Telegram Web Link
Mubashshir Ahmad domla haqiqatan ham bugungi kundagi yagona diniy lider!

“Mubashshir domla davlat va siyosatga kirib kela oladigan yagona lider edi, deyishdan maqsad, uni ko‘proq muddatga qamanglar, iloji bo‘lsa, qaytib chiqmasin, undan bag‘oyat ehtiyot bo‘linglar, degan sha’ma emasmi?!”

“Mubashshir domla sodda edilar, shu soddaliklaridan foydalanishib, u kishini o‘z maqsadlarida gapirtirishdi, din olimini siyosiy qurolga aylantirmoqchi bo‘lishdi, natijada yana bular suvdan quruq chiqdi, domla esa qamaldi!”

Menimcha, domlani “lider” deb ta’riflash emas, aynan shu kabi “soddalik qilib falon g‘arazgo’ylarning nog‘orasiga o‘ynadi”, degan ma’nodagi gaplar domlaga katta zarar keltiradi.

Chunki domlaning lider ekani kundek ravshan ko‘rinib turibdi. Nafaqat O‘zbekistonda, hattoki Turkiyada ham u kishining masalasiga alohida e’tibor qaratilgani shuni ko‘rsatyapti. Shogirdlari ham keng jamoatchilikni befarq bo‘lmaslikka chaqirib turibdilar.

Qolaversa, liderlar ham har xil bo‘ladi: xalqni hukumatga qarshi qayraydigan radikal liderlar va xalq bilan hukumat o‘rtasini sozlashga urinadigan muslih liderlar. Masalan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shunday muslih liderlardan edi. Alloh u kishini rahmat qilsin. Mubashshir domla ham ana shunday muslih liderlardan, deb o‘ylayman.

Lekin bir narsa aniqki, domla hech qachon birovlarning nog‘orasiga o‘ynamagan, hech bir odam, hech bir guruh u kishini o‘zining maqsadi yo‘lida gapirtira olmagan. “Falon guruh yoki falon odam o‘zining maqsadida gapirtirdi”, deyish — domla ham bilib-bilmay o‘sha guruhga xizmat qilgan, degan ma’noni anglatadi. Mubashshir domla laqma odam emasligini hamma biladi!

Domla har doim mustaqil fikrga ega bo‘lgan. Domlaning maqsadi xalq bilan hukumatni birlashtirish bo‘lgan. Xalqqa ham, hukumatga ham birdek foydali o‘rta yo‘lni izlash, qidirish bo‘lgan. Hattoki qamalganidan keyin ham shu yo‘lda barqaror turdi. “Men tufayli xalq bilan hukumat o‘rtasida kelishmovchilik, tushunmovchilik yuz bermasin”, deb xavotirda turdi. Sud ozodlikdan mahrum qilish qarorini o‘qiganidan keyin esa Azon Global faoliyati to‘xtatilgani haqida xabarlar chiqdi.

Mana shular domlaning o‘ta mustaqil bo‘lganini, hech bir guruh maqsadiga xizmat qilmaganini ko‘rsatmaydimi?

Domlaning ozod qilinishi xalqqa ham, hukumatga ham ko‘p foydalar keltiradi, deb o‘ylayman. Advokatlari apelatsiya ishlarini boshlaganlariga va domlaning tezroq ozod bo‘lishiga umid bog‘lab, Allohdan so‘rab turibman.
Domlaga Alloh najot bersin!
94💯4
2025/10/20 07:30:14
Back to Top
HTML Embed Code: