Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "Sehrli uzuk" kitobini oʻqish uchun tavsiya etadi
Bugun 20-oktabr 2025-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon statistika kuni.
🌏 Butunjahon aviadispetcherlar bayrami.
🌏 Xalqaro talabalar kuni.
🌏 Xalqaro oshpazlar kuni.
🌏 Xalqaro osteoporozga qarshi kurash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Yoshlarga ishonch bildirish kuni.
🇬🇹 Gvatemala - Inqilob kuni.
🇰🇪 Keniya - Qahramonlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Energiteklar kuni.
🇷🇸 Serbiya - Belgrad ozod qilingan kun.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy aloqachilar kuni.
🇨🇿 Chexiya - Daraxt ekish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ko'krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni.
🇻🇳 Vetnam - Vetnam ayollari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1517 - Portugal zodagoni Fernand Magellan Ispaniya tojiga xizmat qilish uchun Sevilya shahriga keldi.
- 1737 - „San-Karlo“ opera teatri ochildi.
- 1774 - Amerika Qit’a Kongressi Buyuk Britaniya bilan savdoga iqtisodiy embargo qo'ydi.
- 1794 - Pragaga hujum.
- 1818 - Angliya va Amerika Kanada va AQSH o‘rtasida 49-parallel kenglikni chegara sifatida o‘rnatishdi.
- 1822 - Angliyada "Sunday Times" ning birinchi soni nashr etildi.
- 1827 - Navarino dengiz jangi bo'lib o'tdi.
- 1923 - Tadbirkor Leo Dekker mustaqil Lotaringiya respublikasini e’lon qildi.
- 1943 - Toshkentdagi Hazrati imom majmuasida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi ochildi va Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon idora raisi etib saylandi.
- 1944 - Sovet armiyasi va yugoslav partizanlari Yugoslaviya poytaxti Belgradni ozod qilishdi.
- 1945 - Fransiyada birinchi marta ayollarga ovoz berish huquqi berildi.
- 1953 - 33 yoshli Rey Bredberi AQShda mashhur “Farengeyt 451°” kitobini nashr etdi.
- 1958 - Tailandda harbiy to'ntarish.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang.
- 1959 - AN-24 yo'lovchi samolyotining birinchi parvozi.
- 1963 - Fransiya yer osti yadro sinovlarini o'tkazdi.
- 1965 - Indoneziyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi boshlandi.
- 1970 - SSSRda Sportlotoning birinchi tiraji o‘tkazildi.
- 1973 - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dunyodagi eng go'zal binolardan biri bo'lgan Sidney opera teatrini ochdi.
- 1979 - Tehronda talabalar AQSH elchixonasiga hujum qilishdi va 66 kishini garovga olishdi.
- 1993 - Gollandiya hukumati marixuana va gashishni chet ellik sayyohlarga sotishni taqiqlash to'g'risida qaror qabul qildi.
- 1997 - Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag'ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
- 2008 - AQShda prezidentlik saylovida demokrat Barak Obama gʻalaba qozondi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1616 - Tomas Bartolin (1680) - daniyalik anatom, inson limfa tizimini ochgan.
- 1864 - Branislav Nushich (1938) - Serbiyalik yozuvchi va dramaturg.
- 1890 - Jelly Roll Morton (1941) - amerikalik pianist va bastakor, jazning asoschilaridan.
- 1891 - Jeyms Chadvik (1974) - ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1935).
- 1917 - Mahmudjon Gʻafurov (2000) - xonanda (tenor), aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
- 1917 - Shalomaev Aron (2004) - yozuvchi, dramaturg, pedagog.
- 1919 - Mustay Karim - (2005) - boshqird yozuvchisi, Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
- 1926 - Yoqubov Odil – O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985).
- 1942 - Kristiana Nuslayn - Folhard - nemis biologi, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1943 - Abduraim Homidov - usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004).
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1946 - Elfrida Yelinek - Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (2004).
- 1951 - Klaudio Raneri - taniqli italiyalik futbol murabbiyi.
- 1956 - Denni Boyl - Britaniyalik kinorejissyor, "Oskar" mukofoti sohibi.
- 1956 - Yevgeniy Sklyarevskiy - oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger.
- 1958 - Viggo Mortensen - amerikalik aktyor, yozuvchi, fotograf va rassom. 
- 1961 - Yan Rash - uelslik futbolchi, Britaniya futboli tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri.
- 1973 - Dmitriy Alenichev - rossiyalik futbolchi, 2003-yilgi UEFA kubogi va 2004-yilgi Chempionlar Ligasi g'olibi.
- 1988 - Ma Long - xitoylik stol tennisi o‘yinchisi, uch karra Olimpiya chempioni.

BIZ BILAN QOLING!

Kanalga ulanish ⤵️
📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
Bugun 20-oktabr Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavallud topgan kun.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻiston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1944 yilda oʻrta maktabni tugatib, 1945–1950 yillarda harbiy xizmatda boʻldi, sovet-yapon urushida ishtirok etdi.
1951–1956 yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetida oʻqidi, 1955–1959 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, “Literaturnaya gazeta”ning (1959–1963,1967–1970) respublikamiz boʻyicha maxsus muxbiri, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida va respublika kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970–1982) boʻlib ishladi.
Soʻng “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining (1982–1989) bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasining raisi (1989–1996), Oʻzbekiston Atamalar qoʻmitasi raisi va Turkiston xalqlari madaniyati arboblari assambleyasining vitse-prezidenti (1998–2004) lavozimlarida xizmat qildi.
Odil Yoqubovning birinchi yirik asari ‒ “Tengdoshlar” qissasi 1951 yilda bosilib chiqdi.
1956 yilda adibning “Ikki muhabbat” nomli ktiobi nashr etildi. Keyin birin-ketin “Muqaddas” (1960), “Bir felyeton qissasi” (1961), “Qanot juft boʻladi” (1969), “Billur qandillar” (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa” (1969) romani Ikkinchi jahon urushi yillaridagi voqelikni aks ettiradi. Odil Yoqubovning “Qanot juft boʻladi” qissasida shifokorlar, meʼmorlar, ishchilar hayoti tasviri bilan birga ijtimoiy va axloqiy muammolar ham oʻrtaga tashlangan.
“Izlayman” qissasida 1945 yilgi yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks ettiriladi. U maʼlum maʼnoda avtobiografik asar hamdir. Chunki muallifning oʻzi oʻsha voqealarning jonli guvohi boʻlgan.
Yozuvchi “Ulugʻbek xazinasi” romanida (1974) ulugʻ ajdodimiz, buyuk astronom olim Ulugʻbek va uning oʻgʻli Abdullatif oʻrtasidagi ziddiyatlarni koʻrsatib, ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashni tasvirlagan. Romanda Ulugʻbekning isteʼdodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulugʻvor obrazi yaratilgan.
Adibning boshqa bir yirik asari ‒ “Koʻhna dunyo” romanida Oʻrta Osiyoning ikki buyuk allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va ularning fojiali taqdirlari qalamga olinadi. Ikki ulugʻ ajdodimizning jahon ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan buyuk hissalarini koʻrsatishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham “Diyonat” (1973), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) kabi yirik asarlar yaratgan. Agar yozuvchi “Diyonat” romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan gʻolib kelishini koʻrsatgan boʻlsa, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanida turgʻunlik davri illatlarini roʻy-rost gavdalantirib bergan. Uning “Adolat manzili” nomli romanida milliy mustaqillik yoʻlidagi kurash hamda adolatning gʻolib va qutlugʻ yoʻli ulugʻlandi.
Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim” (1956), “Yurak yonmogʻi kerak” (1957), “Chin muhabbat” (1958), “Olma gullaganda” (1960) va boshqa pyesalarning muallifidir. “Diyonat” romani asosida yaratilgan koʻp seriyali videofilm ham muallifga sharaf keltirdi. U mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qildi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov “Ulugʻbek xazinasi” romani uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1994 yilda “Doʻstlik”, 1998 yilda esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Til-millat tafakkurining bebaho xazinasi
Ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir

Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til-millat tafakkurining bebaho xazinasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy –madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston xalq artisti, O’zbekiston Milliy akademik teatri artisti, mohir dublyaj ustasi Afzal Rafiqov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Ozoda Bekmurodovalar ishtirok etib, o‘zbek tilining davlat tili sifatida tutgan o‘rni, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz, boy ma’naviy merosimizga hurmat bilan yondashish zarurligi xususida so‘z yuritdilar. Zangiota tumani Madaniyat bo‘limi “Hosil” xalq maqom ansambli tomonidan kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "O'zbek tilining izohli lug'ati" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Последнее завещание художника"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Веселая переменка"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi"Toʻgʻrisoʻz Ahmad" kitobini oʻqish uchun tavsiya etadi
2025/10/21 02:33:08
Back to Top
HTML Embed Code: