Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZARMED Universiteti IT-talabalari amaliyotda 💻

ZARMED Universitetining Axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazmoqda — ular School 21 IT maktabida bilimini yanada chuqurlashtirish va amaliy tajriba orttirish uchun qatnashmoqda! 🚀

Bu jarayon orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlamoqda, balki real loyihalarda ishtirok etib, zamonaviy IT muhitida ishlash tajribasini ham qo‘lga kiritishyapti. 🔥

Amaliyot jarayonlari va talabalarimiz fikrlari bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin.

➡️ На русском языке
➡️ See in in English

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
144🤩4🥰2👍1
🇺🇿 O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zbek tili qadriyatlarimiz va o‘zligimizning ajralmas qismidir. Xalqimizning ruhi, g‘urur va iftixori bo‘lgan tilimiz doim barhayot bo‘lsin.

Kelajakda bu tilda so‘zlashuvchilar, uni hurmat qiluvchilar va boyituvchilar soni yanada ko‘payishiga tilakdoshmiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39🕊10🎉9🫡4🥰2👍1🏆1😇1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZARMED Universitetida “ZAKOVAT QUIZ – 2025”

🎓 ZARMED Universitetining Samarqand kampusi bu safar haqiqiy intellektual maydonga aylandi! “ZAKOVAT QUIZ – 2025” bellashuvi doirasida turli ta’lim muassasalari va tashkilotlardan tashrif buyurgan 40 ga yaqin jamoa o‘z aql-zakovati, tezkor fikrlashi va jamoaviy ruhini sinovdan o‘tkazdi.

🎙 Bellashuv boshlanishida ZARMED Universiteti rektori Shukurlayev Dilshod Dalerovich so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va yoshlarning bilimga chanqoqligi, tafakkurini sinovdan o‘tkazuvchi bunday loyihalar ta’lim muhitida ijobiy o‘zgarishlar yaratishini alohida ta’kidladi.

Yakunda eng faol va bilimdon jamoalar sertifikat hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ammo bu kechada eng katta yutuq — g‘oliblik emas, balki yangi tanishuvlar, fikr almashish va bir maqsad yo‘lida birlashgan yoshlarning ijobiy ruhi bo‘ldi. 🔥

➡️ На русском языке
➡️ See in in English

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥8👍3👏3👌21🥰1
🧨 Zakovat Quiz'da yangi mavsum o'yinlari boshlandi!

ZARMED Universitetining Samarqand kampusi “ZAKOVAT QUIZ – 2025” bellashuvi doirasida turli ta’lim muassasalari va tashkilotlardan tashrif buyurgan 40 ga yaqin jamoa ishtirokidagi energiya va emotsiyalarga boy o'yinga mezbonlik qildi.

Bellashuvning takrorlanmas lahzalarini suratlar orqali sizga ham ilindik. 📸

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
217
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Talabalik hayotingiz film bo‘lsa, nomi qanday bo‘lardi?

ZARMED Universiteti talabalari bu savolga o‘ziga xos, kulgili va kutilmagan javoblar berishdi )

Ushbu so‘rovnomada qanday javoblar olganimizni yuqoridagi videodan ko‘rishingiz mumkin. 😉

Ha, aytgancha siz ham bu savolga javobni o‘ylab ko‘ring va film nomini izohda yozib qoldiring

➡️ На русском языке
➡️ See in English

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩18👍1083🥰3🏆3😇2
🏅 ZARMED Universiteti talabasi Osiyo chempioni

Joriy yilning 16–19-oktabr kunlari Buxoro shahrida Osiyo mamlakatlari o‘rtasida “Combat Jiu-Jitsu” yagona jang san’ati bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu chempionatda ZARMED Universiteti talabasi Mirfayz Sharopov ham ishtirok etib, o‘z vazn toifasida raqiblarini mag‘lub etdi va Osiyo chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi. 🏆

Bu g'alaba nafaqat Mirfayzning, balki butun ZARMED Universitetining ham ulkan yutug‘idir. Mirfayzni ushbu g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! 💪

➡️ На русском языке
➡️ See in English

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍14👏6🥰4🔥3🤩2🎉1
2025/10/22 18:47:45
Back to Top
HTML Embed Code: