Ibn Haldun aslida kim?
Soʻngi vaqtlarda oramizda mashhur boʻlayotgan Muqaddima asari muallifi hisoblanmish Ibn Haldun aslida kim? Hoʻsh bilishni istaysizmi? Va yana bir savol bilganingizdan keyin ham Muqaddima asariga yana qiziqish bildira olasizmi? Ilmiy tolerantlikni saqlay olasizmi?
Ibn Haldun 1332- yil 27-mayda Tunisda tugʻiladi. Uning hayotiga yuzlansak, hayotiga doir eng ishonchli manba oʻzi yozgan biografik asari- ‘’at-Ta’rif’’ hisoblanadi. Ushbu asarida Ibn Haldun oʻz ajdodlarini Yamanning Hadramut joyidan ekanini iddao qiladi. Uning ajdodlari VIII asr oxirida Andalus (Ispaniya) ga koʻchib kelishgan. Muvahhidlar va Murobitlar davlatida yuqori lavozimlarda ishlashgan. XII asrda esa Tunisga koʻchib kelishgan va oradan hech qancha oʻtmay Ibn Haldun dunyoga kelgan. Otasi ham Tunisda vazir lavozimidia ishlagani bois, yoshlikdan yaxshi ilm topishi uchun ragʻbat topadi. Tunis, Fes, Magʻrib da ta’lim va ish faoliyatini olib borgan.
7 qiroat boʻyicha Muhammad ibn Bazzoli Ansoriydan saboq olgan. Adabiyot boʻyicha Shayx Abu Abdulloh ibn Bahrdan oʻrgandi. Fiqh va Hadis ilmini ibn Jobir, ibn Abdulloh Jayyonilardan (Jayyoniy imom Molikning Muvatto asari boʻyicha ta’lim bergan, va Ibn Haldunni ushbu asarini yod olganini qayd etgan) oʻrgangan. Falsafa ilmini esa ibn Abiliydan oʻrgandi.
Ibn Abiliyga biroz e’tibor qaratsak, Ibn Abiliy (1282-1356) manbalarga koʻra, faylasuf va matematik. Falsafani ibn Bannodan oʻrgangan(ibn Banno esa ibn Rushddan), matematikani esa ismi keltirilmagan Fes shahrida yashagan bir yahudiy matematik olimdan oʻrgangan. Ibn Abiliyga e’tibor beriladigan jihat shundaki, tah. 1325-yillar atrofida bir qator shia ustozlari bilan Karbaloni ziyorat etgan, va bir qancha vaqt bu yerda yashab qolgan. Ikkinchidan, falsafani ibn Bannodan oʻrganishi va u ibn Rushd falsafasiga bogʻlanishi, ibn Haldunni ham bebahra qoldirmagan(bunga pastroqda batafsil toʻxtaymiz).
Tasavvuf boʻyicha ustozlari. Oʻz davrida Granada (Andalus)bosh vaziri hisoblangan ibn Xatib ibn Haldunning tasavvuf ilmida asosiy ustozi hisoblanadi. Biroq, ibn Hatib 1374-yilda zindiqlik, dahriylikda ayblanib qatl etilgan.
Ibn Haldun falsafik qarashlarida asosan, ibn Rushdning, ibn Sinoning, al-Farobiyning qarashlaridan ilhomlangan. Asosiy bogʻliqligi ibn Rushd qarashlarining mantiqan davomidir. Hoʻsh bu qarashlar qanday edi?
Ular tomonidan ilgari surilgan ezgulik va yovuzlik tamoyili tabiatiga ko'ra uning panteistik qarashlariga, ya'ni xudoni, aynan unda mavjud bo'lgan qonuniyatlarni buza olmaydigan taqozalanishining tabiiy tizimini belgilovchi ramz sifatida ifodalovchi qarashlariga mos keladi. U tomonidan taklif qilingan, insonlar harakatlarida kuzatiladigan ezgulik va yovuzlikni izohlashga xuddi shu kabi yondashiladi: uning davrida bu muammoni insonni bu dunyoda sodir etgan ishlari uchun u dunyoda javobgarligi va Alloh marhamati bilan chambarchas bog'liklikda o'rganilgan. Va bu ularning fikricha erkinlik va zarurat nisbatiga ziddir.
Qisqacha qilib aytganda, umumiy falsafiy qarashi Panteistik nazariyadir. Unga koʻra, olam(tabiat) va Xudo(yaratguvchi) ayni birdir. Bu falsafik qarashni asosan Ibn Rushd eng koʻp shakllantirgan va rivojlantirgan boʻlib, ibn Haldun, ibn Sino va boshqalar oʻz falsafasida davom ettirgandir.
Ibn Haldun inson ibtidosining hayvonot olami ichida bo’lgan vaqtini yovvoyilik(tavaxxush) deb atagan. Inson tabiati qo’ynida faoliyat yuritar ekan, kichik jamiyatlarga (ijmo) uyushib yashashni boshlashdi. Ijmo bu jamiyat, u o’z taraqqiyoti davrida ikki bosqichni ibtidoiylikni (badaviya) va tamaddun (hadaro) bosqichlarini bosib o’tadi. (Ayni shu qarashini ayrim joylarda, Darvinning evolutsiya qarashiga tenglashtirishdi, lekin bu farq qiladi).
Ibn Haldunning falsafiy qarashlariga eng yaxshi tarifni Muhsin Mahdiy keltirgan, meningcha. Mahdiyning fikricha, Ibn Xaldun yunon falsafasi izdoshidir.
ibnul Zohid
@zarvaraqq

Ibn Haldunning ustozlari

Ibn Haldunning Falsafiy qarashlari.

👍16⚡3❤3👎2
Jorj Oruelning “Molxona” asarida ozodlik va tenglik degan balandparvoz soʻzlarga aldangan hayvonlar fermada inson boshqaruviga barham berishadi. Oqibatda esa insonlardanda yomonroq, tuban choʻchqalar hukumronligi ostida qolishadi.
Oruelning mahorati shundaki u majoziy oʻxshatish orqali jamiyat qiyofasini, insonlar xarakterini ochib bergan.
Masalan, qoʻylar bu - tafakkur yuritmaydigan, shiorlarga aldanib yuradigan olomon.
Tovuq va sigir mazlum jamoa.
Ot- mavjud tuzum qachondir yaxshi boʻlishidan umid qilib oxirigacha ter toʻkib ishlovchi mehnatkash.
Eshshak barcha narsani tushunsada, ammo biror narsani oʻzgartirishga qodir boʻlmagan kimsa.
Voqeylikni anglash uchun albatta “Molxona” asarini topib oʻqish shart emas...
Tanatoz

👍20⚡4🕊4🔥1
Inqilob Buxoroni vayron qildi. Men bunda oʻzimni ayblayman. Endi millatni asrang, u vatanni qayta qura oladi.
Fayzulla Xoʻjayev
@zarvaraqq
Fayzulla Xoʻjayev
@zarvaraqq
👍11😢10⚡3🔥1
Forwarded from Roʻzimatov Mirzabek
🏰 TEMURIYLAR TARIXI – BUYUK SALTANATNING MEROSI! 🏹
📜 Amir Temur va Temuriylar davlati haqida unutilmas ma'lumotlar!
🔹 Sirli tarixiy faktlar
🔹 Temuriylar davridagi buyuk g‘alabalar va yutuqlar
🔹 Ilm-fan, madaniyat va siyosatning oltin asri
Agar siz buyuk ajdodlarimizning shonli tarixini o‘rganishni istasangiz, hoziroq bizga qo‘shiling!
📲 Obuna bo‘ling: @Temuriylartarixi
📢 Tarixni birga o‘rganamiz, ajdodlarimiz merosini asraymiz!

👍5⚡1
Nega hozirgi kunda Samarqand va Buxoro atroflarida tojik-fors tilli aholi koʻp?
Buning asl sababi juda uzoqqa taqalmaydi. Ma’lumki 1740-yilda Buxoroga Eron hukmdori Nodirshoh bostirib keladi. Buxoroga kirmaydi, ammo Samarqandni juda katta harobazorga aylantirib, odam yashamaydigan holga keltirib qoʻyadi. Mangʻit urugʻi yetakchisi hisoblanmish Muhammad Hakimbiy bilan sulh tuzadi. Sulhga koʻra oliy xon Abdulfayz oʻzini vassal deb e’lon qiladi, shuningdek, ming botmon bugʻdoy va Hakimbiyning oʻgʻli Rahimbiy esa Nodirshoh bilan ketishi kerak boʻlgan. Muhammad Rahimbiy Eronga borgach Nodirshohga xizmat qila boshlaydi va unga oʻn minglik fors yoʻllanma qoʻshinlari beriladi. Buxoroda hokimyatini mustahkamlash uchun Nodirshoh, 1743- yili Muhammad Hakimbiy vafot etgach, 1745-yilgi Ibodullabiy boshchiligidagi xitoy-qipchoq urugʻi qoʻzgʻolonini bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni va unga boʻysunuvchi 10 minglik fors qoʻshinini oilasi bilan Buxoroga joʻnatadi va shu yilning oʻzida Abulfayzxon uni qoʻshbegi-bosh vazir etib tayinlashga majbur boʻladi. Ammo oradan 2 yil oʻtgach, 1747-yili Nodirshoh vafot etadi va ushbu fors yoʻllanma qoʻshiniga tayangan Muhammad Rahimbiy oliy hokimyatni qoʻlga olish harakatini boshlaydi. Shu yilning oʻzidayoq Mir Arab madrasasi hujrasiga berkinib, u yerdan chiqa olmay qolgan Abulfayzxonni oʻldirib, oʻrniga oʻgʻli Abdulmoʻminni oʻziga kuyov qilgan holda xonlik taxtiga chiqaradi va koʻp oʻtmay uni ham oʻldiradi. Yana bir necha soxta xonlarni taxtga chiqargach, 1756-yili oʻzi taxtga chiqadi va Samarqandda Turoni zamin taxti hisonlanmish Koʻktosh taxtiga oʻtirib oʻz hukmronligini oʻrnatadi (koʻktosh taxtiga bundan avval Subhonqulixon oʻtirgan va undan soʻngra Rahimbiygacha hech kim oʻtirmagan).
Mavzuga qaytsak, Rahimbiy oʻz tayanchi hisoblangan fors qoʻshini uchun Buxoro atrofidan uylar qurib ularni mahalliylashtirdi va shu paytdan e’tiboran Buxoroda fors-tojik tilli aholi nufuzi keskin oshdi. Ularning Samarqandda koʻpayish tarixi esa, Amiri ma’sum Shohmurod bilan bogʻliq. Yuqorida zikr qilganimdek, Nodirshoh bosqini tufayli xarobaga aylangan Samarqand shahrini qayta tiklagan Shohmurod, Samarqandga qayta odamlarni koʻchirib keltirish maqsadida ushbu fors-tojik qoʻshinning Buxoroda koʻpayib keng ildiz otayotganini hisobga olib ularning yarmini Samarqandga koʻchiradi. Va bu yerda ham yillar oʻtib ularning nufuzi ortishni boshlaydi.
Bundan tashqari yana turfa hil omillar ham sababki, ularning soni ortishiga. Yana bir asosiy sabab, togʻli tojiklaring Samarqandu-Buxoro va boshqa koʻplab shaharlarga mavsumiy ish uchun kelishi va bu yerda qolib ketishi ham sabab boʻlgan. Bu jarayon XX asr boshlarigacha davom etgan.

👍19⚡5❤2
Forwarded from Kitoblar.uz
Tarix g'oyasi sharafli, foydasi bisyor, usuli esa o'ta ahamiyatli bo'lgan fandir. Chunki bu fan o'tmishdagi xalqlarning axloqi, payg'ambarlarning siyrati, hukmdorlarning davlati va siyosati bilan bog'liq holatlarni bizlarga tanishtiradi. Ma'naviy va dunyoviy masalalarda ibratga oshiquvchi kishilar uchun foydali natijalarni olish imkonini beradi.
📚Ibn Xaldun. "Muqaddima"
📚Ibn Xaldun. "Muqaddima"
⚡10👍6👌1
📍 Farg‘ona Tibbiy Diagnostika Klinikasi – sifatli tibbiy xizmat va aniq diagnostika!
🩺 Zamonaviy uskunalar
👨⚕ Tajribali shifokorlar
✅ Ishonchli tahlillar va tekshiruvlar
📞 Bog‘lanish: +998 95 404 42 30
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi 104B
https://www.tg-me.com/+WhCNveiRDP9kNzli

Telegram
Farg’ona Tibbiy Diagnostika
📍 Farg‘ona Tibbiy Diagnostika Klinikasi – sifatli tibbiy xizmat va aniq diagnostika!
🩺 Zamonaviy uskunalar
👨⚕ Tajribali shifokorlar
✅ Ishonchli tahlillar va tekshiruvlar
📞 Bog‘lanish: +998 95 404 42 30
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi 104B
🩺 Zamonaviy uskunalar
👨⚕ Tajribali shifokorlar
✅ Ishonchli tahlillar va tekshiruvlar
📞 Bog‘lanish: +998 95 404 42 30
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi 104B
👍4🔥2
Murod 1326-yilda Bursada tugʻilgan. Otasi Oʻrhon gʻoziy va onasi Nilufar xotundir (onasi turk boʻlmagan birinchi hukmdor, Nilufar xotun yunon boʻlib asli ismi Helofira). Murod shahzodalik paytidanoq asosiy yurishlarini Rumel tarafga qaratib kelgan, jumladan shahzoda paytidayoq Adrianapolni (hozirgi Edirne) bosib olgan.
1358-1362 yillarda Rumeli Beylarbeyi lavozimida boʻlgan va Bolqonga bir qancha yurishlarni amalga oshirgan.
1362-yili Oʻrhan bey vafot etgach davlatda siyosiy inqirozlar yuzaga keladi. Jumladan Anqarada boʻlib turgan katta shahzoda Ibrohim soʻfiylardan iborat Ahiy (*yuqorida malumot berilgan Ahiylik tariqati togʻrisida) murshidlardan iborat qoʻshin yordamida taxtni egallash uchun oyoqqa turadi. Vizantiya Imperatori Ioann V ning qizi va Oʻrhonbeydan tugʻilgan shahzoda Xalil ham imperator qoʻllovi ila taxt uchun kurashga qoʻshiladi. Bundan tashqari Karamanoʻgʻullari bekligi ham Usmonliga qarshi yurish boshlaydi. Rumelidan yoʻlga chiqqan Murod poytaxt Bursaga kirmasdan, Anqaraga yurish qiladi va akasi Ibrohimni magʻlub etadi. Undan soʻng Eskishaharga yurish qilib ukasi Xalilni ham magʻlub etib ikkisini shu yerda boʻgʻib oʻldirtiradi ( taxt uchun birinchi bor shahzodalarning oʻldirilish voqeasi bu, keyinchalik Fotih Mehmed tomonidan qonuniylashtirilgan ammo ungacha ham de fakto amalda boʻlgan). Ammo bu voqeadan keyin ham Murod poytaxt Bursaga kirmasdan u yerga oʻz qoʻmondonlaridan birini beklarbegi etib joʻnatib oʻzi Rumeliga, Edirnega qaytadi va bu shaharni poytaxt deb e’lon qiladi.
Murod I 1362-yili taxtga chiqib, 1364-yilgacha Chanoqqal’agacha boʻlgan yerlarni, 1366-yilda Viza tiyaga qarashli Galiboli orolini, 1366-1368 yillarda esa butun Bulgʻoriston yerlarini egallab, Bulgʻorlar malikasi Mariyaga uylanadi hamda ushbu davlatni oʻz vassaliga aylantiradi.
1371-yilda Bulgʻor yerlarini qaytarish maqsadida urush ochgan Serb qiroli Lazarni Chirmon jangida yengadi.
1373-yilda Murod oʻz oʻrniga taxt vakili etib oʻgʻli Savjibeyni qoldirib, Vizantiya imperatori Ioann V bilan Onadoʻliga safarga chiqadi. Biroq safar mahalida shahzoda Savjibey( bu paytda shahzoda 14 yoshda edi) hamda imperator oʻgʻli Adrianikos birgalikda otalarini taxtdan tushirilganini e’lon qilib oʻzlarini hukmdor deb e’lon qilshadi. Bu habar Murod I ga yetib borgach tezlikda Edirnega qaytib taxtini qaytarib oladi va imperatorga ham Konistantinopol taxtini oʻgʻlidan qaytarib olib beradi. Har ikki isyonkor ogʻillarning koʻzlariga mil tortilib zindonband etiladi.
1376-yilgacha 5 yil urushsiz davr boʻldi. Ayni shu yilda esa Murod Onadoʻliga oʻtib, Bursaga kiradi. Bu yerdan turib kichik kichik beyliklar hisoblanmish, Karamanogʻillar, Chandaroʻgʻillar, Hamitogʻillar Germiyanogʻillarga qarshi urushlar olib boradi. 1381- yilda ogʻli Boyazid Yildirimni Germiyonogʻillarning beyi Sulaymonbeyning qizi Davlat xotunga uylantirib, barchasi ustidan gʻolib keladi.
1388-yilda Serb qiroli Lazar qozgʻolon koʻtaradi. Unga qarshi vaziri soniy Chandar Ali posho 30 ming kishilik qoʻshin bilan yurish qiladi. Ortidan shaxsan Murod I ning oʻzi ham yetib boradi. 1389-yil 28-iyulda hozirgi Kosovo hududida boʻlib oʻtgan jang 8 soat davom etadi va Serb qoʻshinlari magʻlubyatga uchraydi. Biriq jangdan soʻngra magʻlub serb qoʻshini tarafidan elchi qilib yuborilgan Milosh Oblich Murod I ga oʻz chodirida xanjar uradi. Murod I shu yerda , ayni 1389-yil 28 iyulda vafot etadi. Uni shu yerga, Kosovoga dafn etishadi, va hozirgi kunda qabri Turkiyadan tashqarida boʻlgan ikki sultondan biridir.
U juda katta fathlarni amalga oshirgan Gʻoziy Murod boʻlib tarixda qoldi. U hokimyatni qoʻlga olganda Usmonli hududi 89 000 km’ tashkil etgan boʻlsa, u vafot etgan paytda mamlakat hududi 500 000 km’ ni tashkil etardi.
Undan soʻng esa taxtga oʻsha mashur Amir Temur ila janga kirgan oʻgʻli, Boyazid Yildirim chiqadi.

👍21⚡2
Muqaddima — adabiy-badiiy, ilmiy, musiqiy asarlar va boshqalarning boshlanish qismi. Xususan, adabiy-badiiy asarlardagi muqaddimalarda ayrim hollarda mualliflarning ijtimoiy va estetik qarashlari bayon qilinadi.
Oʻsha mashur ibn Haldunning Muqaddima asari ham aslida uning ‘’Kitab ul-Ibar’’ asariga kirish qismi hisoblanadi. ‘’Kitab ul-Ibar’’ esa yetti jilddan iborat.
Tasavvur qilyapsizmi? Bizda ibn Haldunning bir kitob uchun yozgan kirish qismigina tarjima qilib, shu qadar katta rezonans koʻtarilmoqda? Na qadar orqadaligimizni tasavvur qilavering bu sohada!

👍18😢4🤔3⚡2
Mintaqamiz uchun sinovli kunlar kelmoqda. Yevropa markazida joylashgan, o'zi uch yil davomida 170 mlrd dollar sarflagan davlatni xojasi uchun shundoqqina qurbon qilib yubormoqchi bo'lar ekan, Tramp Turkiston uchun kiprik qoqib ham qo'ymaydi.
bayroqdor
@zarvaraqq
bayroqdor
@zarvaraqq
😢17⚡1
Xitoy nomi bugungi Xitoy Xalq Respublikasi bilan ne chogʻlik bogʻliq?
Xitoy davlatini ,balki nafaqat Xitoy boshqa dunyo davlatlarini nomi oʻzbek tilimizga asosan rus tili orqali kirib kelgan. Ruslargacha yuritilgan nomlari esa bugungi kunda rasmiy ravishda yuritilmaydi.
Xitoy nomining kelib chiqishiga toʻxtalsak, ushbu nom dastavval mogʻul boʻlgan, keyinchalik turklashgan kidanlar ( ba’zi manbalatda qtoylar, kidonlar) nomi bilan bogʻliqdir. Manbalarda IV asrdan boshlab uchraydigan kidonlarda 907-yilda qabilalar ittifoqi vujudga keladi va qabila boshligʻi Yela-Bugʻa oʻzini imperator deb e’lon qiladi va oʻzi saltanatini kengaytira boshlaydi. 926-yil sharqdagi Boxap podishohligini boʻysundiradi. 947-yildan esa bu davlat Buyuk Kidon (hozirgi Xitoy manbalarida Lyao )davlati deb atala boshlaydi. 1005-yilda Buyuk Kidonlar biz hozir Xitoy deb atayotgan Chin davlatini boʻysundirib har yili oʻlpon toʻlashga majbur qilgan. Ayni shu davrda rus manbalariga ushbu hududlar kidanlar yeri (talaffuzda kitaylar yeri) boʻlib kirgani sababidan hozirgi kunda ham ruslar Chin davlatini Kitay deb ataydi, bizning tilimizda esa ruslardan avval Chin deb atalgan. Ruslar orqali Kitay-Xitoy soʻzi yana kirib kelgan. Ammo bu soʻz ham bizga begona emas yaniki Xitoy.
Yuqoridagi Buyuk Kidon (Lyao) davlati XI asrda tanazzulga uchrab , 1125- yil Chjurchjenlar yoki Jurjenlar (hozirgi Tunguslarning ota bobolari) tomonidan hozirgi Manjuriya va Xitoy hududidan quvib chiqarilgach, Markaziy Osiyoga, Sharqiy hamda Gʻarbiy Turkistonga qorakidonlar-qoraxitoylar nomi bilan koʻchib kelishgan. Nima sababdan qora nisbati bilan? Sababi avvaldan Sharqiy Turkistonda jumladan, Chuy va Ili vohasida kidonlarning bir qancha mayda qismlari yashayotgani bois (manbalarga koʻra 16 ming oila) , Sharqdan kelgan katta qismi qora kidonlar yaniki katta kidonlar deb yuritilgan. Ular 1140-yildayoq poytaxti Xusi Oʻrda- Bolasogʻun boʻlgan Qoraxitoylar davlatini tuzishadi. Biroq bu davlat ham uzoq yashamaydi va 1218-yil Chingizxon tomonidan bosib olinadi. Vaqtlar oʻtib, etnografik oʻzgarishlar natijasida Qoraxitoylar turkiylashib, bugungi oʻzbek,qirgʻiz, qozoq,qoraqalpoq xalqi tarkibiga singishadi. Ularning xar birida Xitoy nomli urugʻlar nomi bilan saqlanib qoladi. Oʻzbeklar tarkibidagi Xitoylar uchta katta qismga boʻlingan - qoʻshtamgʻali, qanjigʻali hamda oʻtarchi. Ushbu urugʻning katta qismi Zarafshon vohasida yashagan. 1870-yilgi malumotga koʻra, Samarqand viloyatida yashovchi xitoy urugʻi 45 ming kishini tashkil etgan.
Fikrimcha, bugungi Xitoy davlarini Xitoy deb atashimiz bir qancha tarixiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi shu sababli ushbu davlatni oʻzimiz qadimdan atab kelganimizdek Chin deb atashimiz darkor.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Xitoylar bu oʻsha biz atayotgan Xitoy aholisi(Xanlar) emas,ular tilimizda Chinlar deb atalishi kerak! Xitoylar bugungi kundagi oʻzbeklar orasidagi bir urugʻdir!

👍20❤1
Qurultoyda Bahrom Irzayev bilan Akmal Ikromov haqida juda yaxshi suhbat boʻlibdi. Meni ham Ikromov borasidagi qarashlarimni ancha oʻzgartirib yubordi. Koʻrishni tavsiya etaman.
YouTube
Akmal Ikromov kim? Akmal Ikromovga qanday baho beramiz? @QURULTOY
Jadidlar, umuman XX asr boshida yashagan o‘zbek oydinlari mavzusiga ko‘p e’tibor qaratamiz. Qurultoy ochilganidan buyon bu mavzuda ko‘p suhbatlar qilganmiz, yaqinda ham Mustafo Cho‘qay haqida gaplashdik. Bugun ushbu mavzuni davom ettirish niyatidamiz. Mehmonimiz…
👍8⚡2
Zarvaraq
Qurultoyda Bahrom Irzayev bilan Akmal Ikromov haqida juda yaxshi suhbat boʻlibdi. Meni ham Ikromov borasidagi qarashlarimni ancha oʻzgartirib yubordi. Koʻrishni tavsiya etaman.
Eng tasirlantirgan ma’lumot….
Akademik Naim Karimovga Akmal Ikromovning oʻgʻli Komil Ikromov, unga esa Sharof Rashidov aytgan malumot boʻldi yaniki,

‘’ Akmal Ikromov hamda Fayzulla Xoʻjayev sudgacha yetib borisha olmagan, ungacha boʻlgan tergov qiynoqlari natijasida vafot etishgan. Sudga esa xalqaro jamoatchilikka koʻrsatish uchun ularga oʻxshash qiyofadagi odamlarni olib kelib, barcha ayblariga iqror ettirib soʻngra biz nima boʻlsa boʻlsin komunist boʻlib qolamiz deb oʻlgan insonlarga boʻhton yogʻdirishgan’’
🤯10⚡5👍1🔥1
Zarvaraq
Eng tasirlantirgan ma’lumot…. Akademik Naim Karimovga Akmal Ikromovning oʻgʻli Komil Ikromov, unga esa Sharof Rashidov aytgan malumot boʻldi yaniki, ‘’ Akmal Ikromov hamda Fayzulla Xoʻjayev sudgacha yetib borisha olmagan, ungacha boʻlgan tergov qiynoqlari…
Yana bir tajublanarli ma’lumot:
Davlat Rizayev Xorazmda tugʻilgan, XXSR tarkibida bir qancha vakolatli ishlarda faoliyat yuritgan, 1925-yilda Oʻzbekiston Maorif noziri sifatida ishlagan!
‘’ Davlat Rizayevga Akmal Ikromov hamda Fayzulla Xoʻjayevlar ustidan toʻrt enli xat yozib ularni aylashni va uni qoʻyib yuborishlarini aytadi, lekin bunga koʻnmasdan Davlat Rizayev oʻsha kunning oʻzida oʻzini otib oʻldiradi…..’’
Davlat Rizayev Xorazmda tugʻilgan, XXSR tarkibida bir qancha vakolatli ishlarda faoliyat yuritgan, 1925-yilda Oʻzbekiston Maorif noziri sifatida ishlagan!
🤯11👍2
Forwarded from Dr. Iqboljon Usmonov
Tarix falsafasi
Talabalik yillarimizda tarix yo'nalishida o'qib turib, tarixchi ekanligimizdan uyalardik. Chunki jamiyatda, atrofimizda va hatto bizga tarix o'rgatgan o'qituvchilar uchun ham tarixning hech qanday foydasi yoki qiziq tarafi yo'q edi. To'g'rida, tarix o'qigandan keyin oldinga "lop" etib pul tushib qolmasa, tarixni nima keragi bor.
Tarix sariq chaqaga ham arzimaydigan jamiyat ichida yashasangiz, siz ham, albatta, o'sha jamiyat kabi fikrlaysiz. Chunki ilm va irfon bo'lmagan jamiyatlarda nimani yaxshi yoki yomonligini bilib bo'lmaydi. Hamma buguni bilan ovora, qorni to'q va usti but bo'lsa bo'lgani. Lekin, bu juda ham xavfli holat.
Xorijga chiqqandan keyin tarix nima ekanligini, tarixiy ong bo'lmasdan turib jamiyat va xalqlar mavjud bo'la olmasligini, inson uchun suv va havo qanchalik zaruriy ehtiyoj bo'lsa, xalqlar uchun ham tarix shunchalik zaruriy ehtiyoj ekanligini anglab yetdik. Ayniqsa bizga o'xshab boy tarixga ega bo'lgan xalqlar uchun.
Mustamlaka davri va undan keyingi mustaqillik davri bizni tarixdan uzoqlashtirib yuborgandek bo'ldi. Aslida tarixga dushmanligimiz ancha avval boshlangan edi. Bu haqda soatlab, hatto oylab gaplashish mumkin. Lekin bu haqda keyinchalik, kengroq davrada gaplashgan ma'qulroq.
Amerika, Ovrupo va Turkiyadan tortib, rivojlangan davlatlarga qarasangiz tarixning ular uchun qanchalik muhim narsa ekanligini osonlikcha payqab olishingiz mumkin. Buning yaqqol misoli sifatida XIX asrda olmon olimlari boshlab bergan va keyinchalik boshqa Ovrupo mamlakatlari va Ameriqoda gurkirab rivojlangan "tarix falsafasi" yo'nalishini keltirish mumkin.
Tarix nima uchun biz kabi jamiyatlarda ahamiyatsiz, keraksiz narsa ekanligini ko'plab misollar bilan isbotlab berish mumkin. Lekin bunga uzoq vaqt ketadi. Hozir qisqacha bo'lsa ham tarix falsafasi haqida aytmoqchiman. Biz tarix o'rganayotganda, faqatgina, tarixga xronologiya ya'ni voqealar ketma-ketligi sifatida qarar edik. Ibn Xaldun aytganidek, tarixning botiniy (falsafiy) tomoniga e'tibor bermasdik. Shuning uchun tarix oddiy, o'liklar yoki o'lgan madaniyatlar haqida ma'lumot beruvchi narsa bo'lib ko'rinardi. O'tib ketgan, o'lik inson va madaniyatlardan nima ham olish mumkin?!
Aslida esa unday emas. Tarix bizga kelajak uchun yo'l ko'rsatuvchi mash'ala, dengizda yo'qolib qolgan kema uchun mayoq vazifasini bajaradi. Chunki ongimiz tarixiy ma'lumotlar sababli o'z mavjudligini saqlab qoladi va bu holat bizni kelajakka tomon yurishimizni ta'minlaydi. Tarix falsafasi esa bizga tarixni sevdiradigan, undan ibrat olib, to'g'ri yo'lda yurishimizni ta'minlaydigan asosiy sohalardan biridir.
Yaqinda Kadir Canatan qalamiga oid "Tarix falsafasi" asarini o'qib chiqdim. Asar tarixning bor ikir-chikirlarini sodda tilda, qisqa ma'lumotlar asosida tushuntirib beradi. Ibn Xaldunga alohida urg'u berib, uning "takrorlanuvchi sikl (aylana) tarix" tushunchasini hozirgi Ovruponing "oldinga qarab boruvchi (progressiv)" va boshqa tarix tushunchalari bilan qiyoslaydi. O'qish uchun ajoyib asar, albatta.
✒️ @phdiqbol_usmonov

👍9⚡5❤1
Forwarded from Professor Bahriddin Usmonov
📜 Tarix sirlaridan biri 📜
Bu ko‘rsatuvda siz:
🔹 G‘ordan omon chiqib, taxtga o‘tirgan Chig‘atoy xoni kim edi?
🔹 Hoji Barlos nega yurtini dushmanga tashlab qochdi?
🔹 Qaysi Movarounnahr amiri mo‘g‘ul xonini o‘z yurtiga chaqirgan edi?
🔹 Amir Temur nima uchun bosqinchi xon xizmatiga kirdi?
🔹 Mo‘g‘ul xoni Temurni o‘z xizmatiga olishdan qanday maqsadni ko‘zlagan edi?
🔹 Temurning 100 ming kishilik qo‘shin o‘rnini bosgan hiylasi nima edi?
Bu savollarga javobni ushbu videoda topasiz! 🎥👇
📌 Tomosha qiling: https://youtu.be/2dH_zNMeh9s
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 🔗
📌 Telegram: https://www.tg-me.com/bahriddin_tarix
📌 Instagram: https://www.instagram.com/bahriddin_temur
📢 Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring! #Tarix #AmirTemur

Temurnoma 2-qism. Tug'luq Temurxonning 1360-yilgi bosqini. Amir Temurning siyosiy sahnaga chiqishi
#tarix #amirtemur #tamerlane #tugluqtemur #mongolia #barlos #chingizxon #mongolians #1360 #jaloyir #sulduz #samarqand #kesh #uzbekistan #uzbek #buxoro #nasaf #kobul #balx #qunduz #hisor
👍6❤1⚡1