Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Последнее завещание художника"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Веселая переменка"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi"Toʻgʻrisoʻz Ahmad" kitobini oʻqish uchun tavsiya etadi
Bugun 20-oktyabr 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon statistika kuni.
🌏 Butunjahon aviadispetcherlar bayrami.
🌏 Xalqaro talabalar kuni.
🌏 Xalqaro oshpazlar kuni.
🌏 Xalqaro osteoporozga qarshi kurash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Yoshlarga ishonch bildirish kuni.
🇬🇹 Gvatemala - Inqilob kuni.
🇰🇪 Keniya - Qahramonlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Energiteklar kuni.
🇷🇸 Serbiya - Belgrad ozod qilingan kun.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy aloqachilar kuni.
🇨🇿 Chexiya - Daraxt ekish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ko'krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni.
🇻🇳 Vetnam - Vetnam ayollari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1517 - Portugal zodagoni Fernand Magellan Ispaniya tojiga xizmat qilish uchun Sevilya shahriga keldi.
- 1737 - „San-Karlo“ opera teatri ochildi.
- 1774 - Amerika Qit’a Kongressi Buyuk Britaniya bilan savdoga iqtisodiy embargo qo'ydi.
- 1794 - Pragaga hujum.
- 1818 - Angliya va Amerika Kanada va AQSH o‘rtasida 49-parallel kenglikni chegara sifatida o‘rnatishdi.
- 1822 - Angliyada "Sunday Times" ning birinchi soni nashr etildi.
- 1827 - Navarino dengiz jangi bo'lib o'tdi.
- 1923 - Tadbirkor Leo Dekker mustaqil Lotaringiya respublikasini e’lon qildi.
- 1943 - Toshkentdagi Hazrati imom majmuasida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi ochildi va Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon idora raisi etib saylandi.
- 1944 - Sovet armiyasi va yugoslav partizanlari Yugoslaviya poytaxti Belgradni ozod qilishdi.
- 1945 - Fransiyada birinchi marta ayollarga ovoz berish huquqi berildi.
- 1953 - 33 yoshli Rey Bredberi AQShda mashhur “Farengeyt 451°” kitobini nashr etdi.
- 1958 - Tailandda harbiy to'ntarish.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang.
- 1959 - AN-24 yo'lovchi samolyotining birinchi parvozi.
- 1963 - Fransiya yer osti yadro sinovlarini o'tkazdi.
- 1965 - Indoneziyada kommunistlarning ommaviy hibsga olinishi boshlandi.
- 1970 - SSSRda Sportlotoning birinchi tiraji o‘tkazildi.
- 1973 - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dunyodagi eng go'zal binolardan biri bo'lgan Sidney opera teatrini ochdi.
- 1979 - Tehronda talabalar AQSH elchixonasiga hujum qilishdi va 66 kishini garovga olishdi.
- 1993 - Gollandiya hukumati marixuana va gashishni chet ellik sayyohlarga sotishni taqiqlash to'g'risida qaror qabul qildi.
- 1997 - Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag'ishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.
- 2008 - AQShda prezidentlik saylovida demokrat Barak Obama gʻalaba qozondi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1616 - Tomas Bartolin (1680) - daniyalik anatom, inson limfa tizimini ochgan.
- 1864 - Branislav Nushich (1938) - Serbiyalik yozuvchi va dramaturg.
- 1890 - Jelly Roll Morton (1941) - amerikalik pianist va bastakor, jazning asoschilaridan.
- 1891 - Jeyms Chadvik (1974) - ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1935).
- 1917 - Mahmudjon Gʻafurov (2000) - xonanda (tenor), aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1950).
- 1917 - Shalomaev Aron (2004) - yozuvchi, dramaturg, pedagog.
- 1919 - Mustay Karim - (2005) - boshqird yozuvchisi, Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
- 1926 - Yoqubov Odil – O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985).
- 1942 - Kristiana Nuslayn - Folhard - nemis biologi, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1943 - Abduraim Homidov - usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004).
Sara kitoblar kanalidan olindi
- 1946 - Elfrida Yelinek - Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (2004).
- 1951 - Klaudio Raneri - taniqli italiyalik futbol murabbiyi.
- 1956 - Denni Boyl - Britaniyalik kinorejissyor, "Oskar" mukofoti sohibi.
- 1956 - Yevgeniy Sklyarevskiy - oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger.
- 1958 - Viggo Mortensen - amerikalik aktyor, yozuvchi, fotograf va rassom. 
- 1961 - Yan Rash - uelslik futbolchi, Britaniya futboli tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri.
- 1973 - Dmitriy Alenichev - rossiyalik futbolchi, 2003-yilgi UEFA kubogi va 2004-yilgi Chempionlar Ligasi g'olibi.
- 1988 - Ma Long - xitoylik stol tennisi o‘yinchisi, uch karra Olimpiya chempioni.

BIZ BILAN QOLING!

Kanalga ulanish ⤵️
📚 www.tg-me.com/zangiota_akm
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

ONA TILIM O‘LMAYDI

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan. 

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor. 

“Vaʼzingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom. 

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon! 

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga! 

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”. 

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb sanʼat, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Erkin Vohidov,
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri
21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr boʼlib sochilgan jarang.
Qulogʼimga goʼdak paytimdan
Аlla boʼlib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib oʼtgan turkiy zabonim.

Bugungi bayram barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

🇺🇿 O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!

Kanalga ulanish ⤵️
📚
www.tg-me.com/zangiota_akm
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

🇺🇿21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kuni


🕊️
Ona tilimiz – bebaho meros, abadiy qadriyat


O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganining 36 yilligi munosabati bilan Zangiota tumani hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi va “Istiqbol” gazetasi hamkorligida 14- umumta‘lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek tili mavqeini yuksaltirish, uni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bayram mehmonlari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Muhtarama Ulug‘ova,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gulbahor Saidg‘aniyeva, hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, pedagog Nafisa Karimovalar so‘zga chiqib, ona tilimizning bebaho ahamiyati, milliy o‘zligimizni ifoda etuvchi asosiy mezonlardan biri ekani haqida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida o‘zbek tili nufuzini oshirish, uni yosh avlodga sevdirish yo‘lida mehnat qilayotgan bir guruh o‘qituvchilar va faollar Zangiota tumani hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida "HOSIL" xalq ansamblining kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga xushkayfiyat bagʻishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "Malaklar surati" nomli kitobni oʻqish uchun tavsiya etadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зангиатинский информационно-библиотечный центр предлагает прочитать книгу "Русский язык "
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi "MUMKINISTON MAMLAKATIGA SAYOHAT" kitobini oʻqish uchun tavsiya etadi
2025/10/22 03:07:34
Back to Top
HTML Embed Code: