Telegram Web Link
Forwarded from Özlikka qaytiş...
Diqqat kitobli o'yin❗️

✔️ G'oliblar soni 5 ta bo’ladi.

G'oliblarga:
1. Turkiston Qaygʻusi.
2. Qatlnoma.
3. Otamdan Qolgan Dalalar.
4. Molxona.
5. Istiqlol jalodlari.
Kitoblari hadya qilinadi.

Shartlar juda ham oddiy 🙂

@Turakurgoniy

Ushbu sahifamga a’zo bo’ling
va kuting. Bir necha kundan keyin yangi post joylanadi. Qatnashish tugmasini bosiladi.


G’oliblar 30-may juma kuni soat 22:00 da jonli efirda random orqali aniqlanadi.

Barchani kitobli o’yinda
kutib qolamiz
🙂

🌟@Turakurgoniy ⚡️Ulashing ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Ular iblis bilan tili bir oʻrtoq,
Ular Azroilga sodiq choparlar.
Avval Usmonlarni sotib keyinroq,
Faryod koʻtargan ham laganbardorlar!

•Muhammad Yusuf

@zarvaraqq
👍21🔥21💔1
1940-yilda Moskvaga tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Shukru Sarachoʻgʻlini doʻstlarcha qarshi olgan Iosif Stalin hazilomuz tarzda vazirga “Umid qilamanki boʻgʻozlarning kalitlarinida oʻzingiz bilan olib kelgansiz” deya murojat etadi. Shunda vazir zukkolik bilan, “yaqinda vafot etgan Mustafo Kamol Otaturk oʻzi bilan u kalitlarni qabriga olib ketdi” deya javob beradi. Albatta, davlat rahbarlarining hazilomuz gaplari ortida ham ulkan ma’nolar yashirilgan boʻladi, Stalinning bu ohangdagi jiddiy hazilidan vazir mohirona tarzda chiqib ketadi.

p.s Siyosat-diplomatiya nafaqat bilim, balki ulkan farosat va yirik soʻz boyligini ham talab etadi!
👍28🔥321
"Ular ongli bo‘lmaguncha isyon qilmaydi, isyon qilmaguncha esa ongli bo‘lolmaydi."

🖋 Jorj Oruell
😅 “1984”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1743🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🤩2
Qurbon hayit bayrami muborak boʻlsin
14🕊21
Millatning orzulari boʻynidan past!

Prf. Qozoqboy Yoʻldosh
84🔥2👍1
Forwarded from Iqtisod4i
Каримовни оғир хатодан қайтаролмаган иқтисодчи

Фишер дунё даражасидаги муҳим иқтисодчи бўлиши билан бир қаторда, унинг ҳаётида Ўзбекистон билан ҳам боғлиқ бир ҳикоя бор. 1996 йилда у Халқаро валюта фондининг директори ўринбосари бўлган.

2023 йилда Ҳошимов иқтисодиёти дастурида иқтисодчи, ўз вақтида Ўзбекистон Марказий банкида ишлаган Комилжон Акрамов Фишер ва Ўзбекистонни боғлаб турувчи ҳикоя ҳақида гапириб берганди.

1990-йиллар. Ўзбекистон иқтисодиёти — ресурсларга асосланган иқтисодиёт. Асосий экспорт товарлари ўша пайтда олтин, пахта бўлган. Жаҳон бозорида эса олтин нархи ҳам, пахта нархи ҳам нисбатан баланд шаклланган. 90-йилларнинг иккинчи ярмида эса нархлар пасайишни бошлаган.

1996 йил. Субъектив ва объектив сабабларга кўра Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги учун қийин йил: эски тизим парчаланган, янги тизим ҳали яратилмаган бир вақтда пахта планлари бажарилмаган, ерлар ҳайдовсиз қолиб кетган.

Ҳукумат олдида нима қилиш керак, деган вазифа турибди. Пахтанинг нархи тушиб кетяпти, олтин нархи тушиб кетяпти, вазият оғирлашяпти.

Ўша вақтда Халқаро валюта жамғармаси билан ҳамкорликдаги лойиҳа бўлган. Унга кўра, улар мамлакатга бюджет барқарорлигини, валюта курсини, умуман макроиқтисодий барқарорликни ушлаб туриш учун пул бериб келган. Лекин мазкур пул маълум шартлар асосида ажратилган. Хусусан, бу шартлар орасида техник шартлар, масалан, пул массаси қанча бўлиши кераклиги бўйича талаблар бўлган.

Ҳукуматга харажатларни молиялаштириш учун маблағ керак бўлган. Осон ечим сифатида эса Марказий банк орқали пул чоп этиш варианти кўрилган. Халқаро валюта жамғармаси эса бунга қарши бўлган. Лекин мамлакат раҳбарияти бошқа ечим топа олмаган.

Афсуски, ўшанда Халқаро валюта жамғармасининг тавсиялари эшитилмаган ва пул чоп этилган — иқтисодиёт учун энг ёмон ечим танланган. Иқтисодиётга катта миқдорда таъминланмаган пул массаси кириб келган. У пул айланиб-айланиб, йўлини топиб, валюта бозорига кирган. Бир томондан валюта тушумлари пасайиб кетган — олтин ва пахта нархи тушиб кетганди. Иккинчи томондан, валюта бозорига катта миқдорда сўм кириб келган. Яъни икки томонлама шок кузатилган. Оқибатда конвертацияни ёпишга мажбур бўлишган. Курснинг кескин тушишига қўйиб бериш ҳам ечимлардан бири ва тўғрироқ ечим бўлган. Аммо бундай қилинмаган.

Қизиғи, Ўзбекистон Марказий банкида ўша вақтда кичикроқ бўлса ҳам, бу иш хато эканини тушуниб турган гуруҳ бўлган. Лекин сиёсий мувозанат бундай қарорларни танқид қилиш имконини бермаган. Битта хато қилингандан кейин кейинги қўшимча хатолар қилинаверган. Бояги хатони тўғрилаш учун яна пул чоп этиш ишлари бўлган. Валюта бозоридаги мувозанатни тўғрилаш учун нақд пулни назорат қилиш бошланган. Шунинг учун нақд ва нақдсиз пул ўртасида фарқ пайдо бўлган.

Ана энди Фишерга алоқадор қисмига келдик. Ўша вақтда Ўзбекистон президенти Ислом Каримовни мазкур хатодан қайтариш учун Тошкентга келган халқаро даражадаги мутахассислар орасида айнан Стенли Фишер ҳам бўлган. Лекин у ҳам хато қарорлар қабул қилинишининг олдини ололмаган. Шундан сўнг Халқаро валюта жамғармаси Ўзбекистондаги барча дастурларини ёпган ва доимий вакилини олиб кетган.
62
Oʻylash oson, harakat qilish qiyin. Oʻylagandek harakat qilish esa eng qiyini.

Gyote
177
Eron…… juda moʻrt va kuchsiz….. yillar davomidagi notogʻri boshqaruv sabab amaldagi salohiyatini ham koʻrsata olmayapti
Bir kechada 14 ta yuqori generali oʻldirilgan ekan, sionist rejimga qarshi forslarda biror jiddiy javob kutish mantiqqa zid)
Balki 3-4 kun ichida Eronda tuzum qulashini ham aytish mumkin edi, ammo bu tuzumdan ayni dushmanning oʻzi eng katta manfaatdor.
👍82🤯1💯1
Zarvaraq
Eron…… juda moʻrt va kuchsiz….. yillar davomidagi notogʻri boshqaruv sabab amaldagi salohiyatini ham koʻrsata olmayapti Bir kechada 14 ta yuqori generali oʻldirilgan ekan, sionist rejimga qarshi forslarda biror jiddiy javob kutish mantiqqa zid) Balki 3-4 kun…
Asta sekin Isroil oʻz Tavrotida yozilgan al-arzul Ma’vud yaniki ularga va’da qilingan yerlarni egallashni boshladi.
Bu bizning koʻz oʻngimizda sodir boʻlmoqda. Biz juda koʻp tarixiy voqealiklar guvohi boʻlgan avlod sifatida tarixda qolsak kerak.
9🤔6
Zarvaraq
Eron…… juda moʻrt va kuchsiz….. yillar davomidagi notogʻri boshqaruv sabab amaldagi salohiyatini ham koʻrsata olmayapti Bir kechada 14 ta yuqori generali oʻldirilgan ekan, sionist rejimga qarshi forslarda biror jiddiy javob kutish mantiqqa zid) Balki 3-4 kun…
Isroilning Eronga hujumi har qanday xalqaro huquq meyorlariga zid!
Isroil Eronga yadro quroli bahonasi bilan agressiya uyishtirdi. Vaholanki Eron Yadro qurolini tarqatmaslik borasidagi xalqaro konvensiyani qabul qilgan. Isroil esa bundan voz kechgan.
Eron Magate (Xalqaro atom energetikasi tashkiloti) nazoratchilari uchun yadro energiya ishlab chiqarish va uran boyitish sanoatini tekshirishga ruhsat bergan.
Isroil esa ularni oʻz hududidan quvgan.
Eronda hali tayyor yadro quroli yoʻq, uran boyitilish bosqichida.
Isroilda esa 80-200 oraligʻida yadro quroli bor. Agar maqsad yadro qurolini cheklash boʻlsa, avvalo Isroil bundan voz kechish kerak. Yaqin Sharqda ham yadro quroliga egalik qiladigan yagona davlat Isroil.
Agar ozgina bu dunyoda yashab turgan inson oʻlaroq vijdon boʻlganda edi, soʻqir koʻzlar holis baho berishga yarar edi!
Mamlakat diktatura rejimida boʻladimi yoki demokratik, bu u mamlakat daxlsizligini buzishga sabab boʻla olmaydi.
Biz bugun shu qadar xalqaro me’yorlar amal qilmaydigan davrda yashayapmizki ( bu voqealar menga birinchi va ikkinchi jahon urushi oraligʻidagi davrni eslatmoqda) Isroilning har qanday ishi , xalqaro doirada oqlanmoqda.
Va nima sababdan tinch aholiga zarba berganini esa quyida keltirilgan lobbi orqali isbotlashga urinyapti! Dunyo shu qadar ahmoqmiki, oddiy koʻp qavatli uydan F-35 qiruvchisi uchib chiqa olishiga ishonsa? Yoki oddiy bir uyda yadro qurol saqlansa? Lekin Gʻarb va uning dezinfotmatsiyaviy axboroti ushbu ahmoqgarchilikka ahmoqlarcha yoʻl qoʻymoqda!
11💯92
Mayna tuxum ochdi bulbul inida,
Chechaklar undirdi ajnabiy tobut.
Ne uchun erk haqda o‘ylayman bunda,
Mustaqil bo‘lganku allaqachon yurt.

Yog‘iyga tegishli zabon ketsa ham,
Bu turkiy elat deb tanisa ham dun.
Haliyam boshimda dordek turibdi,
Sharifim bog‘lagan gajaksimon dum.

“Humolar uchmoqda ko‘kni to‘ldirib”,—
To‘ralar bermoqda so‘zlariga zeb.
Qafasda turgandek o‘ksindim nega,
Ana, tiniq osmon, ista, parvoz et.

Bu xalqning buguni hurram, dedi shoh,
Haqsiz deb alqadi xalqning shoiri.
Ne uchun hurramlik tuymayman unda,
Mening ham kechmishim xalqqa doirmi?

“Hokim so‘zi vojib, amal qilmoq farz,
Sabr”,—deydi mulla tugagach azon.
Bir kunda besh mahal uyg‘otib olib,
Bir umr uxlashga undaydi hamon.

Kimdir ko‘z tiksa ham, aniqki, millat,
Dushmanning yo‘lini to‘sishga qodir.
Ammo beklarining royiga boqsam,
Negadir ko‘zimdan yosh sizayotir.

Axir nima uchun ko‘nmaydi ko‘nglim,
Baxt deb yozay desam dard tomar oqqa—
Yoki bu millatning hurligi yolg‘on,
Yoki she’rlarimning bari safsata...

Najmiddin Ermatov
😢93💯31💔1
2025/10/22 08:11:38
Back to Top
HTML Embed Code: