Telegram Web Link
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan. 

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor. 

“Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom. 

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon! 

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga! 

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri
21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr boʼlib sochilgan jarang.
Qulogʼimga goʼdak paytimdan
Аlla boʼlib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib oʼtgan turkiy zabonim.

Bugungi bayram barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

🇺🇿 O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!

Kanalga ulanish ⤵️
📚
www.tg-me.com/zangiota_akm
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

🇺🇿21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni


🕊️
Ona tilimiz – bebaho meros, abadiy qadriyat


O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganining 36 yilligi munosabati bilan Zangiota tumani hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi va “Istiqbol” gazetasi hamkorligida 14- umumta‘lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek tili mavqeini yuksaltirish, uni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bayram mehmonlari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Muhtarama Ulug‘ova,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gulbahor Saidg‘aniyeva, hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, pedagog Nafisa Karimovalar so‘zga chiqib, ona tilimizning bebaho ahamiyati, milliy o‘zligimizni ifoda etuvchi asosiy mezonlardan biri ekani haqida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida o‘zbek tili nufuzini oshirish, uni yosh avlodga sevdirish yo‘lida mehnat qilayotgan bir guruh o‘qituvchilar va faollar Zangiota tumani hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida "HOSIL" xalq ansamblining kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga xushkayfiyat bagʻishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "Malaklar surati" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Русский язык "
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "MUMKINISTON MAMLAKATIGA SAYOHAT" kitobini oʻqish uchun tavsiya etadi
Bugun 22-oktabr 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🇺🇳 Xalqaro duduq insonlar kuni.
🌎 Xalqaro erkaklar asab tizimini ayol zo'ravonligidan himoya qilish kuni.
🌏 CAPS LOCK tugmachasi kuni (Caps Lock Day).
🌏 Kserokopiya tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Yong’oqlar bayrami.
🇦🇺 Avstraliyada vombata kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Santri kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Yoshlar festivali (Jidai Matsuri).
🇷🇺 Rossiya - Oq turna festivali.
🇳🇺 Niue - Peniamina kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1721 - Rossiya imperiyaga aylandi (eski yil hisobida).
- 1730 - Ladoga kanali ochildi.
- 1797 - Jak Garneren havo sharidan parashyutda sakragan birinchi odam bo‘ldi.
- 1842 - Gustav Faberje Sankt-Peterburgda zargarlik ustaxonasi ochdi.
- 1883 - Nyu-Yorkda Metropoliten-opera teatri ochildi.
- 1938 - Chester Karlson kserokopiya apparatini ixtiro qildi.
- 1955 - Kamchatkadagi Bezimyanny vulqonining otilishi.
- 1960 - Kassius Kley (keyinchalik Muhammad Ali) professional ringdagi birinchi jangida g'alaba qozondi.
- 1962 - Karib inqirozi: John Kennedy Kuba blokadasini e’lon qildi.
- 1964 - Fransuz faylasufi va yozuvchisi Jan-Pol Sartr Nobel mukofotidan voz kechdi.
- 1966 - SSSR “Luna-12” sun'iy yo'ldoshini uchirdi.
- 1975 - “Venera-9” sovet kosmik stantsiyasi Venera yuzasiga qo'ndi.
- 1980 - Rim Papasi Galiley ustidan chiqarilgan 1633-yilgi hukmni bekor qildi.
- 1990 - Qirg'izistonning suvereniteti to'g'risida qonun qabul qilindi.
- 1998 - O‘zbekiston Livan bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
- 2001 - Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
- 2001 - tennis yulduzlari amerikalik Andre Agassi va germaniyalik Steffi Graffning to'yi bo‘ldi.
- 2009 - Windows 7 ning rasmiy chiqarilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1811 - List Ferens (1880) - venger kompozitori, pianinochi, dirjyor, pedagog, jamoat arbobi.
- 1844 - Sara Bernar (1923) - Fransuz teatr san'ati tarixidagi eng mashhur aktrisa.
- 1887 - Marshak Samuel (1964) - rus shoiri, 20- asr rus bolalar adabiyoti asoschilaridan.
- 1870 - Ivan Bunin (1953) - Rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1933).
- 1881 - Klinton Jozef Devisson (1958) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1937).
- 1894 - Mey Lanfan - Xitoy operasi afsonasi.
- 1903 - Jorj Uells Bidl (1989) - amerikalik genetik, Nobel mukofoti sohibi (1958).
- 1917 - Joan Fontayn (2013) - amerikalik kinoaktrisa.
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1919 - Murodova Xanifa - xirurg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1969).
- 1919 - Doris Lessing (2013) - ingliz fantast yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibasi (2007).
- 1929 - Lev Yashin (1990) - Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabon, olimpiya (1956) va Yevropa chempioni (1960).
- 1943 - Ketrin Denyov - eng go'zal fransuz aktrisasi.
- 1949 - Arsen Venger - fransuz futbolchisi va murabbiy.
- 1963 - Obid Asomov (2018) - qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1985 - Deontey Uaylder - amerikalik bokschi, WBC yo‘nalishida jahon chempioni (2015 yildan).

Kanalga ulanish⤵️
📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
#Iqtibos

❗️Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.

Abdulla Qahhor (1907-1968),
O’zbekiston xalq yozuvchisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Moviy jomadon loyihasi
Kitob targ’iboti

Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Hayot qoidalari, yashash san'atini o'rgatadi. Tuman aholisi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, adabiy immunitentni oshirish, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida "Moviy jomadon” loyihasi amalga oshirilib, unda yangi nashr etilgan kitoblar moviy jomadonga joylanib “Eshonguzar” mahallasi aholisi o’rtasida targ’ib qilindi Bolalar uchun “Ertakli 365 kun”, “Jahon xalqlari ertaklari”, “Bolalar ensiklopediyasi”, katta yoshdagi kitobxonlar uchun O’. Hoshimovning “Sevgi qissalari”, Z. Masharipovaning “Tamg’a”, N.Hoshimovning “Adashgan avtobus”, Ch.Aytmatovning “Tanlangan asarlar” kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi.
👍1
2025/10/24 16:01:21
Back to Top
HTML Embed Code: