Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "Bolalar uchun jonivorlar ensiklopediyasi" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Чебурашка"
Bugun 14-oktabr 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🌏 Butunjahon kariyessiz kelajak uchun kuni.
🌏 Butunjahon Standartlash kuni.
🌏 Butujahon tuxum kuni.
🌏 Vinni Pux kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇿🇲 Belorusiya - Onalar kuni.
🇬🇪 Gruziya - Mtsxetoba.
🇨🇬 Kongo - Yoshlik kuni.
🇲🇩 Moldova - Kishinyov kuni.
🇵🇱 Polsha - O‘qituvchilar kuni.
🇹🇭 Tailand - Demokratiya kuni.
🇹🇿 Tanzaniya - Nyerere kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ukraina himoyachilari kuni (2015 yildan beri).
🇺🇦 Ukraina - Ukraina kazaklari kuni.
🇾🇪 Yaman - Ozodlik kuni.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1542 - Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) - Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li.
- 1585 - Shuts Genri (1672) - nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi.
- 1644 - Uilyam Penn (1718) - nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi.
- 1873 - Jyul Rimet (1956) - fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54).
- 1890 - Duayt Devid Eyzenxauer (1969) - AQShning 34-prezidenti (1953-1961).
- 1893 - Ip Man (1972) - Xitoy jang san'atlari ustasi, Bryus Lining ustozi.
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1906 - Raymond Devis (2006) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
- 1936 - Habibullayev Poʻlat (2010) - fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
- 1941 - Mamedova Tursunoy (1996) - xonanda, O'zbekiston xalq artisti (1991).
- 1947 - Mo'minov Qodir - raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
- 1955 - Kozim Qayumov - xonanda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
- 1969 - Viktor Onopko - rossiyalik futbolchi va trener.
- 1981 - Shabnam Surayyo - tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri.

BIZ BILAN QOLING!

Kanalga ulanish⤵️
📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
🏆Adabiyot boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofoti vengriyalik adib Laslo Krasnoxorkayga topshirildi.

📝Shved Akademiyasi yozuvchi “apokaliptik terror holatida san’at kuchini yana bir bor tasdiqlovchi jozibali va istiqbolli ijodi uchun” mukofotga loyiq koʻrilganini ta’kidladi.

📚 Muallifning “Satantango”, va “Isyon melanxoliyasi” kabi romanlari mashhur.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Birgalikda kitob o’qiymiz
Kitobxonlik soati

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Bolajonlar qalbida kitobga mehr uyg’otish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida axborot- kutubxona markazi xodimlari 4-maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, jajji kitobxonlar bilan “Birgalikda kitob o’qiymiz” nomli kitobxonlik soati o’tkazdilar. Bolajonlarni katta hayot maktabiga tayyorlaydigan, ularni hali o‘zlari tasavvur qilmagan ezgu bir olamga eltuvchi, ularga hamisha xayolan hamroh bo‘luvchi ham aynan ertaklardir. Kutubxona mutaxassislari tomonidan “Tipratikan va quyon”, “Qizil qalpoqcha”, “Masha va ayiq” ertaklari o’qib berildi. Bolajonlar ertaklarni diqqat bilan tinglab, o’zlari eshitgan ertaklarining qahramonlari haqida so’zlab berdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "Munavvar qorining so’nggi nidosi" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "От хорошего к великому"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi Ivan Turgenovning "Mumu" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Bugun 15-oktyabr 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon qishloq ayollari bayrami.
🌏 Xalqaro kuylash kuni.
🌏 Butunjahon qo'llarni yuvish kuni.
🌏 Xalqaro oqqamish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Shirinliklar kuni.
🇧🇷 Braziliya - O‘qituvchilar kuni. 
🇿🇲 Belarusiya - Farmatsevtika va mikrobiologiya sanoati xodimlari kuni.
🇮🇳 Hindiston - "Dashahra" festivali.
🇮🇳 Hindiston - Talabalar kuni.
🇫🇷 Fransiya - Aka-uka Lyumerlar nomidagi kinofestival kuni.
🇲🇼 Malavi - Onalar kuni.
🇹🇳 Tunis - Evakuatsiya kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka - Daraxt ekish kuni.
🇨🇱 Chili - Bobolar va buvilar kuni.

👉 TAVALLUDLAR:

- Mil. av. 99 - Tit Lucretsiy Car mil. av. 55) - qadimgi Rim shoiri va faylasufi.
- Mil. av. 70 - Publiy Verjiliy Maron (mil. av. 19) - qadimgi rim shoiri.
- 1608 - Evangelista Torrichelli - italiyalik matematik va fizik, simob barometrini ixtiro qilgan.
- 1897 - Ilya Ilf (1937) - sovet yozuvchisi, jurnalist va ssenariynavis.
- 1814 - Mixail Lermontov (1841) - rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg va rassom.
- 1844 - Fridrix Nitsshe (1900) - nemis faylasufi, filologi, shoiri.
- 1855 - Ivan Michurin (1935) - rus amaliyotchisi, seleksioneri, mevali va boshqa o'simliklar ilmiy selksiyasi asoschisi.
- 1905 - Kozlovskiy Aleksey (1977) - kompozitor, dirijyor, O'zbekiston xalq artisti (1955).
- 1908 - Mirzakalon Ismoiliy (1986) - yozuvchi, tarjimon. 
- 1913 - Saidkarim Ziyodullayev - iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1973).
- 1915 - Hakim Nazir (2008) - bolalar adibi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1984). 
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1916 - Ibrohim Rahim (2001) - taniqli yozuvchi va jurnalist, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966). 
- 1929 - Obidov Abdurahim - mikrobiolog - immunolog olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000).
- 1968 - Dide Desham - fransuz futbolchisi va murabbiyi, jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni, jahon chempioni (2018) (Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida).
- 1976 - Nikolay Baskov - Rossiya estrada va opera xonandasi.
- 1977 - Devid Trezege - fransuz futbolchisi, jahon (1998) va Yevropa chempioni (2000).
- 1988 - Mesut O'zel - turkiyalik nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).

BIZ BILAN QOLING!

Kanalga ulanish⤵️
📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
Bugun 15-oktabr MIRZAKALON ISMOILIY tavallud topgan kun.
Taniqli adib va mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yil 15 oktyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. U dastlab qishloq maktabida o‘qidi, keyin shahar maktab-internatida tarbiya oldi. Toshkentga kelib, o‘zbek erkaklar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928 - 1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.Mirzakalon Ismoiliyning dastlabki ijodi “Sakkizinchi mart xotin-qizlar ozodligi” nomli kichik pyesadan boshlangan. Ushbu pyesa 1927 yilda nashr etildi. U O‘zbekiston Davlat nashriyotida (1932 - 1937), Toshkent kinostudiyasida (1937 - 1938), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1939), “Qizil O‘zbekiston” gazetasida (1948 -1949) va “Sharq yulduzi” jurnalida (1949 - 1950) ishladi.Adib ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. U 1942 yilda frontga jo‘nab, 1947 yilgacha harbiy xizmatda bo‘ldi. “Qizil Armiya” nomli front gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari, harbiy muxbir bo‘lib ishladi. Yozuvchi va jangovar jurnalist sifatida faoliyat ko‘rsatdi.Urushdan keyingi yillarda ham, adib samarali ijod qildi. Jumladan, “Ozod inson haqida qo‘shiq” nomli novellalar to‘plami, odob-axloq bobida “Inson husni” nomli kitobchani nashr ettirdi. Shuningdek, u “Keng maydonlar” pyesasining (1948), qator ocherklarning muallifi hamdir. Jumladan, “Vatanga muhabbat”, “Gvardiyachi”, “Gulxan yonida”, “Yorqin kunlar sari”, “Zifo”, “Ikki kecha-yu, ikki kunduz”, “Ozodlik gulini hidlagan kishi”, “Sening amring” kabi ocherklari diqqatga sazovor.Mirzakalon Ismoiliy 1950 yil 30 noyabrda qatag‘onga uchrab hibsga olingan. 1955 yil noyabrda gunohsiz topilib ozodlikka chiqarilgan. Jumladan, “Farg‘ona tong otguncha” romanini yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga sayqal berib, nashrga tayyorladi. Romanda Oktabr to‘ntarishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirlagan. Roman o‘zining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan 60-yillar o‘zbek nasri ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Mirzakalon Ismoiliy yoshlar hayotini aks ettiruvchi “Bizning roman” (1963), ma’naviyat yog‘dularini sharaflovchi “Odamiylik qissasi” (1965) kabi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan kitobxonlar e’tiborini qozondi.“Odamiylik qissasi”da yozuvchi odob, axloq to‘g‘risida hikoya qiladi.Mirzakalon Ismoiliy “Qizlar daftariga” (1980), “O‘zingdan ko‘r” (1986), “Inson husni” (1989) kabi asarlarida ham yoshlar axloqi, oilada totuvlik va o‘zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritadi.Mirzakalon Ismoiliy dastlab Lev Tolstoyning “Tirilish” romanini 1938 yilda, keyinchalik shu yozuvchining “Anna Karenina” romanini o‘zbekchaga o‘girdi.U jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.Mirzakalon Ismoiliy O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1983) unvoniga sazovor bo‘lgan. Jumladan, M.Sholoxovning “Inson taqdiri”, N.Ostrovskiyning “Bo‘ron bolalari”, Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”, Servantesning “Don Kixot” kabi asarlarini o‘zbek kitobxonlariga tuhfa etdi.
Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1986 yil 5 mayda vafot etgan.

www.tg-me.com/zangiota_akm
Bugun 15-oktabr Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tavallud topgan kun.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi.
1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.
Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.
Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.
Hakim Nazirning adabiy faoliyati oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan eʼtiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, doʻstlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.
Adibning “Besh baho” (1955), “Choʻl havosi” (1958), “Yaxshi nom” (1962), “Meni taniysizmi?” (1963), “Bolajonlarim” (1964), “Ali bilan Sher” (1971), “Bir ogʻiz soʻz” (1982) kabi koʻplab asarlari shu jihatdan xarakterlidir.
Hakim Nazirning “Koʻkorol chiroqlari” (1954), “Yonar daryo” (1966), “Kenjatoy” (1976), “Tohir Zuhra qissasi” (1985) hamda “Dadamni topib beringlar” (1991) nomli qissalarida yoshlarning boy, begʻubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga boʻlgan munosabatlari ifoda etilgan. Yozuvchining “Lochin qanotlari” (1973) romani oʻzbek bolalar va oʻsmirlar adabiyotida kam yoritilgan urush mavzusiga bagʻishlangan.
Hakim Nazir dramaturg sifatida “Chiranma gʻoz, hunaring oz” pyesasi bilan oʻzbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshdi. Asar koʻp yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida muvaffaqiyatli namoyish etildi.
Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoya, ocherk va qissalar ham yetakchi oʻrinni egallaydi. “Musobaqadoshlar” (1950), “Odamning qadri” (1958), “Oʻtlar tutashganda” (1960), “Onaizor” (1961), “Aziz odam” (1964), “Shoshilinch telegrammalar” (1987) kabi hikoya va ocherklardan iborat toʻplamlari, “Suv gadosi oqpadar dengizni boshlab keldi” (1962) va “Koʻkterak shabadasi” (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.
Hakim Nazir tavalludining 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik (1969–1970), 60 yilligi oldidan besh jildlik “Tanlangan asarlar”i (1977–1981) chop etildi. Yozuvchining 80 yilligiga bagʻishlangan, memuar janriga mansub ikki yangi kitobi bosildi ‒ biri “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlari” xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa “Yodimdasiz, azizlarim” (1995) esdaliklaridir.
Hakim Nazirning oʻnlab kitoblari rus, qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulgʻor, chex, moʻgʻil tillariga oʻgirilgan, alohida kitoblar holatida nashr etilgan.
Adib asarlarining umumiy tiraji ‒ sanogʻi bir yarim milliondan oshadi.
Hakim Nazir besh jildlik “Tanlangan asarlar”i, bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ijodining maʼnaviy-madaniy hayotimizdagi nufuzi uchun Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1981). Unga “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berildi (1994). Shuningdek, adib Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro diplom bilan ham mukofotlangan (1984).
2000 yilda oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Hakim Nazir “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.
 
2025/10/22 17:03:33
Back to Top
HTML Embed Code: