Xayrli tong, azizlar!

Niyating toʻgʻri boʻlsin


Luqmoni hakimning qoʻli ochiqligi, soʻraganga qarz berib, yozib qoʻymasligini bilgan bir kishi olgan qarzini qaytarib bermaslik niyati bilan undan ming tanga oltin oldi.

Yoʻlda dam olgani oʻtirib, pulni qizil rangli bir matoga oʻrab qoʻydi. Bir qush uni goʻsht xayol qilib olib qochdi va Luqmonning uyi ustidan uchib oʻtayotganida tumshugʻidan tushirib yubordi. Luqmon oʻzi bergan oltinlarni tanib, olib qoʻydi.

Haligi odam kelib, yana shu niyat bilan ming tanga oltin oldi. Lekin anhordan kechib oʻtayotganida uni suv olib ketdi. Anhor Luqmonning uyi yonidan oʻtar edi. Luqmon oltinni tanib, yana olib qoʻydi.

Oʻsha odam uchinchi marta qaytarmaslik niyatida ming tanga oltin olib, uni ham bir sabab bilan yoʻqotdi.

Toʻrtinchi marta nihoyat, savdo-sotiq bilan shugʻullanish va foyda koʻrsa, Luqmonga toʻrt ming qilib qaytarish niyati bilan ming tanga oltin soʻradi.

Bu gal foyda koʻrdi va Luqmonga toʻrt ming tanga oltin olib keldi, Luqmon ming tangani olib, qolganini qaytarib berdi.

@Zarnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 Tonggi tarona

🎼 “Gulnora”.

🎬 Xayrulla Lutfullayev ijrosida.


@Zarnews_uz
Oʻzbekistonda jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Ulardan xorijiy investitsiya va kreditlarning hajmi 73,8 trln. soʻmni tashkil etdi.

@Zarnews_uz
3-may - Jahon matbuot erkinligi kuni: Bu sana qachondan buyon nishonlanadi?

1993-yilda BMT Bosh Assambleyasida 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.

Oʻshandan buyon har yili 3-may kuni dunyo boʻylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.

Har yili shu kun munosabati bilan BMT dunyo davlatlaridagi matbuot erkinligi hisobotini eʼlon qiladi.

YUNESKO esa shu kunda dunyo jurnalistlari orasidan oʻzining dolzarb maqolalari bilan matbuotda chiqish qilgan bir nafar jurnalistni maxsus mukofot bilan taqdirlaydi. Mukofot jamgʻarmasi 25 ming AQSH dollaridan iborat. Bu mukofot 1997-yilda, kolumbiyalik jurnalist Gilyermo Kano oʻldirilishi ortidan joriy qilingan.

@Zarnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 "China Construction International" компанияси Ширин шаҳарчаси қурилишида иштирок этиш истагини билдирмоқда.

———

📹 “China Construction International” kompaniyasi Shirin shaharchasi qurilishida ishtirok etish istagini bildirmoqda.

@Zarnews_uz
Бешта ташкилотга 295 миллион сўм

Халқ депутатлари вилоят Кенгаши ҳузуридаги нодавлат нотижорат ташкилотлари ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш бўйича Жамоат фонди томонидан ўтказилган навбатдаги танлов натижалари эълон қилинди.

————

Beshta tashkilotga 295 million soʻm

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tanlov natijalari eʼlon qilindi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/3sz

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Барча туман ва шаҳарларнинг 4-сектор раҳбар ва котиблари Тойлоқда йиғилди

Тойлоқда туманнинг 4-сектор ҳудудларида секторлар фаолиятини сифат жиҳатидан яхшилаш ҳамда ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасида амалга оширилаётган ишлар натижадорлигига қаратилган семинар бўлиб ўтмоқда.

Унда вилоят cолиқ бошқармаси бошлиғи, вилоят 4-сектор раҳбари Элёр Толлиев, вилоятдаги туман ва шаҳарлар 4-сектор раҳбарлари, уларнинг котиблари ҳамда соҳага тегишли масъуллари Тойлоқ тажрибаси билан танишмоқда.

Дастлаб семинар иштирокчилари туманнинг Навбаҳор маҳалласида жойлашган Ад-Дорамий зиёратгоҳида бўлиб, бу ерда 10 минг намозхонга мўлжаллаб қурилаётган масжидда амалга оширилаётгин ишларни кўрди. Қуръон тиловат қилинди.

Шундан сўнг бир неча маҳалла, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган фуқаролар объектлари ва корхоналарда бўлиб, тажриба алмашишди.

@Zarnews_uz
Қирғизистонда “Манас” достонини ижро этиш учун жамланган болалар устига юриб кетган автоулов ҳолати юзасидан жиноят иши қўзғатилди

————

Qirg‘izistonda “Manas” dostonini ijro etish uchun jamlangan bolalar ustiga yurib ketgan avtoulov holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/wcg3

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Жума_ўгитлари

Умматлик бахтидан маҳрум бўлманг!

🎤  Зайниддин Эшонқулов, вилоят бош имом-хатиби

———
🌙 Juma_oʻgitlari

Ummatlik baxtidan mahrum boʻlmang!

🎤  Zayniddin Eshonqulov, viloyat bosh imom-xatibi

@Zarnews_uz
2024/05/03 08:38:31
Back to Top
HTML Embed Code: