Mualliflar kubogining birinchi yarim finali (5-turi) natijalari ma’lum bo’ldi

Ovoz berish natijasida quyidagi mualliflar final bosqichiga chiqdi:

Nilufar Narmatova
Karamiddin Perdebayev
Orifjon Rahmonov
Sardor Ro‘ziyev


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🔥4😁3
Apellyatsiya yozish bu shunchaki ermak emas, balki professional o‘yinning ajralmas bir qismi

Bu alohida ilm. Shu sababli sizlarga ilm bo‘lib qolsin deb, o‘tgan turda yozgan apellyatsiyamizni misol qilib keltirmoqchiman.

Savol matni:

34. Diqqat! BU ISHNI QILISH so’zlari boshqa ikki so‘zni almashtirib keladi.
Xorazmda 1867-yilda chiqarilgan fatvoga ko‘ra, hatto masjid yoki qabriston qurilishi uchun ham BU ISHNI QILISH ta’qiqlangan. Qachonki qozi yoki muhtasib ruxsat bersagina BU ISHNI QILISH mumkin bo’lgan. Kasb nuqtayi nazardan BU ISHNI QILISH bilan shug'ullanuvchilarning umumiy nomi BOR.
Savol: Bundan oldingi gapda harflari tushirib qoldirilgan, lotinchadan kelib chiqqan so'zni yozib bering.
Javob: Arborist
Izoh: Professional daraxt kesuvchilar Arborist deyiladi. “Arbor” lotincha "daraxt" degan ma'noni anglatadi. Iqlimi qurg’oqchil bo’lgan Xiva xonligida esa daraxtlar nihoyatda qadrlangan.
Manba(lar):
1) https://ru.wikipedia.org/wiki/Арборист
2) https://www.tg-me.com/xorazmtarixisuratlarda/362


Bizning javob: arborotomist
Apellyatsiya matni: https://telegra.ph/34-savolga-apellyaciya-09-27
AH qarori: qanoatlantirilsin (uchala hakam bir ovozdan qabul qilgan)

Endi ikki og‘iz maslahat. Apellyatsiya yozayotganda muhim 3 ta jihat bor:

1) Ishonch

Eng avvalo sizning javobingiz to‘g‘riligiga o‘zingiz qat’iy ishonishingiz kerak. Ya’ni men Apellyatsiya hakami (AH) bo‘lsam, shunga ochko berarmidim, degan savolga avvalo o‘zingiz professional bilimdon sifatida javob berishingiz lozim. Agar javobingiz 100% noto‘g‘riligini ichingizdan bilib tursangiz, unda yaxshisi apellyatsiya yozmagan ma’qul. Bu bekorchi va jinnisang‘i arizalarning oldini oladi, qo‘pol qilib aytganda “musor”ni kamaytiradi.

2) Manba yig‘ish

Har bir apellyatsiya manbalar bilan ta’minlangan bo‘lsa, uning o‘tishi shuncha oson bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zan umuman manba bermasdan ham yozsa bo‘ladigan vaziyatlar chiqib qoladi, ammo bu kam uchraydigan holat. Siz apellyatsiyada hamma biladigan gap yozayotgan, masalan, O‘zbekiston poytaxti Toshkent degan bo‘lsangiz ham, o‘sha gapga albatta manba bering. Bundan tashqari savol muallifining manbalarini o‘qib chiqishni ham unutmang. Bu sizning apellyatsiyangiz puxta bo‘lishiga, mavzu ichiga kirishga yordam beradi.

3) AHda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savollar va e’tirozlarga oldindan javob berish

Apellyatsiya yozayotganda o‘zingizni AH o‘rniga qo‘yib ko‘ring va sizning arizangizni ko‘rib chiqayotganda ularda qanday savollar tug‘ilishi mumkinligi va nima asosga ko‘ra rad qilishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Keyin shunga qarab, apellyatsiya yozing. Ya’ni siz AH ruhiyatiga moslashishga, ular bilan g‘oyibona suhbatlashishga majbursiz. Agar AHda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savollarga oldindan aniq dalillarga tayangan javob bera olmasangiz, arizangiz o‘tish ehtimoli 0,001% xolos.

Va yana umumiy tavsiya: apellyatsiya matnini AHga hurmat saqlagan holda yozing. Masalan, matnda “bu javobni olmaslik ahmoqlik bo‘ladi”, “bizni javob to‘g‘riligini tushunish uchun katta aql kerakmas”, “ko‘r-ko‘rona rad qilmaslikka farosatingiz yetadi, degan umiddamiz” kabi jumlalarni ishlatmang. Bu eng avvalo o‘ta manmanlik va bundan tashqari befarosatlik. Unaqa qilmang, iltimos.

🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎23😁15👍31
Faqat intellektual o’yinlar haqida
Apellyatsiya yozish bu shunchaki ermak emas, balki professional o‘yinning ajralmas bir qismi Bu alohida ilm. Shu sababli sizlarga ilm bo‘lib qolsin deb, o‘tgan turda yozgan apellyatsiyamizni misol qilib keltirmoqchiman. Savol matni: 34. Diqqat! BU ISHNI…
Muhim ma’lumot: ushbu apellyatsiya qanoatlantirilishi turnir jadvaliga o’zgarish kiritgani va natijalarga ta’sir qilgani yo’q.

Bu faqat yangi keys sifatida tarixda qoladi, to’g’ri-noto’g’riligi haqida xulosa chiqarish uchun yordam beradi.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎14👍6
Boku shahridagi media forumda Balash Kasumov bilan uchrashib qoldim.

Meni ChGK olamidagi kumirlarimdan biri. Balash Kasumov jamoasining o’yinlarini ko’rib, ilhomlanib, zavqlanib katta bo’lganman.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍149🔥7
Mualliflar kubogining ikkinchi yarim finali (6-turi) natijalari ma’lum bo’ldi

Ovoz berish natijasida quyidagi mualliflar final bosqichiga chiqdi:

Azizbek Ahmedov
Shavkat Nazarov
Bekmurod Begmatov
Farrux Ko'makov


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👎6👍3🤬1🙊1
Faqat intellektual o’yinlar haqida
Mualliflar kubogining ikkinchi yarim finali (6-turi) natijalari ma’lum bo’ldi Ovoz berish natijasida quyidagi mualliflar final bosqichiga chiqdi: Azizbek Ahmedov Shavkat Nazarov Bekmurod Begmatov Farrux Ko'makov 🏆 @zakovatklubi
Mualliflar kubogida barcha finalchilar nomi ma'lum bo'ldi.

Nilufar Narmatova
Karamiddin Perdebayev
Orifjon Rahmonov
Sardor Ro‘ziyev
Azizbek Ahmedov
Shavkat Nazarov
Bekmurod Begmatov
Farrux Ko'makov

Endi ular orasida yana bir bor qur'a tashlanadi. Finalda o'z juftligida g'olib bo'lgan 4 nafar mualliflar ilk marta o'tkazilgan Mualliflar kubogi chempioni bo'lishadi.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥112👍2
Mualliflar kubogi. 5-tur.pdf
599.5 KB
Mualliflar kubogi 4-turida qo'ynida ilon saqlash iborasi haqidagi savol ovoz berish natijasida eng yaxshi deb topildi (Muallif: Usmonjon Niyozov).

5-tur uchun quyidagi havolada ovoz berib yuborsangiz. Ertaga 6-tur uchun ham so'rovni e'lon qilamiz.

👉 5-tur: https://forms.gle/SwZPRV5ornmBLoUW6

Savollarni esa yuqoridagi fayldan ko'rib olishingiz mumkin. Iltimos, 2 daqiqa vaqtingizni qizg'onmang.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Mualliflar kubogi. 6-tur.pdf
1.3 MB
Mualliflar kubogi 5-turida pogonofobiya va Aleksey Tolstoy haqidagi savol ovoz berish natijasida eng yaxshi deb topildi (Muallif: Karamaddin Perdebaev).

6-tur uchun quyidagi havolada ovoz berib yuborsangiz, iltimos.

👉 6-tur: https://forms.gle/ikXtA1gbVtnWJEv39

Savollarni esa yuqoridagi fayldan ko'rib olishingiz mumkin. 2 daqiqa vaqtingizni qizg'onmang.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
Savollarni tahrirlashda ko‘makchi xizmatidan foydalaning

Dam olish kunini bekorga o‘tkazmadim, anchadan buyon o‘ylab yurgan bir g‘oyam ustida ishladim. Savol mualliflari doim duch keladigan muammo: matnni tahrirlash, yagona formatga solish, uni tekshirish, imlo xatolarini to‘g‘rilash va h.k. Ayniqsa, Mualliflar kubogi bahonasida paketlarni tahrirlar ekanman, juda ko‘p kuch, vaqt va energiya aynan mayda texnik ishlarga ketib qolayotgan edi.

Shuning uchun o‘ylab qoldim, nega endi shu texnik ishlarni sun’iy intellekt qilib bermasligi kerak? Va bugun ChatGPT bazasida savolni tahrirlashga yordam beradigan maxsus agent-yordamchi yaratdim. Agentni yaratish uchun 27 varaqli instruksiya ishlab chiqdim.

👉Foydalanish uchun: https://chatgpt.com/g/g-68ebb060ffc48191a7137d7559c669df-zakovat-savollari

Hozircha sinov tarzida ishlayapti, qancha ko‘p so‘rov yuborilsa, u o‘zini shuncha yaxshilab boraveradi.

Agent-yordamchi quyidagi ishlarni bajaradi:

savolni tahrirlab, yagona formatga solib beradi;
matndagi imlo xatolarini to‘g‘rilaydi;
savoldagi fakt va ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi, agar xatolik yoki shubha bo‘lsa, ogohlantiradi;
manbalarning ishonchliligini tekshirib chiqadi;
savol formasidagi xatoliklarni aniqlaydi (masalan, 2 ta so‘zda ayting deyilganu, lekin javob 3 ta so‘zda);
savolni yaxshilash bo‘yicha boshqa maslahatlarni beradi.

Agar ishlatib ko‘rib, tavsiya va takliflar bersangiz, takomillashtirib boraveramiz.

❗️MUHIM ESLATMA: ushbu agent-yordamchi orqali amalga oshirilgan muloqot boshqalarga ko‘rinmaydi, ya’ni agent yaratuvchisi sifatida men sizning yozishmalaringizni (savollaringizni) ko‘ra olmayman. Buni ChatGPTning o‘zidan ham so‘rab, aniqlashtirib oldim.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥10
Nima uchun apellyatsiyani AI ko‘rishi kerak?

Oldindan xulosa: AI ning asosiy ustunligi: yagona standartlar mavjudligida.

Savol matni

20-savol. Telefoningizdan taxminan 333 ta qo‘shiq yoki 1000 ta suratni o‘chirsangiz BU ISH SODIR BO‘LADI.
Savol: inglizcha hazilga ko‘ra Yevropada BU ISH nechanchi yili sodir bo‘ldi?
Javob: 2020-yil
Izoh: Ingliz tilida Buyuk Britaniya, ya’ni Grit Britn (Great Breatn) qisqartirilib JiBi (GB) tarzida yoziladi, xuddi Gigabayt qisqartmasi kabi. Breksit 2020-yil 31-yanvarda rasman qayd etilgan.
Manba:
1.https://www.reddit.com/r/Jokes/comments/bcc1ek/if_britain_leaves_the_eu_how_much_space_will_be/
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Brexit


Apellyatsiya matni:

Jamoa javobi: 2017-yil
Izoh: Biz gap BREXIT haqida ketayotganini bildik. “Brexit” jarayoni huquqiy jihatdan 2017-yil 29-martga to’g’ri keladi, chunki aynan shu kuni Bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqi Kengashiga rasmiy xat yuborib, Lissabon shartnomasining 50-moddasini ishga tushirgan. Mazkur modda har bir a’zoga Ittifoqdan chiqish tartibini belgilab beradi. Shu kundan boshlab Buyuk Britaniya chiqish jarayonini rasmiy ravishda boshlagan va Yevropa Ittifoqi ham bu sanani chiqishning boshlanishi sifatida e’tirof etgan (1-2-manbalar).

Savol formasi esa quyidagicha qo’yildi: “Inglizcha hazilga ko‘ra Yevropada BU ISH nechanchi yili sodir bo‘ldi?”

Bu yerda aniq manba so’ralmadi, shunchaki inglizcha hazilga ko’ra deyildi. Biz keltirayotgan 3 va 4-manbada 2017-yilda yozilgan xuddi shu mazmundagi hazil keltirilgan. Bittasi Twitterda, ikkinchisi Redditda (8 yil oldin deyilgan). Ya’ni 2017-yilda ham savolda aytilgan hazil mavjud edi. Bunaqa hazil 2020-yildan keyin paydo bo’lmagan.

Eng qizig’i, savol muallifining manbasida (5-manba) keltirilgan Reddit tarmog’idagi hazil ham bundan 7 yil oldin yozilgan ekan, ya’ni taxminan 2018-yilda. Bu degani 2020-yildan avval ham bunaqa hazil bor edi.

Shu sababli bizning javobimiz ham to’liq mos keladi.
Manbalar:
1. https://commission.europa.eu/news-and-media/news/notification-article-50-teu-united-kingdom-2017-03-29_en
2. https://www.bbc.com/news/uk-politics-39431070
3. https://x.com/vtipy/status/850825144092295168?s=46
4. https://www.reddit.com/r/AskEurope/s/IWVVL3Q3A1
5. https://www.reddit.com/r/Jokes/comments/bcc1ek/if_britain_leaves_the_eu_how_much_space_will_be/


AH xulosasi:
Rad etilsin
(2:1)

1-AH rad etish asosi:

Jamoa taqdim qilgan manbada javobni savol matniga mosligini tasdiqlovchi ma'lumot topilmadi.


3-AH rad etish asosi:

rasman qayd etilgan vaqti so'ralgan. Bunday savollarda jamoa savol mazmuniga yetib borgan yoki yo'qligini javob varaqasi ko'rsatib berolmaydi. Shu sababli aniq yilga qarashga majburmiz


1-AHga savollar: javob savolga mosligini tasdiqlash uchun yana qanaqa manba kerak edi? Yevropa ittifoqining rasmiy sayti hamda 2017-yilda yozilgan hazillar manbasi hisob bo‘lmasa, unda qanaqa manba hisobga o‘tadi? O‘zi AH manbalarni ochib ko‘rdimikin?

3-AHga savollar:
savolning qayerida rasmiy qayd etilgan sana so‘ralgan edi? Nega biz, bilimdonlar bunaqa talabni eshitmadik? Yevropada BU ISH qachon sodir bo‘ldi deganda aynan nima nazarda tutilayotgan edi: Referendum o‘tgan yilmi (2016), rasman qonuniy asos qabul qilingan yilmi (2017) yoki barcha jarayonlar oxiriga yetkazilgan yilmi (2020)? Biz savol muallifi nima xohlayotganini qayerdan bilishimiz kerak edi? Nega savol matnida yo‘q bo‘lgan talabni AH talab qilishi kerak, hayronman.

🔹 ChatGPT xulosasi: Qanoatlantirilsin

👉 Batafsil xulosani o‘qish

🔹 Gemini xulosasi: Qanoatlantirilsin

👉 Batafsil xulosani o‘qish

P/S: AH qarorlari doim bahsli bo‘lishi tabiiy, agar bahsli bo‘lmasa AHga yetib ham bormas edi. Kimdir unaqa deydi, kimdir bunaqa deydi. Ammo eng asosiysi — AH doim yagona standartni ushlashi kerak, bir safar mantiqqa, boshqa safar faktga qarashi, bir safar manbasi bo‘lmasa ham ishonib, boshqa safar yaqqol manbalarni inkor qilishi to‘g‘ri emas.

❗️BU MUHIM: ushbu apellyatsiyaning jamoamiz uchun hech qanday issiq-sovug‘i yo‘q edi, egallagan o‘rnimiz baribir o‘zgarmas edi.

🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍811
Faqat intellektual o’yinlar haqida
Nima uchun apellyatsiyani AI ko‘rishi kerak? Oldindan xulosa: AI ning asosiy ustunligi: yagona standartlar mavjudligida. Savol matni 20-savol. Telefoningizdan taxminan 333 ta qo‘shiq yoki 1000 ta suratni o‘chirsangiz BU ISH SODIR BO‘LADI. Savol: inglizcha…
O‘yin hay’ati bo‘ladigan navbatchi jamoalardan ham iltimos: imkon qadar bunaqa vaziyatlarni AHga qoldirmaslik kerak. O‘z savollaringizni eng avvalo o‘zingiz tahlil qilib chiqing va jamoalarning muqobil variantlarini qabul qilishga harakat qiling.

Masalan, xuddi shu savolda savol muallifi keltirgan manbadagi hazil 2018-yilda yozilgan ekan. 2018-yilgi manba asosida savol tuzib, jamoalardan hech bir asossiz faqat 2020-yil javobini qabul qilish unchalik to‘g‘ri emas.

Savol matnida javobni inkor qiluvchi aniq argument bo’lmagan vaziyatlarda bag’rikengroq bo’laverishimiz kerak, iltimos.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1551
Ilm bo’lib qolsin, kelgusida kerak bo’lishi mumkin

O’ng/chap tomonlama harakat bilan o’ng/chap qo’l qoidasi haqida.

Bu ko‘pchilik chalkashtiradigan, lekin aslida ikkita farqli tushunchani aralashtirishdan kelib chiqadi. Keling, bosqichma-bosqich tushuntiraman 👇

🛣️ 1. “O‘ng TOMONLAMA harakat” va “chap TOMONLAMA harakat”

Bu — transport vositalarining yo‘lning qaysi tomonida harakatlanishini bildiradi.

O‘ng tomonlama harakat — mashinalar yo‘lning o‘ng tomonidan yuradi (O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, AQSh va boshqalar).

Chap tomonlama harakat — mashinalar yo‘lning chap tomonidan yuradi (Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar).

Bu tizim yo‘lning jismoniy qaysi tomonidan yurishni belgilaydi.

---

🤝 2. “O‘ng qo‘l qoidasi” va “chap qo‘l qoidasi

Bu esa chorrahalarda yoki bir xil ustunlikka ega yo‘llar kesishganida kim birinchi o‘tadi degan ustunlik qoidasidir.

🖐 O‘ng qo‘l qoidasiga ko‘ra, haydovchi o‘zining o‘ng tomonidan kelayotgan transport vositasiga yo‘l beradi.

🤚 Chap qo‘l qoidasiga ko‘ra, haydovchi o‘zining chap tomonidan kelayotgan transport vositasiga yo‘l beradi.

Bu qoida ustunlikni aniqlash uchun mo‘ljallangan, yo‘lning qaysi tomonidan yurish tizimidan qat’i nazar, mustaqil tushunchadir.

---

⚖️ 3. Aloqasi qanday?

Amalda:

👉 O‘ng tomonlama harakat mavjud mamlakatlarda (ya’ni bizda) o‘ng qo‘l qoidasidan foydalaniladi. Ya’ni chorrahada siz o‘ng tomondan kelayotgan mashinaga yo‘l berasiz.
👈 Chap tomonlama harakat mavjud mamlakatlarda esa chap qo‘l qoidasidan foydalaniladi. Ya’ni u yerda haydovchi chap tomondan kelayotgan mashinaga yo‘l beradi.

Demak, bu ikkisi moslashgan tizimda ishlaydi, lekin biri yo‘lning tomonini, ikkinchisi chorrahalardagi ustunlikni bildiradi.

---

🔍 Xulosa:

O‘ng tomonlama harakat bo‘lgan mamlakatda chap qo‘l qoidasidan foydalanilmaydi, chunki bu tizim o‘zaro zid bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, chap tomonlama harakat bo‘lgan davlatda o‘ng qo‘l qoidasini qo‘llash ham mantiqan to‘g‘ri emas.


Ya’ni har bir mamlakatda harakat yo‘nalishi va ustunlik qoidasi o‘zaro uyg‘un bo‘ladi.


🏆 @zakovatklubi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎23🔥9👍4😁3🤬2
2025/10/24 13:59:17
Back to Top
HTML Embed Code: