklyuziv jamiyat g‘oyasi atrofida birlashdi.

🇺🇿 Yoshlar bilan birgalikda inklyuziv, teng va imkoniyatlarga boy O‘zbekiston sari!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Zakovat”_intellektual_o‘yini_Kodeksi_27_05_2025.pdf
447.6 KB
“Zakovat” intellektual o‘yini kodeksi

“Zakovat” intellektual o‘yini kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur kodeks “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha umumiy qoidalarni belgilaydi.

Kodeksning yangi tahriri e’lon qilingani munosabati bilan uning 2022-yilgi eski tahriri o‘z kuchini yo‘qotdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🏫 Ayni vaqtda Qo‘qon universiteti Andijon filialida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” ligasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon universiteti Andijon filialida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” o‘yinidan videolavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovat intellektual klubi
Video message
Amerikalik mashhur prodyuser, Emmi mukofotining 2 karra sohibi Robert Mora bilan “Zakovat” klubida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda!
Amerikalik mashhur prodyuser Robert Mora hamda zakovatchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Amerikalik mashhur prodyuser, Emmi mukofotining 2 karra sohibi Robert Mora “Zakovat” klubida mehmon bo‘ldi.

AQSH media sohasining yetuk mutaxassisi Robert Mora Zakovat arenaga tashrif buyurib, bu yerda o‘tkaziladigan intellektual o‘yinlar, klub a’zolariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, xorijlik mutaxassis hamda zakovatchilar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida AQSHdagi intellektual o‘yinlar hamda ommabop televizion loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Robert Mora “Zakovat” klubi a’zolariga Amerika televideniyesidagi intellektual shoular, ularning tarixi va bugungi kundagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, mutaxassis sohaga oid qimmatli bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Robert Mora O‘zbekistonda “Zakovat” o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish yo‘lida qilinayotgan ishlardan va sohaga davlat rahbari darajasida ko‘rsatilayotgan e‘tibordan hayratini yashirmadi.

Suhbat yakunida nufuzli xorijiy mehmon o‘zbek milliy an’analariga muvofiq to‘n kiygizib, kuzatildi. O‘z o‘rnida mutaxassis “Zakovat” klubi vakillariga omad tilab, ular bilan xayrlashdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2025/06/30 07:48:31
Back to Top
HTML Embed Code: