Telegram Web Link
🚀 ZARMED Universiteti mahalliy hamkorliklarni kengaytirishda davom etmoqda

G‘ijduvon tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ZARMED Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. ✍️

☑️ Ushbu kelishuv doirasida
• Dual ta’lim asosida "ham o‘qish, ham ishlash” tizimini joriy etish;
• maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlarga oliy ma’lumot olish imkonini yaratish kabi qator masalalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.


⚡️ Mazkur hamkorlik hududda ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

📞 55-704-70-70 | @zarmedqabulbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
425🔥9👍85🏆3
🔥 ZARMED Universiteti hamkorliklarni kengaytirishda jadal davom etadi

Buxoro Transport va Qurilish Texnologiyalari Texnikumi hamda ZARMED Universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdir.

Ushbu kelishuv doirasida:
• tajribali mutaxassislar tomonidan seminar va treninglar tashkil etish,
• talabalarga qiziqarli va foydali amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
• ilmiy-tadqiqot ishlari hamda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarda kelishuvga erishildi.


Mazkur memorandum ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, O‘zbekistonda tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga yangi imkoniyatlar yaratadi. 🚀

🫡 ZARMED Universiteti kelgusida ham talabalarning bilim va salohiyatini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi.

📞 55-704-70-70 | zarmeduniver.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16146🤩4🎉2🫡2👍1
📚 Buxoro kampusi rektori talabalar bilan uchrashdi

ZARMED Universitetida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan Buxoro kampusi rektori Xamrayev Mirali Muhammadjonovich dars jarayonlari bilan tanishdi hamda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor:
Talabalarga yangi o‘quv yilidagi yangiliklarni tanishtirdi;
Ta’lim jarayonida faol bo‘lishga undadi;
Ilm olishda intilish va mehnatsevarlik muhimligini ta’kidladi.

🎓 Biz ishonamizki, talabalarning bilimga chanqoqligi va ustozlarning fidoyiligi bilan yangi o‘quv yili sermahsul va yutuqlarga boy bo‘ladi!

➡️ На русском языке
➡️ See in English

@zarmeduni | 55-704-70-70
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1713🥰6🤩3
2025/10/22 16:01:41
Back to Top
HTML Embed Code: